FARG'ONA KADASTR
1.8K subscribers
4.91K photos
966 videos
17 files
3.11K links
Download Telegram
#kadastr #qaror #pq_192

🌍 Yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanayotganlarga sog'likni 3 karra oshirib to‘latish to‘xtatiladi

🇺🇿 Prezident qaroriga (PQ192-son, 14.06.2023 y.) asosan 2023-yil 1-iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:

jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;

oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YATTlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi.

Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to‘xtatiladi.

🟢 Bu qaror ayniqsa qishloq hududlaridagi aholini qo‘llab-quvvatlash va ovoragarchilikdan xalos etish yo‘lidagi muhim qaror bo‘libdi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM