This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_85_yoshda!
📃 "O'zbegim" qasidasi
⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati
👍Bizga qo‘shiling!!! https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi

#Erkin Vohidov 85 yoshda!
❇️ Vaqt o‘tsa-da, qadri yuksak satrlar...
✅ O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Bolalik chog‘im” she’ri.
✅ She’rni muallifning o‘zi o‘qigan.
📹Umr bekatlari ko'rsatuvdan

❇️ Erkin Vohidovning bolaligi og'ir ikkinchi jahon urushining yillariga to'g'ri keldi - Ibrohim G'ofurov O'zbekiston Qahramoni.

Erkin akaning rahbarlik davrida nashriyotda juda qattiq, talabchan muhit o‘rnatilgan edi. Faqat yaxshi asarlarni chiqaramiz, deb tirishib yotardik. Lekin yaxshi asarlardan ko‘ra yomon asarlar ko‘p bo‘lgani uchun hammamiz, avvalo, Erkin akaning bir talay yozuvchi-shoirlar bilan munosabati buzilgan edi. Bu to‘g‘rida u kishi hatto "Men - direktorman" degan she’r ham yozgan edi. Bu she’rda, jumladan, shunday satrlar bor edi:
"Kirib keldi ikki do‘stim -
Biri To‘lqin, biri Sayyor,
Ikkisin ham kitobi qaytgan,
Meni bo‘g‘ib o‘ldirishga tayyor".
Yana:
"Ixtiyor Rizo,
Baxtiyor Rizo,
Hamroqul Rizo,
Hatto Maskovdagi
Nikolay Dorizo -
Bari mendan norizo,
Chunki men - direktorman".
✍️ Xayriddin Sulton,
📔"Navoiy- 30",
"Mardikori bo‘lmasa kerak...", 116-bet.

SEN DAVLATSAN, AZIZ VATANDOSH!
Do‘stim!
Sen o‘zni ko‘p xokisor tutma,
Ojiz bandaman, deb egib yurma bosh.
Yurtning egasisan, zinhor unutma,
Sen o‘zing davlatsan, aziz vatandosh.
Mustaqil, mo‘tabar mamlakat - sensan,
Mamlakatda oliy mashvarat - sensan,
Xalqsan, hukumatsan, saltanat sensan,
Sen o‘zing davlatsan, aziz vatandosh.
Panada turmoqning fursati emas,
Bu tuproq faqirlar turbati emas,
Sohib bo‘l, daalatning murvati emas,
Sen o‘zing davlatsan, aziz vatandosh.
Diyonatli o‘tgan naslu nasabing,
Nohaqlikka bardosh bermas asabing,
Keragida bo‘lsin qahring, g‘azabing,
Sen o‘zing davlatsan, aziz vatandosh.
Yurt farzandi asli o‘zi yurt bo‘lur,
Ko‘zi chaqnoq bo‘lar, qalbi o‘t bo‘lar,
Qatorda nori bor vatan but bo‘lar,
Sen o‘zing davlatsan, aziz vatandosh.
Men deb ko‘krak kerib yurguvchi o‘zing,
Yurtga soqchi bo‘lib turguvchi o‘zing,
Buyuk kelajakni qurguvchi o‘zing,
Sen o‘zing davlatsan, aziz vatandosh!
✍️ Erkin Vohidov, O‘zbekiston Qahramoni.

KECHA VA KUNDUZ
Yorugʻ dunyo bor ziyosin teng
Taqsim etgan kecha, kunduzga.
Nur qadriga yetmay tun, uni -
Sochdi oyga, minglab yulduzga.
Shundan oyning yuzi dogʻ ekan...
Yulduzlar ham xuddi munchoq yosh...
Kunduz esa barcha nuridan
Yaratibdi birgina quyosh.
✍️ Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, 1963-yil.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

SHOIR QALBI
Shoir qalbi goʻyo anor,
Sheʼri uning sharbati.
Boʻlmas ekan sheʼr ahlining
Oʻz qalbiga shafqati.
Tinmay ezar, ezar uni
Ammo shoir biladi —
Piyolasi toʻlgan kun
Paymonasi toʻladi.
✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni.

ERKIN VOHIDOVGA
Bir tog‘ bor-ki, qoyalari metin bo‘lgan
O‘zin urdi ko‘r kalxatlar bo‘lib sarmast.
Bir tog‘ borki, osmon qadar xurjunini
Chin avaylab asragancha ko‘tardi dast.
Bu xurjunning bo‘g‘zi to‘la faryod bo‘ldi,
Naq belini qip quchgandi qo‘rquv degan.
Nogahonda qo‘rqmas tog‘dan nido keldi
Ichingdagi qo‘rquvlarni quv-quv degan.
Dod!
Bu tog‘ning bag‘ridagi archalar-ay,
Nayza kabi qon-qon qilib chunun siqdi.
Ko‘ksidachi,
Yelkadagi ,,xurjun" sabab
Yashil rangli to‘q og‘riqlar unib chiqdi.
Bu og‘riqlar,
Xarsang bo‘ldi... va xarsanglar
Yil-u asr oshadigan she‘rlar tug‘di!
Sherlar tug‘di!
Yaralarni tuzatguvchi
Bu she‘rlarchi, yiqitmadi xalq tug‘ini.
O, bu tog‘ga qismat bo‘ldi suyab turmoq,
Voh!
Shunchaki suyanganlar bir so‘z demas.
Og‘riq to‘la, nido to‘la, ishonch to‘la
Bu xurjunni ko‘tarmoqlik oson emas!
✍️Nilufar Ergasheva, 10-sinf o‘quvchisi.

📖"Adabiyot kunlari" doirasida
📺Premyera "TIRIK SAYYORA" hujjatli film
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 2-dekabr soat 15:00 da namoyish etiladi.
📝Ssenariy muallifi: Xurshid Do‘stmuhammad
✅Postanovkachi rejissor: Аbduhalil Mignarev
📹Postanovkachi operator: Аziz Аrziqulov
🔰Kartina direktori: Ahmadjon O‘narboyev

🎤Durdona Tursunova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi.
📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

🎤Marhabo Ibrohimova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

#Erkin_Vohidov_85 yoshda!
YANGI YILGA YAXSHI YANGILIK!!!
ERKIN VOHIDOVNING IMZOSI
Aziz kitobxon!
Ushbu risola muallifi, aslida men emas, Oʻzbekiston Qahramoni, xalqimizning ardoqli shoiri Erkin Vohidov.
Mutolaa yakunida bunga oʻzingiz ham amin boʻlasiz. Mening ishim – umrini Vatan saodati yoʻliga bagʻishlagan mutafakkir vatandoshimiz haqidagi, hayotning bugungi shiddati yoki boshqa sabab bois yoddan koʻtarila boshlagan haqiqatlarni adabiyot olamiga endi-endi qadam qoʻyayotgan yoshlarga eslatib qoʻyish, oʻzim koʻrgan, bevosita guvoh boʻlgan voqealar, eshitgulik tafsilotlarni asli qanday boʻlgan boʻlsa, shunday holda ustozning jonli suhbatiga ilova qilishdan iborat boʻldi, xolos.
Kitob Erkin Vohidovni yaqindan bilgan, fusunkor sheʼrlari, dilbar gʻazallaridan bahramand boʻlgan muxlislarning yangi-yangi ilovalari bilan boyib boradi, degan umiddamiz.

#Erkin_Vohidov_85_yoshda
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Yurtimiz boʻylab Oʻzbekiston Qahramoni, beqiyos isteʼdod egasi Erkin Vohidovning yubileyi keng nishonlanmoqda. Agar ulugʻ adibimiz hayot boʻlganlarida 28-dekabr kuni 85 yoshga toʻlgan boʻlar edilar.
Zamon tez, fursat oz,
Har lahza ziqdir,
Har lahza ziqligi bilan qiziqdir.
Hayot yoʻli nadir? Qabr toshida,
Ikki sana aro qisqa chiziqdir.
Ma'lumot Xushnudbek Xudoyberdiyevning ijtimoiy sahifasidan olindi.

#28_dekabr
#Erkin_Vohidov_85_yoshda!
Kamtarlik haqida
Garchi shuncha mag'rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo'l, hatto bir qadam
O'tma g'urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O'par doim peshonasidan.

28-dekabr Oʻzbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning tavallud topgan kuni. Ertaga 9:00da Margʻilon shahar Ijodkorlar bogʻida qad rostlagan ustozning haykali poyiga gul qoʻyish va ehtirom tadbiri oʻtkaziladi. Unda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, ijodkorlar, Erkin Vohidov Ijod Maktabi ustoz va oʻquvchilari ishtirok etadi. Ushbu bayramga barcha doʻstlarimizni ham taklif etamiz. Albatta siz ham keling.

Forwarded from Kichik dunyom (Nilufar Ergasheva)
#tavallud_kun
#Erkin_Vohidov_85_yoshda
Bugun hamma: ,,Sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning tavallud kuni"-,deb qarshi olsa, bizda sal boshqacharoq. Ijod maktabimizga nomi berilgan va ana shu nomni yuksaklarga ko‘tarish uchun bel bog‘lagan, buni o‘ziga sharaf deb bilgan har bir o‘quvchining ma‘suliyati ortadigan kun. Maktabimizga kelayotgan mehmonlarni ,,O‘zbegim" ni aytib qarshi olishimiz, shunchaki ovozimiz baland ekanini ularga ko‘rsatish emas, kelgusida ham chin ma‘noda Erkin Vohidovga munosib izdosh, farzand bo‘lib ,,O‘zbegim" deb keng jahonda madh etmog‘imiz uchundir... Ustoz Erkin Vohidovni ruhlari shod bo‘lsin, ilohim!
Bizning kanal👉https://t.iss.one/Nilufar_Ergasheva

Forwarded from ijodim
#Erkin_Vohidov_85_yoshda
Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligiga
Bo‘lmasin subhing qaro, bor bo‘l mudom borliq aro,
O‘zni etgil doimo inson o‘zing, inson o‘zing!
(Erkin Vohidov)
I
Nihoyat, ulgurdim so‘nggi qatnovga
Keng qishloq mung‘ayib qoldi ortimdan.
Garchand, kech bo‘lsada yo‘lga otlandim!
,,Oltariq-Marg‘ilon
85" bilan!
Dekabr!
Ayozdan omon saqlabdi
Hatto, daraxtlarning juldur yaqosin.
Bizchi, qalbimizni saqlay olmagach
Vahima, qo'rquvlar ko‘ngilni bosdi.
Yaxshi qol, demadim eski qumg‘onga
Tarixni eslatib turgusi hali.
Yo‘llarni yillardek o‘tmadim quvib
Bekatlarda to‘xtab kezdim bir halim.
,,Oltariq-85" - kuttirib bo‘lmas
,,Oltariq-85" - manzilim aniq.
,,Oltariq-85" - bu Marg‘ilonda
Bir adab uyining chirog‘i yoniq!
Bu chiroq o‘chmagay yurak bor, tan bor,
Bu chiroq ortida katta Vatan bor!
II
Hayot peshonamni silablar o‘tdi...
Opamdan ayirdi qurg‘ur zotiljam.
Elburs!
yig‘lamagin, mushfiq jigarim
Seni chorlayotir...
Yaratgan Egam.
Otam qaytib keldi olis frontdan
Va lekin yarador qaytdi Vatanim.
Turmushning qirrali toshlari tegdi
Otam, onam ketgach...
boshimga manim.
Abrning yoshini,
Sabrning yoshini,
sag‘irning yoshini ko‘rdim
Go‘yo, yopilgandek mehr darchasi!
,,Odamlar!
Odamlar!
Siz mening hayotim,
Har biringiz umrim parchasi!"
III
Adabiyot!
O‘z so‘zin baralla aytgan
Botirlar maydoni, mardlar maydoni!
Eng mayda g‘amlar-u, zarradan tortib
Eng yuksak!
Eng buyuk zarblar maydoni!
Millatning boshiga
Yomg‘irlar yog‘sa,
Madad berib turgay soyaboniga
Shundayin qalqonlar bir so‘z aytmoq chun
Yig‘ildi ,,Adiblar xiyobon" iga.
Bu so‘zdir:
Agarchi, sen o‘zbek bo‘lsang
Shiddat-u, jasorat ko‘rsatsin so‘zing!
Uyquda qolmagin,
Sen
Uyg‘on o‘zing,
Sen
Uyg‘on o‘zing,
Sen
Uyg‘on o‘zing!
✍️Nilufar Ergasheva

#qanot_qizlar_ijtimoiy_harakati
👭Joriy yilning 28-dekabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Zeboxon Rahmonaliyeva, Gulzoda O‘rinboyeva, Muattar Mamatkarimova Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan Marg‘ilon shahar Ijodkorlar bog‘ida "Qanot qizlar ijtimoiy harakati" loyihalari bilan ishtirok etishdi.
✅💐Maqsad esa Erkin Vohidov asarlarini targ‘ib qilish hamda adabiyotni xalqimizning yuragiga yana bir bor olib kirishdan iborat.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#qanot_qizlar_ijtimoiy_harakati
👭Joriy yilning 28-dekabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Zeboxon Rahmonaliyeva, Gulzoda O‘rinboyeva, Muattar Mamatkarimova Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan Marg‘ilon shahar Ijodkorlar bog‘ida "Qanot qizlar ijtimoiy harakati" loyihalari bilan ishtirok etishdi.
✅💐Maqsad esa Erkin Vohidov asarlarini targ‘ib qilish hamda adabiyotni xalqimizning yuragiga yana bir bor olib kirishdan iborat.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Kichik dunyom (Nilufar Ergasheva)
#Erkin_Vohidov_85_yoshda
Erkin Vohidovga
Qaydadir bu koʻhna dunyo,
Karvonini yoʻqotgan.
Va barchasi boʻlsa xulyo,
Yonsa qayta yagʻir tan.
Iste'dod-la ruhing talab
Va dahshatda qilsa jang.
Olov boʻlib!
Olov qalab,
Faqat el, deb yashasang.
Shunday boʻlki, zamon qadar,
Ruhing isyonkor boʻlsin.
Yuksaklikka qayta chorlar
Koʻksi togʻlar bor boʻlsin.
Shoir boʻlsang va she'r boʻlib,
Soʻzlar qarida yonsang.
Yovga emas, faqat Haqqa
Boʻyin egib qilsang jang.
"Shoir boʻlsang,
Qalb chirogʻing
Yonib tursa to abad.
Shoir boʻlsang,
Ketar chogʻing
Yigʻlab qolsa she'riyat."
✍ Sevinch Abdazova
,,Tong nafasi ilhomlari"
tanlovining nazm yo‘nalishi g‘olibi.