#tavallud_kun
📌Bugun aziz ustozimiz, Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavallud topgan kun.
Ustozni bugungi tavallud ayyom bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi samimiy muborakbod etadi.
Adabiyot va xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda omad yor, olloh madadkor boʻlsin! Hamisha sogʻ va omon boʻling!
👇👇👇
@erkinvohidovmaktabi
@erkinvohidovonlineoromgoh

#Tavallud_kun
1 may – O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol MIRZO tavallud topgan kun.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi va jonajon o‘quvchilari nomidan sevimli shoirimizga, ustozimizga uzoq umr, mustahkam salomatlik tilaymiz!
YOLG‘IZ
Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv,
Quyoshdan ishorat — ko‘z yorar ildiz.
Men, axir ularga o‘xshamayman-ku,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Har elat o‘zicha atar shamolni,
Mingta ism bilan yashaydi yulduz.
Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Nafasim — g‘animat, so‘zim — g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Yaratganga borib aytaman seni!
O‘zi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz…
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Sinfdoshim Muqaddasxonga
Sochi sariq, o‘zi mallarang,
Quvnatadi ko‘zimni, kulsa.
Meni deydi, doimo oriq,
Qani edi semizsan, desa.
Uyalarmish men-la yurishdan,
Sababini aytmas, so‘rasam.
Shahlo ko‘zi, oltin yuziga,
Ko‘zoynagi bo‘lib qarasam.
Afsus, do‘sti birgina o‘sha-
Tan olaman bu haqiqatni.
Do‘st bo‘lishga uyalaman, chin,
Qo‘ldan berdim shunday omadni...
“Sotqin” bo‘lsam, “nobakor” bo‘lsam,
Do‘st bo‘lishga yarayman arang
Lekin sizni do‘st deb bilaman,
Quyosh guli, chaqnoq, mallarang.
✍️Muxlisaxon Haydarova, Erkin Vohidov ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi.
👍Bizga qo‘shiling!!! https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi

Forwarded from Kichik dunyom (Nilufar Ergasheva)
#tavallud_kun
#Erkin_Vohidov_85_yoshda
Bugun hamma: ,,Sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning tavallud kuni"-,deb qarshi olsa, bizda sal boshqacharoq. Ijod maktabimizga nomi berilgan va ana shu nomni yuksaklarga ko‘tarish uchun bel bog‘lagan, buni o‘ziga sharaf deb bilgan har bir o‘quvchining ma‘suliyati ortadigan kun. Maktabimizga kelayotgan mehmonlarni ,,O‘zbegim" ni aytib qarshi olishimiz, shunchaki ovozimiz baland ekanini ularga ko‘rsatish emas, kelgusida ham chin ma‘noda Erkin Vohidovga munosib izdosh, farzand bo‘lib ,,O‘zbegim" deb keng jahonda madh etmog‘imiz uchundir... Ustoz Erkin Vohidovni ruhlari shod bo‘lsin, ilohim!
Bizning kanal👉https://t.iss.one/Nilufar_Ergasheva