Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.25K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#28_dekabr
#Erkin_Vohidov_85_yoshda!

Kamtarlik haqida

Garchi shuncha mag'rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo'l, hatto bir qadam
O'tma g'urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O'par doim peshonasidan.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

USTOZ HABIBIYGA

Muborak, domla, sakson yosh, umrga bitta bob oʻlsin,
Koʻpaysin boblaru saksonta boblik bir kitob oʻlsin.

Yana saksonu sakson yil oʻtib qomat bukunday tik,
Yuzu koʻngil bu kunday mohitobu oftob oʻlsin.

Qoʻlingizdan yana saksonu sakson tushmasin xoma,
Yetolmay ilkingizga hassa sakson yil xunob oʻlsin.

Umr ham keksaliqdan, xastalikdan boʻlsinu xoli,
Yuzu saksonda shoir oʻn sakkiz yoshdek shabob oʻlsin.

Bitib sonsiz gʻazal dil mulkini zabt aylangiz har dam,
Muxammas ham sanoqsiz, qitʼayu fard behisob oʻlsin.

Aruziy vazni nomargʻub degan baʼzi munaqqidlar
Soʻzi shudgorga oqsin, qishga qolsin-u yaxob oʻlsin.

Domullo yuzga yetgach, oʻttiz ikki yangi tish chiqsa,
U dam ichgoni yuz-yuz, yegani kavkaz kabob oʻlsin.

Habibiy yoshi sakson boʻldi deb aytgan xato qilgay,
Iki oʻn bir, iki oʻn toʻrt, iki oʻn besh hisob oʻlsin.

©️Erkin Vohidov

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

TONG LAVHASI

Ufqlarga qoʻyib guldasta,
Togʻ ortidan koʻtardi-da bosh,
Pastga boqdi choʻqqidan asta
Oltin qalam tutgan bir naqqosh.

Har nuqtaga sayqal berib u,
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
Soʻng quyosh deb imzo chekdi-yu,
Tongotar deb qoʻydi sarlavha.

©️Erkin Vohidov

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

KIMNI ETMAS BU KO‘NGIL SHAYDO

Dunyo ekan…
Ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda?!
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim she’r yozmas mening yoshimda?!

Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga,
Hayotimning bo‘ldi mazmuni.
U qo‘limga tutqazib qalam,
Ko‘zlarimdan oldi uyquni.

Oldi butun fikr-u xayolim,
Ketdi dildan orom, halovat.
Sevgi butun borimni olib,
She’r zavqini qoldirdi faqat.

Borliq olam ko‘zimga ming-ming
Go‘zallikka to‘lib ko‘rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She’r daftari bo‘lib ko‘rindi…

Ayb etmangiz,
Do‘stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim she’r yozmas mening yoshimda?!

©️Erkin Vohidov

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tugilgan_kun

Erkin Vohidov o‘z asarlariga o‘xshaydi. O‘z asarlari kabi toza edi. Uning barcha iboralari, she’riy jumlalari ma’nolarga to‘la.

Ma’no suratlari bilan muzayyan. Ular yulduz shu’lalariday insonlar ko‘zlarini yashnatib turadi va hayotning sir-sinoatli suvratlaridan darak beradi. U mumtoz ma’noda ham, zamonaviy ma’noda ham adab tajassumi edi. Qodir Olloh, ruhi dunyosini hamisha shod va munavvar qilsin.

Ibrohim G‘OFUROV,
O‘zbekiston Qahramoni

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida shoir tavalludining 87 yilligi munosabati bilan Fargʻona viloyati hamda Margʻilon shahar hokimliklari hamkorligida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, oʻqituvchi va oʻquvchilar, yozuvchi va shoirlar, adabiyot ixlosmandlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ijod maktabi va Fargʻona viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida oʻtkazilgan “To quyosh sochgayki nur..." mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining gʻoliblariga diplom va esdalik sovgʻalari Erkin Vohidovning oʻgʻli Xurshid Vohidov tomonidan topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#28_dekabr
#Erkin_Vohidov_tavalludining_88_yilligi

(Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostonini oʻqib )

Suronlar tinmadi,
Kechalar bedor
Gʻanimlar tinmadi – osmon qop-qora!
Kalkuttaga koʻchgan hislarim nochor
Qayon ketayapmiz jonsiz-ey,
Yo Rab!?

Koʻzyoshlar tinmadi – tindimi tenglik...
Bardoshlar tinmadi – koʻksimda qafas.
Vatandan tashqari –
hammasi kenglik
Vatandan ichkari –
nafas yoʻq nafas!

Olqishlar tinmadi – yana aldarlar
tavoze boshlanar misli
nun,
mim,
lom!
Oʻzidan hijolat boʻlar vaʼdalar –
Koʻzimda yigʻlaydi hur Nazrul Islom!

- "Hakimlar tinmadi, qilmadi qasddan,
Demak, tabiblarga kiydiramiz toj..."
Bir avlod bemordir, bir avlod xasta
Qalb koʻzin ochuvchi Hakimga muhtoj.

Ey, koʻnglim!
Ruhlar isyon qilib tinmayotganda
Oʻlaksalar ichra yashashga koʻnding?!
Ajdoding sen boʻlib yonayotganda
Sen esa tinding,
Sen esa tinding,
Sen esa tinding...

✍️ Nilufar Ergasheva,
Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi

👉TelegramI
OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#28_dekabr
#Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

FARGʻONANING YOʻLLARIDA

Deydilarki, er kishining
Uyalgani — oʻlgani.
Fargʻonaning yoʻllarida
Quvib oʻtdik “Volga”ni.

Dovon oshib, shamol boʻlib
Uchar bizning “Jiguli”,
“Jiguli”mas, nakd “Boychibor”,
“Havopaymo” deguli.

“Jiguli”da biz — toʻrt ulfat,
Dunyo bilan ishi yoʻk.
Oʻzimizdan juda magʻrur,
Bizga yetar kishi yoʻq.

Kechqurungi bazmi jamshid —
Toʻyga shoshib boramiz.
Koʻringan har gʻildirakni
Quvib oshib boramiz.

Bir payt bizning jayron toyni
Bilolmadik ne sabab,
Pachoqqina “Zaporojes”
Quvib qoldi, voajab.

Oʻzmoq boʻlib yoʻlni goh soʻl,
Gohi oʻngga soladi.
Tumov boʻlgan xoʻroz kabi
Bibildogʻin chaladi.

Bizlar esa boʻsh kelmaymiz,
Mingga qoʻyib bosamiz.
Qiy-qiylashib, til koʻrsatib,
Masxaralab qochamiz.

“Zaporojes” nima boʻpti,
Quvib oʻtdiq “Volga”ni.
Bos, der Parpi, er yeishining
Uyalgani — oʻlgani.

Rixsitillo qichqiradi:
“Togʻorangni nari ol”.
Egamberdi qahqah urar:
“Eski qumgʻon, yaxshi qol!”.

“Zaporojes” chidamadi,
Toʻrt ulfatni gangitib,
Shartta yoʻlni qirga soldi,
Hammayoqni changitib.

Tarilladi, varilladi,
Quvib oʻtdi, voh, qarang!
Quvib oʻtib mashinani
Yoʻlga qoʻydi koʻndalang.

Biz toʻxtadik.
Yoʻl berkilgan.
Oʻtishga hech imkon yoʻq.
Toʻrtov hayron oʻltiribmiz,
Tizzalarda darmon yoʻq.

“Zaporoj”dan chiqib keldi
Fargʻonalik barzangi.
Barzangining har yelkasi
Naqd Chotqolning xarsangi.

Belbogʻiga osib olgan
Pichogʻi ham bir quloch.
Qaltiraymiz, oldga yoʻl yoʻq,
Qaytishga ham yoʻq iloj.

Mashinani tashlab qochsak
Qayerga ham ketarmiz?!
Bitta-bitta ushlab olib
Chavaqlasa netarmiz?!

Ana, qaddin rostladi u,
Soʻng atrofga alanglab —
Bizga qarab asta yurdi
King-Kong misol lapanglab.

Shu payt iloj boʻlsa edi
Biz toʻrt akang qaragʻay,
Toshkentgacha qochar edik
Orqamizga qaramay.

Yaqin keldi, salomberdi,
Ertaklarda deydilar:
Devlar avval salom berib,
Keyin tutib yeydilar.

Derazadan qoʻlni tiqdi.
Ulkan, jundor, dahshat qoʻl.
“Soʻrashaylik” demaganda
Dodlar edik, engil hoʻl.

Guldiragan ovoz bilan
Gap boshladi: “Ming uzr.
Yoʻlingizni toʻsib sizni
Qilgan boʻlsam behuzur.

Mashinangiz gʻildiragi
Boʻshayotir, akalar.
Motordan ham moy ketganga
Oʻxshayotir, akalar.

Shuni aytish uchun quvib,
Yoʻlni toʻsdim, kechiring!
Endi oʻzim koʻrib beray,
Motor oʻtin oʻchiring”.

Shunday deya kirib ketdi
Mashinaning tagiga.
Soʻngra chiqib nasos urdi
Orqa gʻildiragiga.

Sehrlangan odamlardek
Turar edik biz hayron.
Qarashaylik desak qoʻymas:
“Fargʻonaga siz mehmon”.

Ish orasi latifalar
Aytib yana kuldirdi.
Xullas, shu kun dehqon yigit
Bizni tirik oʻldirdi.

Ishni sozlab, ariqchada
Yuvar ekan qoʻlini,
Soʻrab borar manzilimiz,
Aytdi yaqin yoʻlini.

Soʻng bor qarab mashinaga,
Yon koʻzguni tuzatdi.
“Oq yoʻl”, dedi, oʻzi ketmay
Avval bizni kuzatdi.

“Xayr, qamchi bosing, endi
Toychogʻingiz hech tolmas.
Bizning eski qumgʻon tugul
Samolyot ham yetolmas”.

Yoʻlga chiqdik izza boʻlib
Qip-qizarib, sharmanda.
Eng yomoni keyin boʻldi -
Toʻyxonaga borganda.

Ostonada oʻsha yigit
Bizni kutib turardi.
Qoʻlda qumgʻon, yelkasida
Sochiq tutib turardi.

Koʻzi kulib boqar edi,
Sir bermasdi u biroq.
Bundan koʻra bizni tutib
Ursa edi yaxshiroq.

Oʻzimizga ayon shu kun
Boʻlarimiz boʻlgani.
Deydilarki, er kishining
Uyalgani — oʻlgani.

✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston xalq shoiri.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun
#28_dekabr

⚡️OʻGʻRIGA NASIHAT

Oʻgʻri boʻlsang, jon uka,
Bozorga bor, doʻmga bor.
Oʻzbek mahallasiga
Kirma zinhor ba zinhor.

✍️ Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov

🎙 Sheʼrni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-“D” sinf o‘quvchisi Muslimbek Siddiqov ijro qilgan.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI InstagramI👈