DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.66K subscribers
9.68K photos
2.25K videos
10 files
6.08K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#jarayon

🔰Namangan viloyati Chust tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Mamlakatda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining maslahatchisi O.Odiljonov tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝O‘rganish davomida o‘zbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib, kerakli tavsiya va takliflar berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarorining ijrosi bo'yicha To'rtko'l tumani Tibbiyot birlashmasida targ'ibot ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

Noqonuniy reklamalarga barham berilmoqda.


Bugun Chilonzor tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi Bunyodkor, Farxod, Cho’ponota ko’chalarida joylashgan savdo va xizmat ko’rsatish shaxobchalari ma’sullari tomonidan hududda joylashtirilgan noqonuniy tashqi reklamalar bartaraf etildi.

▶️Shu o’rinda tadbirkorlik subyekti raxbarlariga “Reklama tog’risida”gi hamda “Davlat tili haqida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari talablarini qo’pol ravishda buzmasliklarini so’rab qolamiz.

▶️O’rganishlar davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

"Davlat tili haqida"gi qonun ijrosi amalda.


Peshku tumanida tashqi reklama va yozuvlarni tartibga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Mirishkor mahallasi hududida o’rnatilgan noqonuniy reklama bannerlari ishchi guruh tomonidan o‘rnatilgan joyidan olib tashlandi.

Tadbirkorlarimizga “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘gʻrisida”gi qonunlarimizning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Reklamalar Vazirlar Mahkamasining 104-sonli qarori talablari bo‘yicha o‘rnatilishi lozimligi ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

🔰“Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔰Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamkorligida o‘tkaziladigan suhbatda O‘zbek tilining mavqeyi va nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar to‘g‘risida so‘z bordi.

batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Davlat_tili
#Jarayon

♻️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ishchi guruhi tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi doirasida “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonada davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, ish yuritishning to‘liq davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi, davlat tili targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, kerakli tavsiyalar berildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
#Jarayon

Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2024-yil 11-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻisidagi qonun hujjatlariga riоуа etilishini ta’minlash mаsаlаlаri boʻyicha maslahatchilari uchun Respublika seminari tashkil etildi.

Erta tongdan tadbir tashkilotchilari tomonidan Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gul qo‘yish marosimi tashkil etildi. Adiblar xiyobonidagi gul qo‘yish marosimi adabiy suhbatga aylanib ketdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

Ta’lim sohasidagi davlat tiliga e’tibor

Davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tishini ta’minlash maqsadida, To‘raqo‘rg‘on tuman hokimi maslahatchisi D.Vaxabova tomonidan 45-sonli umumta’lim maktabida o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha qonun hujjatlariga amal qilish to‘g‘risida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanishi to‘g‘risida hamda maktab binosiga o‘rnatilgan peshlavhalar, me’yoriy hujjatlarni davlat tiliga asoslangan lotin yozuvida yuritilganligi ko‘rib chiqildi. Ko‘rilgan kamchiliklar o‘z o‘rnida bartaraf etildi.

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga esa davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qarorlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.  


    Bugun  To‘raqo‘rg‘on tumandagi 51-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi xodimlari o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, madaniy merosimiz, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosatini yuritish, davlat tiliga bo‘lgan hurmat, millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish yuzasidan tuman hokimi maslahatchisi D.Vaxabova tomonidan muloqot o‘tkazildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

Qo‘ng‘irot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Farmon va Qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh bilan birgalikda joriy yilning 25-oktabrida Qo‘ng‘irot tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘rganildi.

O‘rganish natijasida texnikumdagi ayrim ichki yozuvlar, ya’ni bannerlar taxtachalar va is hujjatlari qoraqalpoq tilining eski lotin alifbosida xato-kamchiliklar bilan yozilganligi aniqlandi. Xato-kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida texnikum xodimlariga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Texnikumda is hujjatlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limida bir oylik muddatli dasturiy shaklda tashkil etilgan “O‘zbek va qoraqalpoq adabiy til me’yorlari hamda davlat tilida ish yuritish” kurslarida o‘qib o‘z malakasini oshirish kerakligi ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

🇺🇿Farg‘ona viloyati

✒️Qo‘qon shahrida joylashgan Imom Buxoriy ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi hamda xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari mas’ullari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

✒️Margʻilon shahar hokimining maslahatchisi tomonidan "Reklama toʻgʻrisida"gi hamda “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi yuzasidan markaziy koʻchalardagi ommaviy targʻibot vositalarining holati o‘rganildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Jarayon

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida muntazam ravishda Davlat tiliga e’tibor qaratib kelinmoqda.

Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan e’tibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda, bobomiz aytgan Mahmudxo‘ja Behbudiy quyidagi purma’no fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”

Shu asosda, ona tilimizga e’tibor qaratgan holda, tumandagi 7-sonli umumta’lim maktabidagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi yozuvlar ko‘zdan kechirildi.

Monitoring jarayonida xodimlarning xizmat vazifalarining ijrosi, ish hujjatlarining yuritilishi, ijtimoiy ma’naviy-muhit, tashqi targ‘ibot vositalarining talab mezonlariga asoslangan holatlari o‘rganildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

⚠️Noqonuniy reklama bannerlari bartaraf etilmoqda.

Toshkent shahri Mirobod tumani bo‘ylab “Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarning ijrosi yuzasidan tuman hududida o‘rnatilgan turli reklama va e’lonlar tumanda tashkil etilgan ishchi guruhi bilan hamkorlikdagi o‘rganishlarda aniqlangan amaldagi qonunlarga zid bo‘lgan tashqi yozuvlar (peshlavha, reklama va boshqa e’lon, axborot matnlari) olib tashlanmoqda.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook