DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.39K subscribers
10.5K photos
2.41K videos
16 files
6.54K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
Olmazor tumani hokimligi, tuman Soliq inspektsiyasi, tuman SES mas’ullari, tuman Ishchi guruhi a’zolari bilan birgalikda tumandagi Sebzor dahasi ko‘chalarida joylashgan tadbirkorlik subyektlaridagi tashqi reklama yozuvlari, axborot yozuvlari, e’lonlari, peshlavhalari, reklama bannerlarini tartibga keltirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Natijada tuman hududidagi noqonuniy o‘rnatilgan bir nechta reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, reklama tashqi yozuvlari, tashqi reklama qurilmalari demontaj qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi. Reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak.

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Davlat tiliga e'tibor har sohada muhim

Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston Respublikasining davlat tili — o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hokimiyat va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta'minlanishi belgilangan.

"Nuroniy" jamg‘armasi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi binosi tashqi va ichki qismidagi peshlavhalar namunali holda lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida yozilgan. Jumladan, ish hujjatlarini yurutilishi, ijtimoiy-ma'naviy muhit, targ‘ibot vositalari talab mezonlariga asoslanganligi tuman hokimi maslahatchisi D. Vaxabova tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi maslahatchisi D. Vaxabova
Yangi soʻz va atamalar ro'yxati.pdf
225 KB
40 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga binoan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar roʻyxati tasdiqlandi.

Jumladan:

Аванс => Boʻnak
Автопилот => Avtoboshqaruv
Айсберг => Muztogʻ
Бодикамера => Yonkamera
Доставка => Yetkazish
Линк => Havola
Навигатор => Yoʻllagich
Наждак => Qumqogʻoz
Парол => Oʻron
Переплёт => Muqovalash
Портфолио => Yigʻmajild
Светофор => Yoʻlchiroq
Челленж => Chorlov
👍10👏2🙈21
Reja grafik asosida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash olib borilmoqda.

To‘raqo‘rg‘on tuman hokimi maslahatchisi Kadastr palatasi bilan hamkorlikda reja asosida ko‘cha nomlari davlat tili qonun talablariga asoslangan holda bir qator ishlar amalga oshirildi. Belgilangan mahallalarning berk, tor va asosiy ko‘chalari xaritalar orqali o‘rganildi.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi maslahatchisi D. Vaxabova
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 272-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Amirqul Po’lkan “Sekin-sekin” she'ri

2. Zuloyho Boyxonova "Bo’lmasa bo’lmas” qo'shig'i

3. Chingiz Aytmayov “Asrga tatigulik kun” asari

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxon jamoasidan ajoyib chorlov!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
👍32🔥1