DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.66K subscribers
9.68K photos
2.25K videos
10 files
6.08K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
​​#Davlat_tili

Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun: xorijda qanday?

🇦🇿OZARBAYJON

✔️Konstitutsiyaga koʻra, davlat tili ozarbayjon tili hisoblanadi. “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, tashkilotlarda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Qonun talabiga rioya qilmaslik tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

🇩🇪GERMANIYA

✔️“Maʼmuriy amaliyotlar toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, maʼmuriy amaliyotlar uchun rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar masʼul idoraga nemis tilidan boshqa tilda murojaat qilinsa, organ darhol uning nemis tiliga tarjimasini talab qilishi kerak. Nemis tilidan boshqa tilda murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.

🇶🇦QATAR

✔️2019-yilda qabul qilingan yangi qonunga koʻra, Qatarda barcha davlat organlari va rasmiy hujjatlarda arab tilidan majburiy foydalaniladi. Qonun talablariga amal qilmaganlik uchun 50 000 qatar riali (14 000 AQSH dollari atrofida) miqdorida jarima belgilangan.

🇹🇷TURKIYA

✔️Barcha yozishmalar, yozuv va hisob-kitoblar hech qanday istisnolarsiz turk tilida olib borilishi talab etiladi. Ushbu talabga rioya qilmaganlik maʼmuriy jarimaga tortilishga sabab boʻladi. Turk yuridik shaxslari oʻrtasida tuzilgan turk tilida boʻlmagan shartnomalar bekor qilinadi.

🇷🇺ROSSIYA

✔️Davlat tili toʻgʻrisida”gi Rossiya Federal qonuniga koʻra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, tashkilotni nomlashda ham davlat tilidan foydalanishi belgilangan.

🇮🇪IRLANDIYA

✔️Davlat tili sifatida irland va ingliz tili qabul qilingan. Davlat organlarida davlat tillari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinayotganini tekshirish boʻyicha alohida organ mavjud. Agar davlat organi ushbu tashkilotga hujjatlarni taqdim qilmasa, ular bilan hamkorlik qilmasa, ushbu organ mansabdor shaxsi uchun 2000 yevrogacha jarima yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan. Bu tekshiruvlar natijasida til toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgani aniqlansa, davlat organi mansabdor shaxsi javobgarlikka tortilishi mumkin.

🇬🇪GRUZIYA

✔️Davlat tili toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, davlat korxona va tashkilotlarida faqat gruzin tilida ish yuritiladi, zarurat tugʻilsa, hujjatlar boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin, ammo bu tarjimalar rasmiy hujjat hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

🔰2020-yil 10-aprel-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tomonidan «O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun imzolangan kun.

🔰Ushbu qonunda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi va shu yildan buyon bayram sifatida nishonlab kelinmoqda.

🔰Shu munosabat bilan bugun "O‘zbektelekom" AKda O‘zbek tili taraqqiyoti va rivojiga bag‘ishlangani davra suhbati o‘tkazildi.

🔰Suhbatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, "O‘zbektelekom" AK markaziy apparati hamda tarkibidagi filial xodimlari ishtirok etishdi.

🔰Kompaniya kutubxonasiga Jamg‘arma tomonidan chop ettirilgan kitoblar taqdim etildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#Yashil_makon #Davlat_tili

🌱Mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

🌱Ushbu loyiha yuzasidan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Toshkent shahar va Sergeli tumani hokimliklari hamkorligida 28-aprel Sergeli tumani Xontepa mahallasida "O‘ZBEK TILI" bog‘ini yaratish maqsadida hashar uyushtirildi.

🌱Hasharda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🌱Departament mudiri yig‘ilganlarni daraxt ekish va obodonlashtirish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etishga chorladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

✍️Markaziy bankda Oʼzbekiston Respublikasining Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʼliq oʼtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda “Ommaviy diktant” loyihasi oʼtkazildi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#Davlat_tili

🔰G‘oliblarga sovg‘alar to‘plami topshirilib kelinmoqda.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” (106.5) radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatiladi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DAVLAT_TILI

🟤2024-yilning 27-iyun kuni Alfraganus universiteti rektori M.Mahmudov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminovlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🟤Uchrashuvda, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, yaratiladigan adabiyotlar yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi. Alfraganus universiteti taraqqiyot strategiyasida milliy ma’naviyatimiz, ona tili va adabiyoti ta’limi va targ‘ibi borasidagi ishlar asosiy o‘rinlardan biri sanalishi, kelgusidagi hamkorlik ushbu ishlarning amaliy natijasida muhim omillardan biri bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#Davlat_tili_tanlov

Diqqat tanlov!

❗️Sizda qimmatli sovg‘alar toʻplamini qo‘lga kiritish imkoni bor.

❗️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilinadi.

❗️Sahifalarimizda (dtrdep , UZTRJ ) o‘zbek tiliga oid boʻlgan savollar taqdim etiladi.

❗️O‘zingizni sinab ko‘ring hamda oʻzbek tili bo‘yicha bilimlaringizni yanada oshiring.

❗️21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob yoʻllagan ishtirokchilar sovgʻalar bilan taqdirlanadilar!

⚠️Javobingizni @Davlat_tili_jamgarmaa_bot manziliga yuborishingiz mumkin.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#Davlat_tili

🔰Toshkent viloyatida “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimining til masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xo‘jayeva Shahnoza, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi rahbari Abdurashid To‘ychiyev, tuman hokimlarining til masalalari bo‘yicha maslahatchilari va qator yoshlar ishtirok etishdi.

🔰Badiiy qismdan tashqari Davlat tili qo‘llanishida nomlash xizmati va lingvistik ekspertiza masalalari hamda “Til – milliy taraqqiyot omili, davlatimiz tayanchi” mavzularida ham so‘z bordi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#Davlat_tili
#Jarayon

♻️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ishchi guruhi tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi doirasida “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonada davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, ish yuritishning to‘liq davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi, davlat tili targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, kerakli tavsiyalar berildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
#onlayn
#Davlat_tili

Ayni paytda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti ishchi guruhi tomonidan “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” respublika tanlovi doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida davlat tilining to’laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o’rganilmoqda.

O’rganish davomida korxonada davlat tili to’g’risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, ish yuritishning to’liq davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida bo’lishi, davlat tili targ’iboti bo’yicha bajarilgan ishlar tahlil etiladi.

Ishchi guruh a’zolari tashrif davomida kombinat muzeyi va Qalmoqqir konida ham bo’lishdi.

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱Twitter
Audio
#Davlat_tili

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Vatanni yovdan himoya qilgandek o‘zbek tilini ham himoya qilishimiz, asrashimiz kerak” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin.

✍️ Bekzod Shukurov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#loyiha 📻“Oriat Dono”da davlat tili bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘ring! ⚠️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba…
#Davlat_tili

🔰G‘oliblarga sovg‘alar to‘plami topshirilib kelinmoqda.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” (106.5) radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatiladi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tili_tanlov Diqqat tanlov! ❗️Sizda qimmatli sovg‘alar toʻplamini qo‘lga kiritish imkoni bor. ❗️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilinadi. ❗️Sahifalarimizda (dtrdep , UZTRJ ) o‘zbek tiliga…
#Davlat_tili_tanlov

Ijtimoiy sahifalarimizda O‘zbek tiliga
davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilingan edi.

❗️Ushbu tanlov g‘oliblari ham aniqlandi:

🎖Muhsinjonova Shirinoy Asliddin qizi Surxondaryo viloyati

🎖Bekıyeva Barno Komıljonovna Xorazm viloyati

«Qadring baland bo'lsin, ona tilim» tanlovining taqdirlash marosimida ular ham e'tirof etildi.

Sovrindorlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan esdalik sovg‘alar, diplom hamda qimmatli kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep