#faxr
❇️Buxorolik o‘quvchi xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi
🔹Buxoro tumanidagi 38-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Ruxshona Dehqonova ilk maktab yoshidan sportning badiiy gimnastika turi bilan shug‘ullanib keladi.
🔹Ayni paytga qadar u viloyat, respublika miqyosidagi qator musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarni qayt etib kelmoqda.
🔹Yaqinda Ruxshona Filippin davlatida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
🔹Sportda o'z o'rniga ega bo'layotgan iqtidorli o'quvchimizni bu yutug'i bilan tabriklaymiz!
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!
📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!
👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://ish.uzedu.uz
Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.
✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlangan bo’lib, ushbu havola orqali yo’riqnoma bilan tanishishingiz mumkin.
❗️ Shoshiling!
📆 Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 10-iyuniga qadar davom etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

❇️Buxorolik o‘quvchilar Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fan olimpiadasida 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi
🔹Xabaringiz bor, joriy yilning 31-may va 1-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al- Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔹2 turda o‘tgan mazkur olimpiadada O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan 70 nafar ishtirokchilar o’zaro kuch sinashishdi.
🔹Quvonarlisi, ushbu sinovlarda buxorolik o‘quvchilar ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.
🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, Buxoro shahridagi 23-IDUMning 7-sinf o‘quvchisi Dilnura Safarova hamda Jondor tumanidagi 46-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Uluglxo'ja Bafoyevlar faxrli 3-o‘rinni qayd etib, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Photo
#Ҳоким_ҳудудларда
#Қоракўл_тумани
#Мактабгача_таълим_қамрови
Вилоят ҳокими Ботир Зарипов Қоракўл туманига ташрифи чоғида ҳудудда мактабгача таълим қамровини ошириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.
Маълумотларга кўра, бугунги кунда туманда жами 134 та мактабгача таълим ташкилотларида 9 минг 702 нафар ўғил-қиз тарбияланмоқда. Тизимга болаларни қамраб олиш кўрсаткичи 70,6 фоизга етган.
Шу билан бирга, жойларда ўтказилган очиқ мулоқотларда аҳоли боғчаларни янада кўпайтириш истагини билдирган. Шунга асосан, мактабгача таълим жараёнини янги тартибда ташкил этиш бўйича таклифлар ишлаб чиқилган.
Тақдимотда мактабгача таълим тизимини янада такомиллаштириш, боғчаларда сифат ва қамровни ошириш чоралари ҳақида ахборот берилди. Хусусан, аҳолиси зич ёки қамров кўрсаткичи паст бўлган ҳудудлардаги мактабларнинг бўш турган биноларида ва кам қувватда ишлаётган мактабларда қўшимча гуруҳлар ташкил этиш кўзда тутилган.
Масалан, ҳозирда Қаймоқчи қишлоғидаги 41-умумтаълим мактабининг бўш турган биносида 24-сонли давлат мактабгача таълим ташкилоти таркибига кирувчи қўшимча 3 та 90 ўринли гуруҳ, “Пойкент” маҳалласидаги 2-умумтаълим мактабининг бўш турган биносида эса 14-сонли давлат мактабгача таълим ташкилоти таркибига кирувчи қўшимча 2 та 60 ўринли гуруҳ ташкил этилган.
Шу тариқа “Човли”, “Жиғачи”, “Сайёд”, “Осиё” ва “Ваҳм” маҳаллаларидаги мактабларда ҳам худди шундай қўшимча гуруҳлар фаолияти йўлга қўйилган. Натижада қамровга 1 минг 315 та қўшимча ўрин яратилмоқда. Туман миқёсида қамров даражаси эса 80 фоизга етказилади.
Вилоят раҳбари қўшимча гуруҳлар яратилиши аёлларга енгиллик яратиш ва фарзандлар тарбиясида муҳим эканини алоҳида таъкидлади.
Мутасаддиларга бу тажрибани оммалаштириш, таълим сифатини яхшилаш юзасидан кўрсатмалар берилди. Мактабгача таълим қамровини кенгайтириш бўйича дастур ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Hilola Umarova
#Нодавлат_таълим
✅ Nodavlat ta'lim tizimida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar, maqsad va vazifalar hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan nodavlat ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdik.
❗️Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-79-sonli Farmoni bilan xususiy maktablarni tashkil etishga keng imkoniyatlar yaratib berilganligi, mazkur Farmonning mazmun-mohiyati haqida yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, yig'ilish davomida:
✔️ xususiy maktablarda O‘zbekiston tarixi va o‘zbek tili fanlariga ajratiladigan o‘quv soatlari hajmini davlat maktablari uchun tasdiqlangan tayanch o‘quv rejaga muvofiq belgilash,
✔️ ta’lim jarayonlarining dunyoviy xarakterda va davlat ta’lim standartlari doirasida tashkil etilishini ta’minlash hamda milliy urf-odat va an’analarimizni yoshlarimiz orasida keng targ‘ib qilish,
✔️ xususiy maktablarda faoliyat yurituvchi pedagoglarning malakasini oshirish, mazkur maktablarda olimpiadalar tashkil etish,
✔️ nodavlat bog‘cha va maktab tashkilotlari zimmasiga o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda vazirlikning Yagona elektron dasturi (erp.maktab.uz), elektron platformalari (my.maktab.uz, e-shahodatnoma.uz, kundalik.com) va boshqa tegishli axborot tizimlari hamda “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga (bbit.uz) kiritish hamda yangilab borish kabi masalalar muhokama qilindi.
❕ Bundan tashqari nodavlat ta'lim muassasalarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga to‘xtalib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
📍Toshkent shahrida joylashgan nodavlat umumiy o‘rta va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish qizg’in bahs va munozalarga boy holda o’tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mas'ullaridan batafsil ma'lumot olishdi.
👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter