BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24K subscribers
79.2K photos
11.1K videos
23 files
39.7K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
🇸🇱🇨🇳#xalqaro_aloqalar
#Xitoy_delegatsiyasi

⚡️Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi turoperatorlari va OAV vakillari Buxoroda

Turizm qo'mitasi ko'magida joriy yilning 26-27-noyabr sanalarida “Centrum Air” aviakompaniyasi tomonidan “Toshkent - Guanjou” yo‘nalishida tashkil etilayotgan ilk aviaqatnov ochilishi doirasida Guandun provinsiyasining 30 nafardan iborat nufuzli turoperatorlari va OAV vakillarining Buxoro viloyatiga tashrifi tashkil etildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Buxoroning turizm salohiyatini targ‘ib qilish orqali xitoy xalqini noyob madaniy va tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirish.

Infotur davomida delegatsiya vakillarining Ark qo‘rg‘oni, Poyi Kalon majmuasi, hunarmandchilik markazlari, Toqi Zargaron, Toqi Sarrafon, Toqi Telpakfurushon, Labi hovuz ansambli kabi diqqatga sazovor joylar bo'ylab mazmunli sayohatlari amalga oshirildi.

Umid qilamizki ,O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia reyslarning tashkil etilishi kelgusida davlatlararo sayyohlik oqimlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish va Xitoy Xalq Respublikasi hududlari bilan turizm sohasida hamkorlikni jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🇮🇩🇺🇿 #xalqaro_aloqalar
#Indoneziya #Buxoro

⚡️Buxoroga indoneziyalik sayyohlar oqimi ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli va 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-sonli Farmonida belgilangan vazifalar doirasida, 2024-yilning 5-9-dekabr kunlari viloyat hokimi o'rinbosari Botirjon Shaxriyorov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Indoneziyaning Jakarta shahriga tashrifi jarayonida ikki davlat o'rtasida turizm sohasiga oid qator kelishuvlarga erishishgan edi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, joriy yilning 14-16-dekabr kunlari Indoneziyadan bir guruh sayyohlardan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida xorijiy mehmonlar ko'hna va qadimiy Buxoroning diqqatga sazovor joylari bo‘lmish - "Labi Hovuz" ansambli, savdo toqlari, "Poyi Kalon" majmuasi, "Ark" qo'rgoni, Sitorai Mohi-Xosa saroyidan tashqari Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lib, juda katta taassurotlarga ega bo'lishdi.

Shuni qayd etish joizki, joriy yilning 2024-yilning yakuni va 2025-yil davomida Indoneziya davlatidan tashrif buyuradigan sayyohlar karrasiga ko‘payishi kutilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Xunan

⚡️Buxoro va Xitoyning Xunan shaharlari birodarlik aloqalarini yuqori bosqichga ko‘tarmoqchi

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari R.Asadov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Tashrif doirasida Xunan provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari Sao Zjisyan bilan keng qamrovli muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar davomida Buxoro va Xunan o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, investitsiyalar, savdo va turizm sohalarida o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalaroi ko‘rib chiqildi.

Bunda 2025-yilda Buxoro shahrida Xunan tadbirkorlari ishtirokida biznes forum tashkil qilish, Xunan provinsiyasida har yili bo‘lib o‘tadigan texnikalar ko‘rgazmasiga Buxoro viloyati delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash hamda Buxoro viloyati hokimi hamda Xunan provinsiyasi gubernatori huzurida Buxoro-Xunan “Birodar hududlar” shartnomalarini imzolash bo‘yicha kelishib olindi.

Buxoro.uz|Facebook|Instagram|YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Xitoy

Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Rizo Asadov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davom etmoqda. Tashrif davomida delegatsiya Nanning shahrining energetika, qurilish materiallari va elektrotexnika sohalaridagi ilg‘or kompaniyalari rahbariyati bilan investision yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Xususan, "Nanning Industrial Investment Group" hamda "Rising Hong Fa" kompaniyasi bilan Buxoro viloyatida elektrotexnika hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Tashrif davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_aloqalar
#euronews

“Euronews” xalqaro media-xoldingi direktorlar Kengashi apparat rahbari Fernando Soares 31-dekabr - 1-yanvar kunlari Buxoroda bo’ldi.

Martabali mehmon tashrif mobaynida Buxoro shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishdi.

Xususan, qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rg‘oni, Labi Hovuz ansambli, Moxi Xossa saroyini hayrat va havas bilan tomosha qildi.

Hunarmandlar rastalari, amaliy san’at ustaxonalaridagi qizg‘in ish jarayoniga guvoh bo‘ldi.

Mehmonga tarixiy qadamjolar, yodgorliklarning tarixi, ushbu manzillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklarning qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.

Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning hunarmandligi Fernando Soaresda katta qiziqish uyg‘otdi.

Fernando Soares Buxorodagi madaniy meros ob’yektlari asl holida saqlanganligi, Buxoro aynan boy tarixi, betakror madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shganligini e’tirof etdi.

Shu bilan birga Buxoro xalqining mehnatsevarligi, ijodkorligi va mehmondo‘stligi har qadamda sezilib turishini, bu yerda turizm va investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidladi.

“Euronews” xalqaro media-xoldingi bu boradagi tashabbuslarni keng targ’ib qilishga tayyorligini bildirdi.

Sayohat yakunida Fernando Soares Buxorodan olgan taassurotlari haqida maxsus intrevyu berdi. Mazkur intervyu bilan bugun rasmiy sahifalarimiz orqali tanishishingiz mumkin.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_aloqalar

⚡️Janubiy Amerika va yevropalik sayyohlar Buxoroda

Ayni kunda viloyatimizda havo harorati ancha salqin bo'lishiga qaramasdan sharif shahar sayyohlar bilan gavjum.

Xususan, “Avrud Travel” sayyohlik kompaniyasi tomonidan shu kunlarda Braziliya, Meksika, Turkiya, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlardan 100dan ortiq sayyohning Buxoro bo‘ylab sayohati amalga oshirilmoqda.

Sayohat davomida mehmonlar Buxoroning tarixiy markazidagi turizm namoyish obyektlari bo‘lmish Labi Hovuz ansambli, savdo toqlari, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo'rgoni, Chor Minor madrasasi hamda qator tarixiy qadamjolarda bo'lishdi.

“Azim Buxoroda go‘yo vaqt to‘xtab qolgandek va har qadamda tarix isi ufurib turadi. Bu yerning o‘ziga xos iqlimi, boy madaniy merosi, xalqingizning urf-odatlari va milliy oshxonasini ta’riflashga so‘z ojiz. Men o‘ylaymanki, barcha turdagi sayyohlar shahringizni sevib qoladi.”- dedi sayyohlardan biri.

Ma’lumot uchun:2025-yilda Buxoro viloyatiga 2 mln 200 ming nafar xorijiy turistlar tashrifini ta'minlash bo‘yicha reja qilingan. Buning natijasida turizm xizmatlari eksporti 600 mln dollarga yetkaziladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Birodar_shaharlar

"Birodar shaharlar" hamkorligi doirasida Turkiyaning Trabzon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Gurkan Uchunchu, Strategik Rivojlanish Boshqarma Rahbari Zulfu Turan, O'zbekistonning Ankara Elchixonasi Maslahatchisi Mashrab Mamirov hamda hokimiyat vakillari bilan ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari R. Asadov chiqish qilib, Trabzon viloyatining "Birodar shaharlar" aloqalarini o'rnatish taklifi buxoroliklar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinganligini ta'kidladi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hamda turizm salohiyati haqida taqdimot qilindi.

Gurkan Uchunchu Trabzon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil may oyida Buxoro viloyatiga tashrifi rejalashtirilayotganini bildirdi. Shu bilan birga, tashrif doirasida "Birodar shaharlar" memorandumi imzolanishi va tadbirkorlar bilan "Biznes forum" o'tkazish bo'yicha kelishib olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_aloqalar
#Naqshbandiya_kunlari

Xabaringiz bor, mamlakatimizda turizm, ayniqsa ziyorat turizmini jadal rivojlantirishga qaratilgan dasturlar doirasida Buxoro viloyati hokimi, uning oʻrinbosari boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Indoneziya va Malayziyaga tashriflari davomida ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishilgan edi.

Buning natijasida Indoneziya va Malayziya davlatlari bilan birgalikda Singapur, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Turkiya, Hindiston, Erondan “Naqshbandiya tariqati izdoshlari” ziyorat turizmi yo‘nalishida keladigan sayyohlarning Buxoroga tashrifi kun sayin oshmoqda.

Xususan, mazkur davlatlardan tashrif buyurgan bir guruh sayohatchilar “Naqshbandiya kunlari” tadbiri doirasida viloyatimizga joriy yilning 5-6-fevral kunlari o'z sayohatlarini amalga oshirayotganligi  qayd etilgan edi.

Tashrifning ilk kunida “Yetti pir bo‘ylab” sayohat yo‘nalishi bo‘yicha Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xo‘ja Muhammad Orif ar-Revgariy, Xo‘ja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xo‘ja Muhammad Bobo Somosiy ziyoratgohlariga tashrif buyurilib, ularning diniy va ijtimoiy faoliyati, maʼnaviy tarbiya va hissiy ruhni yuksaltirishga qo'shgan hissalari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi.

Shuningdek, bugun mehmonlar “Yetti pir”ning so‘fiylaridan Xo‘ja Sayid Amir Kulol va Bahovuddin Naqshband ziyoratgohlarida bo‘lib, ziyorat amallarini ado etdilar. 

Kunning ikkinchi yarmida ziyoratchilar, ko'hna kent - Buxoroning tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishishdi.

Xususan, qadimiy Poyi- Kalon majmuasidan boshlangan sayohat davomida mehmonlar qadimiy toqlar,  hunarmandchilik markazlari qolaversa, Buxoroning ertaknamo eski shahar qismini hayrat va havas bilan tomosha qilishdi.

Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning mehmodo‘stligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube