#xalqaro_aloqalar
#euronews
“Euronews” xalqaro media-xoldingi direktorlar Kengashi apparat rahbari Fernando Soares 31-dekabr - 1-yanvar kunlari Buxoroda bo’ldi.
Martabali mehmon tashrif mobaynida Buxoro shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishdi.
Xususan, qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rg‘oni, Labi Hovuz ansambli, Moxi Xossa saroyini hayrat va havas bilan tomosha qildi.
Hunarmandlar rastalari, amaliy san’at ustaxonalaridagi qizg‘in ish jarayoniga guvoh bo‘ldi.
Mehmonga tarixiy qadamjolar, yodgorliklarning tarixi, ushbu manzillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklarning qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.
Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning hunarmandligi Fernando Soaresda katta qiziqish uyg‘otdi.
Fernando Soares Buxorodagi madaniy meros ob’yektlari asl holida saqlanganligi, Buxoro aynan boy tarixi, betakror madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shganligini e’tirof etdi.
Shu bilan birga Buxoro xalqining mehnatsevarligi, ijodkorligi va mehmondo‘stligi har qadamda sezilib turishini, bu yerda turizm va investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidladi.
“Euronews” xalqaro media-xoldingi bu boradagi tashabbuslarni keng targ’ib qilishga tayyorligini bildirdi.
Sayohat yakunida Fernando Soares Buxorodan olgan taassurotlari haqida maxsus intrevyu berdi. Mazkur intervyu bilan bugun rasmiy sahifalarimiz orqali tanishishingiz mumkin.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#Euronews
⚡️ "Euronews" telekanali ijodkorlari Buxoroda
Joriy yilning 13-14-aprel kunlari dunyoga mashhur "Euronews" telekanali ijodiy guruh vakillarining Buxoro viloyatiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Buxoroning turizm salohiyatini xalqaro maydonlarda keng targ‘ib qilish doirasida Buxoro bo‘ylab “Ipak yo‘li sarguzashtlari” haqida turkum ko‘rsatuv tayyorlashdan iborat.
Butun dunyo bo‘ylab keng qamrovli auditoriyaga ega bo‘lgan "Euronews" telekanali ijodkorlari qadimiy Buxoroning turizm salohiyati, tarixi, madaniyati va gastronomiyasini xorijiy tomoshabinlar orasida targ‘ib etish maqsadida, ko‘hna kentning tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik , milliy taomlarimiz va an’analarimiz bilan tanishishdi.
Shu bilan birga, Buxoro viloyatida turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar hamda sayyohlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM