🇮🇩🇺🇿 #xalqaro_aloqalar
#Indoneziya #Buxoro
⚡️Buxoroga indoneziyalik sayyohlar oqimi ortmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli va 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-sonli Farmonida belgilangan vazifalar doirasida, 2024-yilning 5-9-dekabr kunlari viloyat hokimi o'rinbosari Botirjon Shaxriyorov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Indoneziyaning Jakarta shahriga tashrifi jarayonida ikki davlat o'rtasida turizm sohasiga oid qator kelishuvlarga erishishgan edi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, joriy yilning 14-16-dekabr kunlari Indoneziyadan bir guruh sayyohlardan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xorijiy mehmonlar ko'hna va qadimiy Buxoroning diqqatga sazovor joylari bo‘lmish - "Labi Hovuz" ansambli, savdo toqlari, "Poyi Kalon" majmuasi, "Ark" qo'rgoni, Sitorai Mohi-Xosa saroyidan tashqari Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lib, juda katta taassurotlarga ega bo'lishdi.
Shuni qayd etish joizki, joriy yilning 2024-yilning yakuni va 2025-yil davomida Indoneziya davlatidan tashrif buyuradigan sayyohlar karrasiga ko‘payishi kutilmoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube