BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.9K subscribers
79.7K photos
11.2K videos
23 files
39.8K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#qurilish_bunyodkorlik_nazorat
#Buxoro_Vobkent

Xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining Buxoro tuman hududidan o‘tuvchi 255,6 km qismidagi ko‘prikning o‘ng tomoni to‘g‘ri yo‘nalishida temirbeton plitasi singan va yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur ko‘prik 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 2016-2017-yillarda ta’mirlash ishlari jarayonida PN-18 m.li yig‘ma temirbeton plitalardan 1 oraliqda 12 metrga kengaytirilgan. Ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati hozirgi og‘ir vaznli transport vositalarini o‘tkazish talablarini qanoatlantira olmaydi.

Shuningdek, mazkur avtomobil yo‘lining Vobkent tuman hududidan o‘tuvchi 239,65 km qismidagi ko‘prik ham yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ko‘priklarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lning "Gʻijduvon-Buxoro" yo‘nalishida transport vositalari harakati cheklanib, “Buxoro-Gʻijduvon" yo‘nalishida ikki tomonlama harakat tashkil etilgan va ko‘priklarda ta’mirlash ishlari boshlangan.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov sektorlar rahbarlari hamrohligida mazkur ko‘priklar holati va u yerda borayotgan ish jarayonlari bilan tanishdi. Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, og‘ir yuk avtotransport vositalari tomonidan me’yoridan ortiqcha yuk bilan harakatlanishi natijasida ko‘priklarga shikast yetkazilgan va yaroqsiz holga kelib qolgan. Ularni ta’mirlash esa uzoq muddat talab etadi. Biroq viloyat rahbari tomonidan ta’mirlash ishlarini smena asosida jadallashtirish orqali belgilangan muddattni qisqartirish imkoni mavjudligi alohida ta’kidlanib, bu borada muhim vaziflar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda
#qurilish_bunyodkorlik_nazorat
#Gijduvon_tumani

Bugun shuningdek, Botir Zaripov tumanning “Baraka” massivida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” aholi maskanida ham bo‘lib, hududdagi o‘zgarish yangilanishlar bilan yaqindan tanishdi, mavjud muammolarni o‘rgandi.

Ayni kunda massivda 468 ta xonadonga mo‘ljallangan jami 24 ta, har biri 5 qavatdan iborat zamonaviy turar joy inshootlari qad rostlagan. Bu turar joylarning har biri 20 ta yosh oilani o‘z bag‘riga olishi barobarida tabiiy gaz, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi, oqava suv tarmog‘iga ulangan bo‘lib, atrofi moʻjaz shaharchani eslatadigan obod manzilga aylantirilmoqda. Shuningdek, yana 6 ta ko‘p qavatli uylarning qurilishi davom etmoqda.

Nazorat tartibidagi o‘rganish asnosida mas’ullarga foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uylardagi ishlarni qisqa muddatda yakuniga yetkazish, yo‘l, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlarini tortish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Qayd etish joizki, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan massiv hududida 2 gektar maydonda bog‘ barpo etilgan. Shuningdek, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan 3,5 gektar maydonda bog‘ barpo etish ko‘zda tutilgan.

Botir Zaripov joriy mavsumgi “Yashil makon” dasturi doirasida bog‘lar hududiga ko‘p yillik daraxtlarni ekish, bunda bog‘lar atrofini o‘rash, hududni sug‘orish tizimlarini qurish, bu yerda bolalar va katta dam olishi, hordiq chiqarishi uchun zarurp shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#qurilish_bunyodkorlik_nazorat
#Gijduvon_tumani

Avval xabar berganimizdek, ayni kunda “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasida transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va bu orqali investorlar uchun jozabadorlikni oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilyapti.

Jumladan, davlatimiz rahbarining 2021-yil 21-22-yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan Gʻijduvon tumanida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan yangi hududga loyiha qiymati 74,7 mlrd so‘mlik 28 km uzunlikdagi temir yo‘l tarmog‘i tortildi.

Yirik tadbirkorlik subyektlari kengayayotgani tufayli shaxobcha temir yo‘l qurilishini 4,3 kmga uzaytirishga ehtiyoj sezilmoqda.

Botir Zaripov loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan hududda bo‘lib, mutasaddilar ishtirokida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni keng muhokama qildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube