#hokim_hududlarda
#Romitan_tumani
#Kogon_tumani
Aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirish barcha mas’ul rahbarlardan tortib, tomorqa egasining ham muhim vazifalardan biridir. Mavjud aholi tomorqalari yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida esa viloyatimizda ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, turmush tarzi og‘ir kechayotgan, kambag‘al va daromadsiz qolgan oilalarga o‘zlarini tiklab olishlari uchun issiqxona qurib berish, bu borada dunyo davlatlarining yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llash ommalashmoqda.
Masalan, hozirda Xitoyning “Jing Peng Guo Ji” mas’uliyatli cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi har birining baholangan narxi 9 million so‘m miqdorida bo‘lgan ikki sotixli ixcham issiqxonalar qurib berish tashabbusi bilan chiqqan.
Xorijiy korxona tomonidan ayni paytda Romitan kasb-hunarga o‘qitish markazida tayyor holda topshirish sharti bilan namunaviy shaklda ixcham issiqxona qurish ishlari jadal bormoqda.
Viloyat hokimi Botir Zaripov bugun o‘quv markazi joylashgan “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, issiqxonalar qurilishi bilan yaqindan tanishdi. Xorijiy korxona rahbari Liu Kengxu va xitoylik mutaxassislar bilan muloqotda mazkur issiqxonalarni qurib berish tartibi, ularning aholini kambag‘allikdan chiqarishdagi ahamiyati haqida so‘z bordi. Aniqroq aytganda, bu issiqxonalardan qanday foydalaniladi, unda qachon va nima yetishtirilsa, foyda olinadi, sarf-xarajatlar qoplanadi, degan masalalar yana bir bor muhokamalar markazida bo‘ldi.
Muhokamalar Kogon tumani hududida ajratilgan yer maydonlarida qurilayotgan namunaviy tipdagi issiqxonada davom etdi. Shu yerda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#Buxoro_tumani
Shuningdek, bugun Botir Zaripov Buxoro tumanida ”Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Yosh paxtakor” oromgohiga qarashli bog‘ maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur bog‘da mahalliy gilos, o‘rik, qaroli va olma navli daraxtlar mavjud bo‘lib, hozirda viloyat o‘rmon xo‘jaligi ishchi-xodimlari tomonidan daraxt ostidan chiqqan nihollari kovlab olinib, aholiga yetkazilmoqda.
Botir Zaripov mutasaddilarga nihollarning barchasini kam ta’minlangan oilalarga bepul yetkazib berishni tashkil etish, ularning o‘z vaqtida yerga o‘tqazilishini ta’minlash yuzasidan zarur topshiriqlar berdi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda
Botir Zaripov Xitoyning “Jing Peng Guo Ji” mas’uliyatli cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan Romitan kasb-hunarga o‘qitish markazida tayyor holda topshirish sharti bilan namunaviy shaklda ixcham issiqxona qurish ishlarini borib ko'rdi.
Botir Zaripov Buxoro tumani ”Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Yosh paxtakor” oromgohiga qarashli bog‘ maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi.

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda
Botir Zaripov kecha Buxoroning eski shahar qismida amalga oshirilayotgan ta’mirlash-tiklash, restavratsiya ishlari bilan tanishdi, belgilangan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, viloyat rahbari "Yangi O‘zbekiston bog‘i"dagi ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Bundan tashqari, Botir Zaripov ixcham issiqxonalar qurish bo‘yicha boshlangan loyihaning tashkiliy ishlarini borib ko‘rdi.

#live
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri
Ayni vaqtda viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat va Buxoro shahar sektorlari rahbarlari, mas’ul viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamrohligida Buxoro shahrining tarixiy eski shahar qismida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan ta'mirlash va restavratsiya ishlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Ma’lumki, Buxoro tarixiy markazida yog‘in (qor, yomg‘ir) suvlarini qochirish tizimini qurish, ichki ko‘chalarda muhandislik-kommunikatsiya (elektr, suv va aloqa) tarmoqlarini yer ostidan o‘tkazish hamda aholi xonadonlari fasad qismini tarixiy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda.
Xususan, Xo‘ja Nurobod, Chorminor, Sallaxona ko‘chalarida mavjud yer osti gaz quvurlarida, elektr va aloqa tarmoqlarida demontaj, tarmoqlarni yer ostidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Chor minor, Zindon, Samarqand darvoza, Isteza madrasasi Minorai kalon hududlari bo‘ylab keng miqyosda restavratsiya, konservatsiya tiklash ishlari bajarilmoqda. Kanalizatsiya tarmoqlari tortilmoqda. Mazkur ishlarning asosiy qismi “Buxorogazsanoatqurilish” aksiyadorlik jamiyati zimmasida.
Amalga oshirilayotgan ishlar esa viloyat hokimi Botir Zaripovning kundalik nazorati ostida kechmoqda. Bugun ham viloyat rahbari kun tartibini ayni shu manzildagi ish jarayonlarini ko‘zdan kechirishdan boshladi.
Botir Zaripov har bir ko‘cha eski shahar ruhiga mos bo‘lishini ta’minlash, ishlarni jadallashtirish, qadimiy inshootlar va yo‘l bo‘ylarida manzarali daraxt ko‘chatlarni o‘tqazish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi. Jarayonda yuzaga kelayotgan muammolar bilan ham qiziqdi. Ularni hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, ijrosini nazoratga olindi.

Ta’kidlash lozimki, 2024-yilda 309 ming 405 nafar aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 384 ming 949 nafar aholi bandligi ta’minlandi. Kambag‘al oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va daromadlarini oshirish maqsadida 7 ming 585 ta oilalarga 1 ming 368 ta rahbar va rahbar o‘rinbosarlari biriktirildi. Jumladan, 12,9 ming nafar fuqarolarga imtiyozli kredit, 2,5 ming nafariga subsidiya ajratildi, 17,5 ming nafari doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, 4,2 ming nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish orqali bandligi ta’minlandi, 282 nafarining tomorqalardan samarali foydalanishini yo‘lga qo‘yish orqali daromad manbai ta’minlandi.
Joriy yilda ham viloyatda aholi bandligini ta’minlash, qo‘shimcha daromad manbalarini topish, yangi imkoniyatlarni ishga solib, doimiy ish o‘rinlarini ko‘paytirish maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, fuqarolarga ixcham va yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berish tajribasi kengaymoqda.
Botir Zaripov Buxoro tumanida tashkil etilgan omborda ayni shu yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosini o‘rgandi.
Tumanlarda ijtimoiy reyestrda turgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar daromadni oshirishga qaratilgan bu loyihani jadallashtirish yuzasidan muhim vazifalar belgilandi.

Botir Zaripov bugun Buxoroning eski shahar qismida amalga oshirilayotgan ta’mirlash-tiklash, restavratsiya ishlari bilan tanishdi. Jarayonda yuzaga kelayotgan muammolar bilan ham qiziqdi. Ularni hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, ijrosini nazoratga olindi.
Shuningdek, viloyat rahbari Buxoro tumanida fuqarolarga ixcham va yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berish bo'yicha tashkil etilgan omborxonada olib borilayotgan ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Kun davomida Botir Zaripov boshchiligidagi sektorlar rahbarlari Shofirkon tumanidagi “Afzal polimer zamini” fermer xo‘jaligida yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishishdi.