BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.5K subscribers
78K photos
11K videos
23 files
39.5K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Viloyatda endokrin kasalliklarning oldini olish va davolash tizimini yaxshilash maqsadida Buxoro shahrida 120 o‘ringa mo‘ljallangan endokrinologiya dispanseri binosi qurilayotganligi haqida xabar bergan edik.

Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi” buyurtmachiligidagi inshootning loyiha qiymati qariyb 48 milliard so‘m baholangan. "XKMK-47" MCHJ bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari tez orada yakunlanib, viloyatdoshlarimiz yana bir zamonaviy shifo maskaniga ega bo‘lishadi.

Botir Zaripov mazkur obyektda ham bo‘lib, qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Ta’minot va boshqa yo‘nalishlarda mavjud muammolar bilan qiziqdi. Jarayonlarni tezlashtirish, bunda sifatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Bu borada mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#qurilish_bunyodkorlik_nazorat
#Buxoro_Vobkent

Xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining Buxoro tuman hududidan o‘tuvchi 255,6 km qismidagi ko‘prikning o‘ng tomoni to‘g‘ri yo‘nalishida temirbeton plitasi singan va yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur ko‘prik 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 2016-2017-yillarda ta’mirlash ishlari jarayonida PN-18 m.li yig‘ma temirbeton plitalardan 1 oraliqda 12 metrga kengaytirilgan. Ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati hozirgi og‘ir vaznli transport vositalarini o‘tkazish talablarini qanoatlantira olmaydi.

Shuningdek, mazkur avtomobil yo‘lining Vobkent tuman hududidan o‘tuvchi 239,65 km qismidagi ko‘prik ham yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ko‘priklarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lning "Gʻijduvon-Buxoro" yo‘nalishida transport vositalari harakati cheklanib, “Buxoro-Gʻijduvon" yo‘nalishida ikki tomonlama harakat tashkil etilgan va ko‘priklarda ta’mirlash ishlari boshlangan.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov sektorlar rahbarlari hamrohligida mazkur ko‘priklar holati va u yerda borayotgan ish jarayonlari bilan tanishdi. Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, og‘ir yuk avtotransport vositalari tomonidan me’yoridan ortiqcha yuk bilan harakatlanishi natijasida ko‘priklarga shikast yetkazilgan va yaroqsiz holga kelib qolgan. Ularni ta’mirlash esa uzoq muddat talab etadi. Biroq viloyat rahbari tomonidan ta’mirlash ishlarini smena asosida jadallashtirish orqali belgilangan muddattni qisqartirish imkoni mavjudligi alohida ta’kidlanib, bu borada muhim vaziflar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda
#qurilish_bunyodkorlik_nazorat
#Gijduvon_tumani

Bugun shuningdek, Botir Zaripov tumanning “Baraka” massivida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” aholi maskanida ham bo‘lib, hududdagi o‘zgarish yangilanishlar bilan yaqindan tanishdi, mavjud muammolarni o‘rgandi.

Ayni kunda massivda 468 ta xonadonga mo‘ljallangan jami 24 ta, har biri 5 qavatdan iborat zamonaviy turar joy inshootlari qad rostlagan. Bu turar joylarning har biri 20 ta yosh oilani o‘z bag‘riga olishi barobarida tabiiy gaz, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi, oqava suv tarmog‘iga ulangan bo‘lib, atrofi moʻjaz shaharchani eslatadigan obod manzilga aylantirilmoqda. Shuningdek, yana 6 ta ko‘p qavatli uylarning qurilishi davom etmoqda.

Nazorat tartibidagi o‘rganish asnosida mas’ullarga foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uylardagi ishlarni qisqa muddatda yakuniga yetkazish, yo‘l, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlarini tortish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Qayd etish joizki, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan massiv hududida 2 gektar maydonda bog‘ barpo etilgan. Shuningdek, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan 3,5 gektar maydonda bog‘ barpo etish ko‘zda tutilgan.

Botir Zaripov joriy mavsumgi “Yashil makon” dasturi doirasida bog‘lar hududiga ko‘p yillik daraxtlarni ekish, bunda bog‘lar atrofini o‘rash, hududni sug‘orish tizimlarini qurish, bu yerda bolalar va katta dam olishi, hordiq chiqarishi uchun zarurp shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#qurilish_bunyodkorlik_nazorat
#Gijduvon_tumani

Avval xabar berganimizdek, ayni kunda “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasida transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va bu orqali investorlar uchun jozabadorlikni oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilyapti.

Jumladan, davlatimiz rahbarining 2021-yil 21-22-yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan Gʻijduvon tumanida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan yangi hududga loyiha qiymati 74,7 mlrd so‘mlik 28 km uzunlikdagi temir yo‘l tarmog‘i tortildi.

Yirik tadbirkorlik subyektlari kengayayotgani tufayli shaxobcha temir yo‘l qurilishini 4,3 kmga uzaytirishga ehtiyoj sezilmoqda.

Botir Zaripov loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan hududda bo‘lib, mutasaddilar ishtirokida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni keng muhokama qildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani

Qayd etish joizki, Bahoudin Naqshband majmuasida 2023-yildan boshlab katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Hozirga qadar ziyoratgoh atrofi devorlari yangilandi, majmua ichkarisidagi yo‘laklar to‘liq ta’mirlandi. Toqi Miyona darvozasi, 100 kishiga mo‘ljallangan erkaklar va ayollar tahoratxonasi, muzey, Dahmai shohon dahmasi va boshqa bir qator tarixiy obyektlar asl holiga qaytdi. Shuningdek, ziyoratgoh hududiga kiradigan milliy uslubda yangi darvoza qurilib, ziyoratgoh hududi ko‘kalamzolashtirildi. Majmua atrofida avtomobillar to‘xtash joylari ham qurildi.

Hozirda Doniyolbiy Otaliq madrasasi tarixiy ko‘rinishini tiklash, kututbxona ta’mirlash, ziyoratchilar uchun yotoq joylari hozirlash ishlari qizg‘in pallaga kirgan.

Ta’mirlash va va rekonstruksiya ishlari esa viloyat hokimi Botir Zaripovning doimiy nazorati ostida kechmoqda.

Bugun ham viloyat rahbari mazkur manzildagi ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat rahbari qurilishi borayotgan har bir obyektdagi jarayonlarni tanqidiy muhokama qildi. Ta’mirlash-tiklash ishlari ishlab chiqilgan loyiha asosida bo‘lishini ta’minlash, ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani

Botir Zaripov boshchiligidagi mutasaddilar “Buxoro sanoat rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parkida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirishdi.

Qayd etish lozimki, Kogon tumani “Zirabod” massivi hududida tanlangan ming gektar maydonda amalga oshirilayotgan loyiha natijasida Buxoro viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sanoat quvvatlarini ishga tushirish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga erishiladi. Tatariston ushbu obyektni barpo etishda konsalting yordamini ko‘rsatmoqda.

Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qo‘shilgan qiymat, 2 mingta ish o‘rni, 250 milliard so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.

Ayni paytda umumiy maydoni 93 ming kvadrat metr bo‘lgan ikkita yirik ishlab chiqarish binosida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Obyekt 2025-yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshirish, bunda polimer quvurlari va PET tolasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Botir Zaripov hududni infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Botir Zaripov Buxoro shahridagi “Buxoro” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan ham yaqindan tanishdi.

Ta’kidlash lozimki, “Gulchorbog‘” mahallasida 4,2 gektardan iborat yer maydonida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kapital qurilish boshqarmasi buyurtmachiligida qiymati 56 mlrd. so‘mdan iborat bolalar oromgohi barpo etilmoqda. “Mediya trans” MCHJ bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaga ko‘ra bu yerda ma’muriyat, mashg‘ulotlar, oshxona, 2 ta yotoqxona binolari, suzish havzasi, sport maydonchalari, 300 o‘rinli yozgi amfiteatr quriladi.

E’tiborlisi, oromgoh faqatgina mavsumiy bo‘lmay, sanatariy sifatida faoliyat ko‘rsatishi belgilangan.

Botir Zaripov qurilishda duch kelinayotgan muammolar bilan qiziqdi. Qurilishda sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Xabaringiz bor, Buxoro shahar Gazli shox ko‘chasida umumiy maydoni 46 gektardan iborat hududda Buxoro viloyatining ma’muriy markazini barpo etish ishlariga kirishilgan. Loyihaga ko‘ra, bu yerda Buxoro viloyat va shahar hokimliklari, Buxoro viloyat prokuraturasi, boshqarma va davlat tashkilotlari binolari, tijorat banklari, savdo va ko‘ngilochar markaz, zamonaviy internet kutubxonasi, sport va sog‘lomlashtirish obektlari hamda ofislar, maxsus ixtisoslashtirilgan maktab, xiyobonlar, kafelar, favvoralar quriladi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov, sektorlar rahbarlari va boshqa tegishli mutasaddilar ma’muriy markaz qurilishi maydonida ham bo‘lishdi.

O‘rganishlarning navbatdagi manzili “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, “Bukhara City” majmuasini barpo etish uchun tanlangan 83 gektar yer maydonida 76 ta lot mavjud bo‘lib, ayni paytga qadar 5 ta lotdagi bino-inshootlar, jumladan, ko‘p qavatli turar joy va savdo majmualari foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, 13 ta lotdagi obyektlarda so‘nggi bosqichda pardozlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Xususan, 6 ta lotda Buxoro viloyatining ijtimoiy-ma’muriy binolari o‘rin olgan bo‘lib, 2 ta lotdagi Buxoro tarixi muzeyi va ixtisoslashtirilgan maktabda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Botir Zaripov aynan mazkur obyektlarda borayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar jarayonida hududda borayotgan qurilishbunyodkorlik ishlarini tezlashtirish, bino–inshootlar tiklanishida sun’iy to‘sqinlikni keltirib chiqarayotgan jihatlar va ularni bartaraf etish masalalari, ta’minot va boshqa masalada quruvchi-binokorlar duch kelayotgan muammolar tanqidiy muhokama qilindi.

Botir Zaripov har bir lotda borayotgan ishlarga o‘z munosabatini bildirib, mas’ul mutasaddilarga qurilish-bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, pudratchi korxonalar muammolarini zudlik bilan hal qilish, bino inshootlarda ishlayotgan quruvchi-xodimlar sonini ko‘paytirish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga doir topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Buxoro viloyatida madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, aholi va sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish borasida boshlangan amaliy ishlarni jadallashtirishga kirishilgani haqida xabar bergan edik.

Xususan, madaniy meros va arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish va texnogen jarayonlar ta’sirini olish maqsadida xorijiy va mahalliy ekspertlar, olimlar, tarixchilar hamda tajribali loyihachilarni jalb qilgan holda Buxoro shahar tarixiy markazidagi «Chor Minor» va «Isteza» madrasalari, «Samarqand» va «Darvozai Salloxona» darvozalari, «Zindon» va «Masjidi Kalon» kabi turistik marshurut bo‘ylab joylashgan obyektlar hududida yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketuvchi tarmoqlarni qurish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, aloqa kabellari va boshqa kommunikatsiya tizimlarini Xiva shahri tajribasidan foydalangan holda, shaxta shaklida yer ostidan o‘tkazish yoki binolar tom qismlaridan milliy ko‘rinishda yog‘och ornamentlar, ustunlar bilan o‘ragan holda mukammal ko‘rinishini tashkil etib, qurish, an’anaviy me’morchilik uslubiga uyg‘un holda zamonaviy yoritish tizimlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Buxoro shahrida joriy yilda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tanlangan hududda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish hamda tutash hududlarda yo‘l va yo‘laklarda mavjud asfalt va beton qoplamalarni demontaj qilish, loyiha asosida maxsus tosh qoplamalar yotqizilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat va Buxoro shahar sektorlari rahbarlari, mas’ul viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamrohligida Buxoro shahrining tarixiy qismida ham bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Mavjud muammolarni o‘rgandi. Ularni hal qilish bo‘yicha zarur vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube