BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.5K subscribers
78K photos
11K videos
23 files
39.4K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Buxoroda ipak qog‘oz tayyorlash XV-XVI asrlarda rivojlangan bo‘lib, tarixiy manbalarda Buxoroning qadimiy Kobdin arig‘i bo‘yida 200 dan ziyod ipak qog‘oz tayyorlash ustaxonasi mavjud bo‘lgani qayd etilgan.

Ipak qog‘oz tayyorlash bir necha jarayondan iborat bo‘lib, dastavval, tut shoxlari qozonda qaynatiladi va po‘stlog‘i ajratib olinadi. Po‘stloq ham alohida qaynatilib, yuza qismidan forig‘ etiladi. Shu tariqa u mag‘z holatga keladi. Ipak qog‘oz tayyorlashning samarqandcha usulidan farqli tarzda bu mag‘z suv vositasida emas, balki qo‘l kuchi yordamida obdon eziladi. Buni ustalar Buxoroda suvning taqchilligi bilan izohlashadi. Hosil bo‘lgan xomashyo suvga solinib, maxsus ramka yordamida qog‘ozga aylantiriladi.

“Usta Davron Toshev miniatyura markazi”da Buxoro ipak qog‘ozi ishlab chiqarilib, so‘ng unga serjilo va rang-barang naqshlar bilan miniatyura asari tushiriladi. Hunarmandning ushbu san’at turi bilan shug‘ullanuvchi shogirdlari safi ham tobora ortmoqda.

Tayyor mahsulot nafaqat yurtimiz san’at ixlosmandlari, balki xorijlik sayyohlarning e’tiborini tortmoqda.

Botir Zaripov mazkur manzilda ham bo‘ldi. Hunarmand Davron Toshev bilan miniatyura markazini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

O‘rganishlarning navbatdagi manzili mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nigora” korxonasi bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, o‘n yildan ortiq bo‘sh turgan binodan unumli foydalanish maqsadida mazkur korxonada “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan investitsiya dasturi doirasida jami 22 million AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilingan holda paxta xomashyosidan ip-kalava va undan mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, bo‘yash hamda tayyor kiyim-kechaklar tikishni tashkil etish orqali faoliyatni kengaytirish maqsadida 2023-yilda qo‘shimcha 4,2 million AQSH dollarlik investitsiya kiritilgan.

Shunga ko‘ra, bu yerda aralashma tolali xom, bo‘yalgan gazlama hamda tayyor kiyim ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish bilan bir vaqtda inshootda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Korxonada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali zamonaviy tikuvchilik dastgohlarini o‘rnatib, qo‘shimcha 840 ta ishchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarish dastgohlari Shveysariya, Italiya, Belgiya va Germaniya davlatlaridan keltirilgan bo‘lib, yiliga 30 mln. pg xom va bo‘yalgan gazlama, 1 ming tonna bo‘yalgan ip, 1 mln dona tayyor kiyim ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxona ishga tushgach yillik eksport quvvati 20 mln. dollarni tashkil qilib, Yevropa va O‘rta Osiyo davlatlariga yo‘naltiriladi.

Botir Zaripov obyektda davom etayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shu yerda “Merganteks”ning yangi loyihalari taqdimot qilindi. Ularni amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Avval xabar berganimizdek, viloyatda endokrin kasalliklarning oldini olish va davolash tizimini yaxshilash maqsadida Buxoro shahrida 120 o‘ringa mo‘ljallangan endokrinologiya dispanseri binosi qurilmoqda.

Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi” buyurtmachiligidagi inshootning loyiha qiymati qariyb 48 milliard so‘m baholangan. "XKMK-47" MCHJ bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari yakunlanib, hozirda so‘nggi bosqichdagi pardozlash va lift o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Botir Zaripov mazkur obyektda ham bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan yana bir bor tanishdi.

Jarayonlarni tezlashtirish, tibbiy jihozlarni keltiri o‘rnatish va binoni Yangi yil bayramiga qadar foydalanishga topshirish zarurligini ta’kidladi. Bu borada mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Demak, tez orada viloyatdoshlarimiz yana bir zamonaviy shifo maskaniga ega bo‘lishadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

O‘rganishlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi yo‘l harakati boshqarmasining kapital ta’mirlanayotgan tezkor boshqaruv markazida davom etdi.

Viloyat IIB boshlig‘i I.Tursunov tezkor boshqaruv markazining ahamiyati va bu yerda davom etayotgan qurilish ishlarining borishi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlariga qariyb 3 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari “Shomurodjon” MCHJ tomonidan bajarilmoqda. Shuningdek, “O‘zbektelekom” Ajning viloyat filiali tomonidan ham bu yerda zarur ishlar olib borilmoqda.

Botir Zaripov qurilishda sifatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Ta’minotdagi muammolar bilan qiziqdi. Shunga ko‘ra, mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Botir Zaripov Buxoro shahrida joylashgan “Tibtexnika” O‘zbekiston - Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun mazkur loyihaning umumiy qiymati 5,3 mln AQSH dollari miqdorida bo‘lib, uning 2,5 mln dollari kredit hisobidan, 1,0 mln dollari tadbirkor mablag‘lari va 1,8 mln dollari xorijiy investorlar hisobidan amalga oshirilgan.

Loyihaning ishga tushirilishi natijasida 84 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, unda 6 turdagi tibbiy buyumlar (koronar stend, koronar ballon, koronar o‘tkazgich, diagnostik kateter, introdyuser, diagnostik o‘tkazgich) ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Muassasaning to‘la quvvat bilan ishlashi natijasida yiliga 12 million AQSH dollari miqdoridagi tibbiyot buyumlarini eksport qilish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, qo‘shma korxona tomonidan yangi loyiha ham amalga oshirilmoqda. Botir Zaripov mazkur loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Jarayonlarni jadallashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

“Buxoro” xalqaro aeroportidan Kogon tumani hududiga qadar yo‘lning ikki tomonida mevali bog‘lar tashkil etilgan.

Mazkur hudud juda serqatnov. Nafaqat mahalliy, balki xorijiy mehmonlar Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilishlari uchun aynan shu yo‘ldan o‘tib qaytishlariga to‘g‘ri keladi. Shu bois yo‘l yoqalari va bog‘ni obodonlashtirish ishlari alohida nazorat talab qiladigan jarayon. Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov kun tartibini bog‘da qishki agrotexnik tadbirlarning qaydarajada amalga oshirilganligini o‘rganishdan boshladi. Tanqidiy muhokamalarda bog‘ni begona o‘tlardan tozalash, hududdan o‘tgan betonariqlar bo‘yiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, bu borada bog‘dorchilik xo‘jaliklari rahbarlari mas’ulyaitini oshirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani

Qayd etish joizki, Bahoudin Naqshband majmuasida 2023-yildan boshlab katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Hozirga qadar ziyoratgoh atrofi devorlari yangilandi, majmua ichkarisidagi yo‘laklar to‘liq ta’mirlandi. Toqi Miyona darvozasi, 100 kishiga mo‘ljallangan erkaklar va ayollar tahoratxonasi, muzey, Dahmai shohon dahmasi va boshqa bir qator tarixiy obyektlar asl holiga qaytdi. Shuningdek, ziyoratgoh hududiga kiradigan milliy uslubda yangi darvoza qurilib, ziyoratgoh hududi ko‘kalamzolashtirildi. Majmua atrofida avtomobillar to‘xtash joylari ham qurildi.

Hozirda Doniyolbiy Otaliq madrasasi tarixiy ko‘rinishini tiklash, kututbxona ta’mirlash, ziyoratchilar uchun yotoq joylari hozirlash ishlari qizg‘in pallaga kirgan.

Ta’mirlash va va rekonstruksiya ishlari esa viloyat hokimi Botir Zaripovning doimiy nazorati ostida kechmoqda.

Bugun ham viloyat rahbari mazkur manzildagi ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat rahbari qurilishi borayotgan har bir obyektdagi jarayonlarni tanqidiy muhokama qildi. Ta’mirlash-tiklash ishlari ishlab chiqilgan loyiha asosida bo‘lishini ta’minlash, ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube