Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari
#Huquqiy_targibot #Kadastr

📝 “Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra:

💠suv xo'jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to'lovlar bekor qilinadi;

💠Suv xo'jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo'limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi;

🗂️ Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.

💰suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

⚠️ Sug'oriladigan yerlarda yangi bog'lar, uzumzorlar va boshqa ko'p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Xususiylashtirish #Kadastr

🇺🇿“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-907-son, 14.02.2024 y.) prezident tomonidan imzolandi.

📃 Unga ko‘ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:

▪️davlat ko‘chmas mulk obyektlari;
▪️davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
▪️davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

⚠️Davlat mulki, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno).

Qonunga muvofiq, Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

🔘 auksion;
🔘 tanlov savdolari;
🔘 muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
🔘 raqobatga asoslangan muloqot;
🔘 birja savdolari;
🔘 davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
🔘 davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
🔘 davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

❗️Mazkur qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Mulk_huquqi #Kadastr

❤️‍🔥O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi mumkin

🌏 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

😄Qayd qilinishicha, bugungi kunga qadar 126 mingdan ortiq fuqaroning ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylarga nisbatan egalikni belgilash masalasi qonuniy yechimni kutmoqda

📝Qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etish tartibi belgilanadi.

💠Mazkur qonun orqali ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasining yer fondi toifasini o‘zgartirish, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartiblari ham o‘z aksini topmoqda.

🔺Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

💠 Qonun loyihasining muhokamasi davom etmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Xabaringiz_bormi

📃 Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga bunday yordam ko'rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta'minlash tartibini belgilashga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:

◾️Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko'ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'rishi shart.

◾️Bunda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e'tiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

📝 Prezident Farmoniga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan:

🔺avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;

🔺noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

📆2024-yil yakuniga qadar:

🔺davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;

💠Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

🔻 fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tuzilgan reja-jadvalga asosan binolar va inshootlar xatlovdan o'tkaziladi

🫥 O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish.

🟣O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar inshootlar bosqichma bosqich xatlovdan o'tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

🟣Reja-jadval Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko'ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e'lon qilinadi.

🟣Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlarning hududiy bo'linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi.

🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunning 13-moddasi.

#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.

🌏Prezident tomonidan imzolangan "Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘RQ-960-sonli Qonunga ko‘ra, Shaharsozlik kodeksiga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining nomini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

◼️Shuningdek, mazkur qonun bilan O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yo‘li bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda.

#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM