Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Huquqiy_targibot
#Xizmat_tekshiruv

Odatda barcha korxona va muassasalarda qonunchilik, ichki idoraviy hujjatlar talablari buzilgan holda sodir etilgan huquqbuzarlik holatlarining kelib chiqish sabablarini har tomonlama holisona va to‘laqonli o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Uning samaradorligini xizmat tekshiruvning xolisona va shaffof o‘tkazilgani belgilaydi.

Bugun, Davlat soliq qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ayni shular haqida so‘z bordi.

Davlat soliq qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi shaxsiy xafvsizlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Narimonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021 yil 9 iyunidagi «Xizmat tekshiruvi o‘tkazish tartiblari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 292-son buyrug‘i talablari haqida xodimlarga ma’lumot berildi.


Telegram | Facebook | Instagram
#Qonunchilik_yangiliklari
#Huquqiy_targibot #Kadastr

📝 “Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra:

💠suv xo'jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to'lovlar bekor qilinadi;

💠Suv xo'jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo'limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi;

🗂️ Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.

💰suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

⚠️ Sug'oriladigan yerlarda yangi bog'lar, uzumzorlar va boshqa ko'p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM