Buxoro Kadastr ️
2.78K subscribers
6.4K photos
1.09K videos
1 file
4.61K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ QONUN IJROSI BO‘YICHA BRIFING

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasining Jamaotchilik bilan aloqalar sho‘basi bosh mutaxassisi ishtirokida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. Unda O'RQ-937-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonunining Buxoro viloyatidagi ijrosi bo'yicha ma'lumotlar berildi

➡️ Batafsil videoda

#Kadastr #Buxoro #Brifing #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤔1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kogon shahrida | Oʻzbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan xatlov natijalari bilan tanishing:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 1 249 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 746 ta
shundan:
▪️ Turar joy obyektlari – 745 ta
▪️ Noturar joy obyektlari – 1 ta
🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 486 ta
🔹 Muhokamada – 376 ta

📌 Ushbu ko‘rsatkichlar fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

⌛️ Hisobot 2025-yil 31-iyul holatida

#Kadastr #Buxoro #Etirof #Qonun_937 #Infografika

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Davlat sirlari to‘g‘risida"gi qonun — har bir xodim zimmasidagi mas’uliyat


🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) filiallari rahbarlari ishtirokida “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari ijrosi yuzasidan xodimlar o‘rtasida navbatdagi huquqiy seminar o‘tkazildi.

◾️ Mazkur tadbirda boshqarma rahbariyati, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislar hamda tegishli bo‘lim mutaxassislari ishtirok etib, davlat sirlarini muhofaza qilish, maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilikka qat’iy rioya etish zarurligi yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

💠 Tadbirda quyidagi masalalarga alohida urg‘u qaratildi:

◾️davlat sirlari toifasiga kiruvchi axborotlar turlari;
◾️ularni saqlash va ulardan foydalanish tartibi;
◾️axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar;
◾️sir saqlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari.

📊 Real misollar, amaliy holatlar va normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib borilgan seminar davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda zarur tavsiyalar oldilar.

Bunday seminarlar xodimlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, shuningdek, ish faoliyatida davlat manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🛡 Davlat sirini saqlash – bu nafaqat qonuniy talab, balki har bir mas’ul xodimning kasbiy burchidir.

#Kadastr #Buxoro #DavlatSirlar #HuquqiyBilim #Seminar2025

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi hamda u asosida Nizom tasdiqlandi.

📖 Nizom bilan, ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibi belgilanadi.

🚪 Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:

⬆️ 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;

⬆️ 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;

⬆️ 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.

🕔 Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.

Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

1-avgustdan nimalar o‘zgardi?

Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya va harakat faolligi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib boriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmati lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlov o‘tkazish bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi.

Qonunchilikka ko‘ra, ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish (kompensatsiya ajratish) tartibi joriy qilinadi.

Qonunchilikka ko‘ra, "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralashning elektron tizimi joriy etiladi.

Qonunchilikka ko‘ra, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi.

Qonunchilikka ko‘ra, 2027-yil 31-dekabrgacha Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlarga bir qancha imtiyozlar beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
#Siyosiy_marifat_soati
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining hududiy tuman, shahar bo‘lim(filial)larida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi #Milliy_libos targ‘ibotida faol ishtirok etib, milliy liboslarimizni kiyish va qadrlash an’anasini davom ettirmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1😁1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 QONUN HAQIDA

🫥 Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni, 21-moddasi


#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Olot tumanida | Oʻzbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan xatlov natijalari bilan tanishing:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 1 211 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 904 ta
shundan:
▪️ Turar joy obyektlari – 903 ta
▪️ Noturar joy obyektlari – 1 ta
🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 802 ta
🔹 Muhokamada – 788 ta

📌 Ushbu ko‘rsatkichlar fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

⌛️ Hisobot 2025-yil 1-avgust holatida

#Kadastr #Buxoro #Etirof #Qonun_937 #Infografika

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂 📑📑📑📑

Xatlov natijalarini “E’tirof” AATda kuzatib boring!

➡️ Ushbu dastur orqali tasdiqlangan reja-jadval bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilgan mahallalar, e’longa chiqarilgan har bir obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularga tegishli davlat idoralari tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy xulosalar bilan onlayn tanishish imkoniyati mavjud.

Batafsil videoda

#Kadastr #Buxoro #Etirof #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📚 Malaka oshirish – tizimli yondashuv asosida!

Joriy yilning 28-iyulidan 1-avgustiga qadar "Kadrlar xizmatini tashkil qilish va mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni qo‘llash tartiblari mavzusida Buxoro viloyatida tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kurslari o‘z yakuniga yetdi.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadarstrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududiy boshqarmalarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish uchun mas’ul xodimlari uchun “Yurist va Kadr” nodavlat ta’lim muassasasining tajribali ustozlari ishtirokida qisqa muddatli (36 soatlik) o'quv kurslari tashkil etildi.

📌 Mazkur kurslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan.

✏️ O‘quv kurslarida:
⭕️ Kadrlar bilan ishlash tartibi
⭕️ Mehnat munosabatlari
⭕️ KPI tizimi
⭕️ Davlat xizmatining etik qoidalari va zamonaviy boshqaruv texnologiyalari kabi mavzular yoritilmoqda.

📄 Tadbir doirasida ishtirokchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risida Sertifikatlar topshirildi.

Ushbu tashabbus hududiy boshqarmalarning inson resurslarini yanada samarali boshqarish, xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

#Kadastr #Buxoro #Malaka_oshirish #Inson_resurslari

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2