BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.3K photos
1.91K videos
8 files
7.38K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#soliq

🔺 Davlat soliq qo’mitasi raisi Bo’ka tumanida bo’ldi

🔺 Bugun Bo’ka tuman hokimligi katta majlislar zalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq qo’mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida yig’ilish o’tkazildi.

🔸 Tuman hokimi Nizomiddin Abbosov, Bo’ka tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i Ilhomjon Davlatov va soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirok etgan yig’ilishda mahalliy soliq tushumlari, faoliyat yuritib kelayotgan va yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek “mahalla byudjeti” tizimi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺 Shundan so’ng qo’mita raisi tumanda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari va eksportyor korxonalarga tashrif buyurib, mavjud muammolarni tingladi va amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha fikrlarini bildirib o’tdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_tushumlari

Soliq tushumlari undirilmoqda.

🔺 Kuni kecha tuman hokimining birinchi o'rinbosari Sh.Abdiyev, Majburiy ijjro byurosining Bo'ka tuman bo'limi boshlig'i I.Sotiboldiyev, Davlat soliq inspeksiyasi Bo'ka tuman bo'limi boshlig'i Sh.Xazratov boshchiligida mas'ul xodimlar ishtirokida soliq tushumlarini undirish bo'yicha maxsus tadbirlar o'tkazildi.

🔺 Tadbir davomida turar va noturar joylar egalari tomonidan to'lanmagan soliq tushumlarini undirish, shuningdek, sud qaroriga asosan soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlagan fuqarolarning mulklarini xatlash va bu orqali undirilmay qolgan soliq tushumlarini undirish ishlari amalga oshirildi.

😎 Jumladan, fuqaro O'.Sh.dan 12 mln. so'm, F.D.dan 4 mln. so'm, K.Q.dan 4 mln. so'm, O.S.dan 5 mln. so'm, B.A.dan 30 mln. so'm, "N. M. T" MCHJ dan 14 mln. so'm, va shu kabi qarzdorlik mavjud jismoniy va yuridik shaxslardan jami 200 mln. so'mlik pul mablag'lari yoki shunga teng mol mulklar xatlab olindi.

🔺 Shu o'rinda barcha soliq to'lovchilarga soliqlar uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirishlarini so'rab qolamiz.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq

Bo'ka tumani Davlat
soliq inspeksiyasi xodimlariga zamonaviy planshetlar topshirildi.

🟢 Bo'ka tumani Davlat soliq inspeksiyasi binosida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida tumandagi 44 ta mahallalarga biriktirilgan 20 nafar soliq inspeksiyasi xodimlariga soliq xizmatlarini ko'rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjetining daromadlarini shakllantirish vazifalarini bajarishlari uchun 20 dona zamonaviy planshetlar topshirildi.

🔹 Tuman hokimi tomonidan har bir xodim o'ziga bildirilgan ishonch va yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda o'z vazifasini sidqidildan bajarishlari, soliqlarni undirishda namuna bo'lishlari, fuqarolar orasida soliq to'lash madaniyatini shakllantirishda ham o'zlarining hissalarini qo'shishlari lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha 3 oydan ko‘p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko‘pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔹foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;

🔹ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;

🔹davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilishi belgilangan.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_imtiyozlari

Qonunchilikka ko'ra, bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo'yicha soliq solishdan qisman ozod etiladi.

❗️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM