#Soliq_tushumlari
Soliq tushumlari undirilmoqda.
🔺 Kuni kecha tuman hokimining birinchi o'rinbosari Sh.Abdiyev, Majburiy ijjro byurosining Bo'ka tuman bo'limi boshlig'i I.Sotiboldiyev, Davlat soliq inspeksiyasi Bo'ka tuman bo'limi boshlig'i Sh.Xazratov boshchiligida mas'ul xodimlar ishtirokida soliq tushumlarini undirish bo'yicha maxsus tadbirlar o'tkazildi.
🔺 Tadbir davomida turar va noturar joylar egalari tomonidan to'lanmagan soliq tushumlarini undirish, shuningdek, sud qaroriga asosan soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlagan fuqarolarning mulklarini xatlash va bu orqali undirilmay qolgan soliq tushumlarini undirish ishlari amalga oshirildi.
😎 Jumladan, fuqaro O'.Sh.dan 12 mln. so'm, F.D.dan 4 mln. so'm, K.Q.dan 4 mln. so'm, O.S.dan 5 mln. so'm, B.A.dan 30 mln. so'm, "N. M. T" MCHJ dan 14 mln. so'm, va shu kabi qarzdorlik mavjud jismoniy va yuridik shaxslardan jami 200 mln. so'mlik pul mablag'lari yoki shunga teng mol mulklar xatlab olindi.
🔺 Shu o'rinda barcha soliq to'lovchilarga soliqlar uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirishlarini so'rab qolamiz.
🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Soliq tushumlari undirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM