BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.38K subscribers
26.6K photos
2.25K videos
9 files
8.79K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#seminar
🟦🟦🟦

12-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida muhim uchrashuv!

Bugun 12-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Sog‘lom bola – baxtli kelajak” mavzusida "Dolzarb 90 kun" doirasida ochiq seminar bo‘lib o‘tdi.

🔺 Seminarda bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish hamda ijtimoiy-emotsional salomatlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

🔹 Tadbirda mutaxassislar, tarbiyachilar va ota-onalar ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

🔺Bu kabi tadbirlar farzandlarimizning har tomonlama sog‘lom va baxtli o‘sishida muhim o‘rin tutadi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida geografik xususiyatlarning o‘rni


Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri geografik xususiyatlarning keng qamrovli tasniflanishi mumkin bo‘lgan darajadir. Aholini ro‘yxatga olish toifasini aniqlagandan so‘ng, ushbu to‘plamning geografik joylashuvini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Yashash joyini “oddiy yashash joyi”ni aniq topishdir. Agar mamlakat “odatda yashaydigan aholi”dan ro‘yxatga olish toifasi sifatida foydalana olmasa, unga yaqin bo‘lgan bahodan foydalanishi kerak. Odatda, yashash joyi iloji boricha, eng kichik, ma’muriy-hududiy bo‘linish birligi asosida kodlanishi va geografik koordinatalarga bog‘langan bo‘lishi kerak. Oddiy yashash joyi aniq geografik manzil nuqtalari yoki bunday koordinatalar bo‘lmasa, aniq va to‘liq pochta manziliga geokodlash uchun koordinatalar juftligiga ko‘p o‘lchamli bog‘lanishga ega bo‘lishi kerak.

👉Batafsil...

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Fermerlar ishtirokida agrar sohadagi masalalar muhokama qilindi.


🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi.

🔺 Qishloq xo'jaligi korxonalari va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda
🔸 2025-yil paxta hosili uchun g'oza parvarishida 5-iyuldan 25-avgustgacha "Dolzarb 50 kunlik"da amalga oshirilgan ishlar hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklar to'g'risida;
🔸 G'alladan bo'shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, shu jumladan kartoshka ekish ishlarini tashkil etish to'g'risida;
🔸 Qishloq xo'jaligi ekinlariga suv tejovchi texnologiyalarni qo'llash bo'yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🔹 Yig’ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalq_deputatlari
#Sessiya

📍 Xalq deputatlari Bo'ka tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq 15-sessiyasi bo'lib o'tdi.

🟢 Tuman Kengashi deputatlari va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida;
🔸 Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025-yilning 6 oyi davomida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati sifatini tubdan yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;
🔸 Bo‘ka tumani mahalliy byudjetining 2025-yil 6 oylik ijrosi to‘g‘risida;
🔸 2025-yil uchun tuman mahalliy byudjetining xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
🔸 Bo‘ka tumani mahalliy byudjetining 2025-yil II-chorak yakuni bilan daromadlari rejasining ijrosi bilan bajarilgan qismni hisobidan mablag‘larni taqsimlash to‘g‘risida;
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bo‘ka tumanidagi Xalq qabulxonasining 2025-yilning 2-choragida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan axboroti to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

🔸 Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi va tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.

Sessiya yakuniga yetgach, tuman hokimi B.Begmatov tomonidan deputatlar ishtirokida tumanda mavjud 38 ta mahallalar raislariga xizmat guvohnomasi, ko'krak nishonlari va kitoblar jamlanmasi topshirildi.


✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM