#SHU O'RINDA

Shu o'rinda bir narsani ta'kidlab o'tishni lozim topdik. Nega bu oila shu kungacha mahallaning ko'ziga tushmaganmi yoki, mahalla o'z ishiga sovuqqonlik bilan qaraganining natijasimi bu holat. "Inson qadri uchun" tamoyili asosida ish sur'atini o'zgartirib, sohangizga fidoiylik bilan yondashsangiz, odamlarga baliq emas qarmoq bersangiz oilalar bu holatdan o'zlari chiqib ketadi. Buning uchun avvalo o'rganish, izlanish va xalq bilan yaqin bo'lishi shart.

Fotolarda uyning oldingi va hozirgi holati aks etgan.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#ANONS

#Hokim yordamchisining bir kuni turkumidan


#Beruniy tumani 1-sektor hududidagi Biybozor ovul fuqarolar yig'ini hamda Mustaqillik mahalla fuqarolar yig'inidagi 5 juftlik mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, mahalla ayol-qizlari faoli hamda hudud inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar nimalardan iborat?

#Biybozor OFY hokim yordamchisi Usmon Djabbarov
Mustaqillik MFY hokim yordamchisi Oybek Mambetsaburov


#Tadbirkorlik sub'ektlariga e'tibor qay darajada?

#Bir erkakka 40 hunar ozmi yoki ayolga? Hududdagi xonadonlardan lavhalar.

#Mustaqillik mahallasining mustaqil tadbirkorlari qanday faoliyat bilan mashg'ul?

#Hokim yordamchisi Davlat rahbarining ishonchini oqlaydimi?

#Shu va boshqa xabarlar bilan qisqa fursatda kanalimizda tanishtirib boramiz. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Shu kunning o'zida tumandagi Qizil-qal'a, Ozod, Maxtumquli, Do'stlik OFY da yashovchi fuqarolarning huquqiy mavzulardagi muammolarini o'rganib, ularga tushuntirishlar berish yuzasidan sayyor qabullar o'tkazdi.

#Tumandagi 44-sonli maktab o'quvchilari va o'qituvchilari bilan “Korruptsiyaga qarshi kurash” “Odam savdosi” to'g'risidagi Qonunlarning mazmun mohiyatini tushuntirish, yoshlarning o'qib bilim olishlari uchun Prezidentimiz tomonidan tashkil etilgan, “El yurt umidi” jamg'armasi orqali chet ellarda o'z bilimlarini oshirish imkonyatlari yuzasidan tushuntirishlar berdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Shu bilan birga hudud aholisining murojaatlari ham mahalla raisi va hokim yordamchisi tomonidan tizimli o'rganilmoqda.

#Qutimovlar oilasida aprel oyining boshida dunyoga kelgan 3 nafar egiziklar, Oisha va Omina Shukurlaeva, Muxammad Amin Shukurlaevlarning tibbiy holati, ona va bola salomatligini tekshiruvdan o'tkazish maqsadida hudud patronaji bilan birgalikda xabar olindi. Nuroniylarning salomatligi ham tekshirilib, kerakli dorilar tavsiya qilindi.

#Bu bo'yicha mahalla va tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika o'rtasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Nuroniylar e'zozda

#Shu nomdagi tadbir bugun Beruniy tumanidagi 2-sektor hududi O'.Jumaniyozov mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tdi. Hududning yoshi ulug' nuroniy otaxonlari va onaxonlariga izzat-hurmat ko'rsatilib, bir piyola choy ustida faxriy nuroniylar bugungi kunga shukronaliklarini bildirdi.

#Inson qadri ulug' diyorda, nuroniylar e'zoz va hurmatdadir. Nuroniylarning duoga ochilgan qo'llari va pok niyatlari yurtimiz tinchligi, dasturxonimiz to'kin-sochinligi va shukronaligiga yo'g'irilganligi bilan ahamiyatli ekanligini yana bir bor isbotladi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Ichki yo'llarda obodonlashtirish ishlari

#Beruniy tumanidagi O'.Jumaniyozoa mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi murojaatiga asosan, ichki tuproq ko'chalar tekislanib, qum-shag'al aralashmasi (SHPS) to'kish ishlari boshlab yuborildi.

#Shu bilan bir qatorda obodonlashtirish ishlariga ham olib borilmoqda. Bu xaqda bizga hudud hokim yordamchisi Rashid Yakupov xabar bermoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Sayyor sud majlisi

#Jinoyat ishlari bo'yicha Beruniy tuman sudi raisi R.N.Kamalova, “Xorazm” MFY binosida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazib, unda hozirgi davrda transport vositalari bilan bog'liq holda sodir qilinayotgan jinoyatlar, huquqbuzarliklarning soni keskin oshib ketayotganligi, fuqarolarning “Yo'l harakati qoidalari”ga og'ishmay rioya qilishlari, mast holatda transport vositalarini boshqarmaslik, kelgusida YTX natijasida insonlarning hayotdan bevaqt ko'z yumushlari va og'ir tan jaroxatlari olishlarining oldini olish maqsadida tushuntirishlar olib bordi.

#Shu yerning o'zida transport vositasida odamlarni tashish faoliyati bilan litsenziya olmasdan shug'ullanib yurgan shaxslarga nisbatan qo'zg'atilgan ma'muriy ishlarni ochiq sud majlisida ko'rib chiqdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Yozgi ta'tilda kutubxona xizmati

#Yoshlarning yozgi dam olish kunlarini mazmunli o'tkazish maqsadida “Roxat” bolalar dam olish maskanida tumandagi Axborot kutubxona markazi hodimlari tomonidan, dam oluvchi yoshlarga muntazam ravishda kutubxona xizmatlari ko'rsatilib kelinmoqda.

#Shu bilan bir qatorda o'quvchilarni qiziqtirgan turli janrdagi asarlar bo'yicha o'yinlar tashkil qilinib, kutub[ona hodimlari tomonidan, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga xizmat qilinmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#DIQQAT E'LON!!!

“Yoshlar festivali” munosabati bilan 25-iyun kuni ko'chalar yopiladi

#2022 yil 25-iyun kuni Beruniy tumanida “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali bo'lib o'tadi.

#Shu munosabat bilan 25-iyun kuni tadbirni ko'tarinki ruxda o'tkazish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida 25-iyun kuni ertalab soat 06:00 dan 10:00 gacha Kat ko'chasi Suv ho'jaligi va melioratsiya kolleji oldidan, Kat ko'chasi bilan Xalqlar Do'stligi ko'chasi kesishgan chorraha (Amfiteatr oldi), 25-iyun kuni soat 15:00 dan 00:00 gacha X.Do'stligi ko'chasini 35-sonli maktab yonidan Kat ko'chasi bilan X.Do'stligi ko'chasi kesishgan chorraha, Beruniy va X.Do'stligi ko'chalari kesishmasidan hamda Quruvchilar ko'chasi va Shimom yab ko'chasi kesishmasidan vaqtinchalik beton to'siqlar bilan yopilishini e'lon qilib bildiramiz.
#Shu o'rinda fuqarolarimizdan ham uy oldi begona o'tlarini chopib, tozalik ishlariga chiqishlarini so'rab qolgan bo'lar edik. Obodonlashtirish ishlarida birgina mahalla bilan cheklanmasdan, balki aholining jamoatchilik nazoratiga ham bog'liqdir. Fotolarda asosan yo'l chetlaridagi begona o'tlarning ko'pligi, bundan tashqari egasi yo'q uy oldilaridagi holatlar, ko'p qavatli uy-joylardagi achinarli ahvol, oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotining tashqi ko'rinishi, odamlarning yaxshi kunlarida xizmat qiladigan to'yxonaning old qismidagi holatlari aks etgan.

#Tozalik bor joyda baraka bo'ladi. Hurmatli eldoshlar eng aziz bayram mustaqilligimizning 31 yilligi oldidan bu kabi xashar ishlarida faol bo'laylik, zero tozalikni uyimizdan, faoliyat yuritayotgan ishxonamizdan, har kuni o'tadigan ko'chamizdan boshlasak biz atrofimizdagi befarq insonlarga ham o'rnak bo'lamiz.

#Shuning bilan birga postlarimiz davomida mahallalarda olib borilayotgan ishlarga ham to'xtalib o'tamiz. Kamchiliklar bilan birga hududlarda bajarilayotgan ishlarni ham yoritib boramiz. O'rganishlar davom etadi... 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Beruniyda

#O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis spiker o'rinbosari,Qonunchilik palatasi deputati Zuxra Ibragimova bugun Beruniy tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlarini o'rgandi. Bo'ston mahallasi Yoshlik aholi manzilida bo'lib, bu yerda qad ko'tarayotgan 120 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti sharoiti bilan tanishdi.

#Shu yerlik aholi bilan uchrashuvlari davomida esa o'quvchilarning maktabga qatnashi uchun avtobus qo'yib berishni so'ragan bo'lib, yangi o'quv yilidan tuman hokimi kuniga 2 marotaba avtobus qo'yib berish ishini tashkil qilishga kelishib olindi. Murojaat joyida hal qilindi.
#Diqqat e'lon

#Hurmatli Beruniy tumani aholisi 30-avgust kuni Beruniy tumanida "Yangi Ózbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami keng nishonlanadi.

#Shu munosabat bilan Beruniy tumanidagi Xalqlar do'stligi kóchasi va unga qarama-qarshi kóchalar 30- avgust kuni 9:00 dan 24:00 gacha yopilishini ma'lum qilib bildiramiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Diqqat e'lon

#Hurmatli Beruniy tumani aholisi 30-avgust kuni Beruniy tumanida "Yangi Ózbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami keng nishonlanadi.

#Shu munosabat bilan Beruniy tumanidagi Xalqlar do'stligi kóchasi va unga qarama-qarshi kóchalar 30- avgust kuni 9:00 dan 24:00 gacha yopilishini ma'lum qilib bildiramiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Oǵir hudud ayollari bilan yaqindan hamkorlik

Ayollar bilan ishlash tizimida yangicha yondashish ayniqsa, Beruniy tumanidagi oǵir hudud toifasidagi Qizilqal'a, Dóstlik, Oltinsoy OFY dagi ayollar bilan yaqindan ishlashish, ular bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish bóyicha hamkor tashkilotlar bilan tizimli ishlar bajarilishi belgilangan.

#Beruniy tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlg'i S.Koziyeva bugun Qizilqal'a ovul fuqarolar yiǵiniga tashrif buyurib ushbu hudduda qo'shimcha ish o'rinlar yaratish, tadbirkorlik rivojlantirish maqsadida ayollar bandligini ta'minlash asosiy maqsad ekanligi sababli bu borada keng jamoatchilik fikrlari bilan ham yaqindan tanishdi.

#Shu bilan bir qatorda hamkor tashkilotlar hududdagi oilaviy shifokorlik punktida ham shifkorlarlar va hamshiralar bilan uchrashib, sog'lom turmush tarzinini keng targ'ib qilishda ularga taklif va tavsiyalar berdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va bu yerdagi rahbar ayol qizlarimiz ish faoliyatlari bilan ham yaqindan tanishdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Beruniy_tumani
#Paxta_mavsumi_2022
#Xayrli tashabbus bilan paxta dalasida

#Bugungi kunda dalalarda yetishtirilayotgan paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlari qizg'in davom etmoqda.

#Shu o'rinda Beruniy tumanidagi paxta dalalarida ham o'z mehnatini ayamay hosilning kechiktirmay yig'im-terim ishlarida qatnashayotgan terimchilarimizga alohida e'tibor qaratilmoqda.

#Tumandagi 9.200 gektar yer maydoniga paxta hosili ekilgan bo'lib, hozirgi kunda paxta terimi olib borilmoqda. 4 sektor rahbarlari, tuman hokimligi va tashkilot rahbarlari tomonidan oppoq hirmonga o'z hissalarini qo'shayotganlarga katta minnatdorchilik bildirib va hormasin aytib, shuningdek, terim mavsumi boshlangandan buyon faollik ko'rsatib kelayotgan ilg'or terimchilarga qimmatbaho sovg'alar berildi.

#Tumandagi fermer xo'jaliklari hirmonning to'lishida o'z mehnatini ayamayotgan terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratib ularga qo'l-qanot bo'lmoqda.

#Terimchilarning kayfiyatini ko'tarish maqsadida tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan konsert dasturlari ham taqdim qilindi.

#Tumandagi barcha fermer xo'jaliklari va paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarida uyushqoqlik bilan qatnashayotgan terimchilarga kuch-quvvat tilaymiz.

#Shuningdek bugun tumandagi hokim yordamchilari óz tashabbuslari bilan chiqib, Biybozor OFY hududidagi "Shuxrat Achil" fermer xójaligida paxta terimida ishtirok etayotgan bólib, paxtadan tushgan 1 kunlik daromadni imkoniyati cheklangan oilalarga hayriya tarzda berishga kelishib olindi.

👉Ma'lumot uchun: Qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Beruniy tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari xayrli tashabbus bilan paxta dalasida

#Bugungi kunda dalalarda yetishtirilayotgan paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlari qizg'in davom etmoqda.

#Shu o'rinda Beruniy tumanidagi paxta dalalarida ham o'z mehnatini ayamay hosilning kechiktirmay yig'im-terim ishlarida qatnashayotgan terimchilarimizga alohida e'tibor qaratilmoqda.

#Tumandagi fermer xo'jaliklari hirmonning to'lishida o'z mehnatini ayamayotgan terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratib ularga qo'l-qanot bo'lmoqda.

#Terimchilarning kayfiyatini ko'tarish maqsadida tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan konsert dasturlari ham taqdim qilindi.

#Tumandagi barcha fermer xo'jaliklari va paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarida uyushqoqlik bilan qatnashayotgan terimchilarga kuch-quvvat tilaymiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Bu yilgi paxta yig'im-terimi mavsumida paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil qilinishi davom etmoqda.

#Jumladan, Beruniy tumani 2-sektor hududiga qarashli "Navoiy" ovul fuqarolar yig'inidagi "Islom Reyimboyev" fermer xo'jaligi bu yilgi umumiy yer maydoni 28 gektar paxta dalasidan 100 tonnadan ortiq qilib, paxta hosili yetishtirib, birinchilardan bo'lib shartnomaviy rejani bajardi.

#Shu munosabat bilan paxta dalasida katta bayram tashkil qilindi. Tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Atadjanov va qishloq xo'jaligi bo'yicha tuman hokim o'rinbosari S.O'rinbayev ishsiz hamda vaqtinchalik band bo'lmagan aholidan iborat terimchilarga o'z minnatdorchiligini bildirib, mavsum boshidan paxta terimidi faol ishtirok etib kelgan bir qator terimchilarni qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.

#Terimchilarga qilgan mehnatlari e'tiborga sazovorligi va oppoq hirmonga o'z hissalarini qo'shganlari uchun fermer xo'jaligi raxbari U.Saparov o'z minnatdorchiligini bildirdi. Ularga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida konsert dasturi tashkil qilindi va dala boshida dasturxon yoyib, ularga yaxshi kayfiyat ulashdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati