#Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati targ'ibot tadbirlarida

📌Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi R.Mamutov Ravshanbek Mamutov tomonidan, Beruniy tuman hokimligi vakillari ishtirokida joriy yilning 29 iyun kuni Beruniy tumanining Shimom va Navoiy ovul fuqarolar yig'inida «O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlari o'tkazildi.

To'liq tanishish👉👉 https://beruniy-tumani.uz/
#Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Beruniyda

#O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis spiker o'rinbosari,Qonunchilik palatasi deputati Zuxra Ibragimova bugun Beruniy tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlarini o'rgandi. Bo'ston mahallasi Yoshlik aholi manzilida bo'lib, bu yerda qad ko'tarayotgan 120 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti sharoiti bilan tanishdi.

#Shu yerlik aholi bilan uchrashuvlari davomida esa o'quvchilarning maktabga qatnashi uchun avtobus qo'yib berishni so'ragan bo'lib, yangi o'quv yilidan tuman hokimi kuniga 2 marotaba avtobus qo'yib berish ishini tashkil qilishga kelishib olindi. Murojaat joyida hal qilindi.
#Agrobiznes Qoraqalpog'istonda
#Qadim Shabboz qovunlarining dovrug'i

#Qoraqalpog'iston Respublikasining Beruniy tumanida respublikada hamda Xorazm viloyatida yetishtirilayotgan qovunlarning qiymat zanjiri barqarorligi, hosil terimi va undan keyingi bosqichlar samadorligini oshirish orqali mustahkamlashga bag'ishlangan seminar tadbir bo'lib o'tdi.

#Oliy ta'lim muassasalari o'qituvchi professorlari hamda talabalari ishtirok etgan ushbu dala o'quv mashg'ulotida USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish mutaxassislari qovun yetishtirish qiymat zanjiri bo'yicha o'z bilimlari bilan o'rtoqlashdi. Talabalarga qishloq ho'jaligi bo'yicha o'qituvchilar hamda sohada yetuklikka erishgan fermer ho'jaligi rahbarlari tushuntirishlar berdi.

#Beruniy tumanida qovunlarni ming yillar davomida tabiiy yo'l bilan saqlash sirlari bilan tanishdilar. Ish jarayonida band bo'lgan aholi bilan shu mavzuda suhbatlashdi.