Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus videorolik
#Faxriy nuroniylar suhbati.
#Bugungi kun shukronasi.

Beruniy tumanida turli sohalarda fidoiy hizmat qilgan ustoz To'liboy Urazovdan videointervyu. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

#Maktab ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar – jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bog'liq.

#Bugungi kunda sifatli ta'lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar bilan ta'minlash asosiy vazifalarimizdan sanaladi.
#Hozirgi kunda Beruniy tumanida 3 ta davlat ixtisoslashgan maktablarida 3354 nafar o'quvchilar tahsil olmoqda. Ixtisoslashgan maktblar bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari boshqa maktablarga nisbatan ancha yuqori.

#Bugungi o'tkazilgan “Yoshlar festivali” da iqtidor egalari munosib taqdirlandi. Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev, Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari, sektor rahbarlari ishtirokida maktab o'quvchilari, sportchilari taqdirlandi. O'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir yoshlarning esida qoladigan, iqtidorini kashf etadigan bayram bo'ldi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Shuningdek, otryadlarga 14 dona kombayn, 79 dona yuk avtomobillari, 56 dona traktor tirkamalari, 14 dona ko'chma ustaxonalar va 14 dona yoqilg'i tashish vositalari biriktirildi hamda g'alla hosilini o'rish, yanchilgan donni tashish, somonni yig'ish uchun talab etiladigan moddiy resurslar hisob-kitobi hamda o'rib-yig'ib olish grafiklari qishloq xo'jaligi korxonalari kesimida ishlab chiqildi.

#Ushbu kombaynlarning 5 donasi “Beruniy Agro parts” MCHJga, 5 donasi fermer xo'jaliklariga hamda 4 donasi boshqa tashkilot va fuqarolarga tegishlidir.

#Bugungi kunda g'alla o'rim yig'imida ishtirok etadigan kombaynlar to'liq ta'mirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirilgan. Bundan tashqari, 1 ta don qabul qilish shahobchasi mavsumga tayyor. Seminarda bajarilishi lozim bo'lgan masalalar belgilab olindi. Seminar yakunida kombayn operatorlariga bir qop un, 5 litr o'simlik yog'i, 1 mln. so'mdan avans pul mablag'lari tarqatib berildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Beruniyda pilla hirmoni


#Pillachilik yurtimiz qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan sanalishi bilan birga, ipak ishlab chiqarish ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hamdir. Shu bois, mazkur qadriyatni davom ettirish bugungi davrning muhim masalalaridan sanaladi.

#Bugungi kunda O'zbekiston pilla yetishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi. Mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirishga qaratilgan e'tibor, yaratilgan qator imtiyoz va imkoniyatlar o'z-o'zidan mazkur yo'nalishda faoliyatini olib borish istagidagi korxonalar sonining ortishiga zamin yaratdi.
#Bugungi kunda kunduzgi yozgi dam olish va sog'lomlashtirish oromgohida bolalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
#Hususan, turli xil to’garaklar, sport o’yinlari va kutubxona tashkil etilib, bolalarning to’g’ri ovqatlanishlari uchun ham barcha qulayliklar mavjud.
#Beruniy tumanida faoliyat yuritayotgan tijorat banklarida doimiy o'rganish ishlari olib borilmoqda. Hususan AT Xalq bank va Agrobank faoliyati, fuqarolarning bankomatlar bo'yicha fikr mulohazalari bilan soha mutahassislari tanishdi.

#Bugungi kun bozor iqtisodiyoti davrida bank mijoz uchun hizmat qilayotganligi haqiqatmi, yoki buning aksimi? Bu mavzuga yana qaytamiz.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Beruniylik ikki nafar Xalq ta'limi xodimlari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida «YIL O‘QITUVCHISI-2022» tanlovi g‘olibi bo’ldi!

#Bugungi kun o‘qituvchisi ijodkor bo‘lishi kerak. Manashunday ta'lim fidoiylaridan TXTBga qarashli 22-maktab direktori Erkaboy Raximov va shu maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Barno Soburova MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yil o‘qituvchisi-2022» tanlovida ta'lim yo‘nalishidagi ilmiy maqolalari bilan ishtirok qilib g‘olib bo‘lishdi.
#Qozog‘istonning Nursulton shahridan g‘oliblarga ''Yil o‘qituvchisi-2022" xalqaro ko‘krak medali, 1-darajali diplom,mualliflarning maqolalari jamlangan jurnal yetib keldi.
Tabriklaymiz! 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Konstitutsiyaga mening fikrim


#Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasiga o'zgartirish kiritish bo'yicha butun xalqimiz o'z takliflarini berdi. Ijtimoiy tarmoqlar va tele radio intervyular orqali ko'p kuzatdik hamda bu jarayonning guvohi bo'lmoqdamiz. Yangi O'zbekistonni yaratishda, uning g'oyalarini amalga oshirishda xalqimizga bosh qomusimizga kiritilgan o'zgarishlar qo'l keladi.


#Albatta, bugun zamon shiddat bilan o'zgarmoqda. Boshlagan islohotlarimizni oxirigacha yetkazish, bu ishlarimiz bevosita inson qadr-qimmatini ulug'lashga xizmat qilishi bosh maqsad sanaladi. Bu ishlarni amalga oshirishda biz Prezident bilan yelkama-yelka turib, taraqqiyotning yangi bosqichida tom ma'nodagi islohotlarni amalga oshirishga tayyor bo'lishimiz zarur.


#O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 90-moddasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. O'zgartirish kiritish orqali, bu muddatning 7 yilga uzaytirilishi boshlangan islohotlarning tub o'zgarishlarning yanada ijobiy bo'lishiga erishamiz. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Bugungi bayram bilan barcha O'zbekiston yoshlarini tabriklaymiz.

#Yoshlar siz g'ayratli shijoatli mexnatkash har doim maqsad sari olg'a intiluvchan vatanimizning haqiqiy farzandlarisiz. Biz sizga ishonamiz aziz yoshlar.

30-iyun “Yoshlar kuni” bayrami muborak bo'lsin!

#Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Yo'llarda ta'mirlash va belgilarni almashtirish ishlari
#Beruniy tumani

#Avtomobillar ko'p harakatlanadigan ko'chalarda tez-tez yo'llarni ta'mirlash ishlari olib borilishi odatiy hol. Shu bilan birgalikda harakat ishtirokchilari yani fuqarolar ham bu borada o'z hissalarini qo'shib, qat’iy jamoatchilik nazoratini o'rnatishi yo'llarning uzoq yillar, soz holatda xalqimizga xizmat qilishini ta’minlagan bo'lar edi.

#Bugungi kunda Beruniy tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi hodimlari tomonidan markaziy ko'chalarda joriy ta'mirlash ishlari hamda eskirgan yo'l belgilarini yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
https://beruniy-tumani.uz/news/show/beruniy-tumanida-xizmatlar-sohasining-rivojlanishi

#Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

#Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

#Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2022 yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 253,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
111,3 % ni tashkil etdi.

Beruniy tumani statistika bo'limi ma'lumoti
#Beruniy_tumani
#Paxta_mavsumi_2022
#Xayrli tashabbus bilan paxta dalasida

#Bugungi kunda dalalarda yetishtirilayotgan paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlari qizg'in davom etmoqda.

#Shu o'rinda Beruniy tumanidagi paxta dalalarida ham o'z mehnatini ayamay hosilning kechiktirmay yig'im-terim ishlarida qatnashayotgan terimchilarimizga alohida e'tibor qaratilmoqda.

#Tumandagi 9.200 gektar yer maydoniga paxta hosili ekilgan bo'lib, hozirgi kunda paxta terimi olib borilmoqda. 4 sektor rahbarlari, tuman hokimligi va tashkilot rahbarlari tomonidan oppoq hirmonga o'z hissalarini qo'shayotganlarga katta minnatdorchilik bildirib va hormasin aytib, shuningdek, terim mavsumi boshlangandan buyon faollik ko'rsatib kelayotgan ilg'or terimchilarga qimmatbaho sovg'alar berildi.

#Tumandagi fermer xo'jaliklari hirmonning to'lishida o'z mehnatini ayamayotgan terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratib ularga qo'l-qanot bo'lmoqda.

#Terimchilarning kayfiyatini ko'tarish maqsadida tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan konsert dasturlari ham taqdim qilindi.

#Tumandagi barcha fermer xo'jaliklari va paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarida uyushqoqlik bilan qatnashayotgan terimchilarga kuch-quvvat tilaymiz.

#Shuningdek bugun tumandagi hokim yordamchilari óz tashabbuslari bilan chiqib, Biybozor OFY hududidagi "Shuxrat Achil" fermer xójaligida paxta terimida ishtirok etayotgan bólib, paxtadan tushgan 1 kunlik daromadni imkoniyati cheklangan oilalarga hayriya tarzda berishga kelishib olindi.

👉Ma'lumot uchun: Qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus videorolik
#Bugungi imkoniyatdan foydalangan imkoniyati cheklangan insonlar
#Ibratli dunyo

#Imkoniyati cheklangan insonning hayotdagi zavqi. Bugun maqsad sari intilgan ayolning mavsumdagi mehnat harakati. Tadbirkorlik+paxta yig'im terimi.

🇺🇿 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Beruniy tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari xayrli tashabbus bilan paxta dalasida

#Bugungi kunda dalalarda yetishtirilayotgan paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlari qizg'in davom etmoqda.

#Shu o'rinda Beruniy tumanidagi paxta dalalarida ham o'z mehnatini ayamay hosilning kechiktirmay yig'im-terim ishlarida qatnashayotgan terimchilarimizga alohida e'tibor qaratilmoqda.

#Tumandagi fermer xo'jaliklari hirmonning to'lishida o'z mehnatini ayamayotgan terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratib ularga qo'l-qanot bo'lmoqda.

#Terimchilarning kayfiyatini ko'tarish maqsadida tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan konsert dasturlari ham taqdim qilindi.

#Tumandagi barcha fermer xo'jaliklari va paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarida uyushqoqlik bilan qatnashayotgan terimchilarga kuch-quvvat tilaymiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Beruniy_tumani
#Faxriy ustozlar e'zozda

#Bugungi bayram munosabati bilan Beruniy tumani maktabgacha ta'lim bólimi hodimlari tomonidan kóp yillar sohada xizmat qilgan, yoshlarning faxriy ustozi bólgan hozirgi kunda nafada, qarilik gashtini surayotgan Dilbar ona Allabergenova va Davlatyor ota Kalandarovlarning xonadoniga borib bayram bilan tabrikladi.

#Kasbdoshlar birgalikda ishlagan davrlarini eslashib, bugungi kunlarga shukronalar aytdi.
👉Bayramingiz muborak bólsin aziz ustozlar!

🇺🇿 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Prezident Qarorining mohiyati

#O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 avgustdagi “Qoraqalpog'iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur'atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-213-son Farmonining mazmun mohiyati to'g'risida tuman hokimligida majlis bo'lib o'tdi.


#Bugungi yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining o'rinbosari A.I.Davletov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining o'rinbosari N.U.Kazakbaev, tumandan saylangan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlari, tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ovul va mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, hokim yordamchilar, xotin-qizlar faollari qatnashdi.