Axadjon's blog
132 subscribers
441 photos
40 videos
1 file
161 links
Axadjon Ibrohimov shaxsiy blogi:

🗒️Kitoblardan foydali iqtiboslar
📖Shaxsiy fikrlar (#foydalipost)
🌐 Oʻzbekcha Vikipediya haqida maʼlumotlar
🎙️Foydali podkastlar
📽️Qiziqarli videolar
🎧 Musiqalar

Va oʻzim haqimda))

Manfaat vaʼda qilmayman!
Download Telegram
#mutola #atomodatlar
Haftaning boshida
@asaxiybooks dan bepul 5 ta kitobni
online variantini olgandim.


Hozirda Atom odatlar kitobini deyarli 30% ni oʻqidim.

Bu ilova menga kundan kunga juda yoqib borayapti, qulayliklari juda koʼp ekan.

Sizga ham tavsiya qilaman(Android / App store)
@axadjonsblog
🔥51
#mutola #atomodatlar #foydalipost

Yaxshi odatlarni shakllantirishning eng samarali usullaridan biri bu, siz istagan odat kundalik xulq-atvoriga
aylangan jamoaga qoʻshilishdir!


[Xulosa]: agar sizning atrofingizdagi muhit, sizning maqsadlaringizga yetaklamaydigan boʻlsa bunday muhitdan tezda chiqish(surish) kerak❗️

@axadjonsblog
👍7
#mutola #vavilonlikengboyodam

Bugundan " Vavilonlik eng boy odam" kitobini oʻqishni boshladim!

@axadjonsblog
👍10
#mutola #kitob

Bugun J.S.Kleysonning " Vavilonlik eng boy odam " kitobini oʻqib tugatdim.

Kitob menga koʻproq Latte Omili kitobini eslatib yubordi.

Yaʼni doimo oʻz daromadingizni 10 % ni oʻzingiz uchun toʻlash, kitobda qahramon Dabazirning kechilmalarini oʻqib anchagina saboq oldim!

Kitobdagi mehnat xaqidagi bir tushuncha eʼtiborimni tortdi, bu soʻzlarning muallifi Megido oʻz doʻstiga " Mehnat mening eng yaqin doʻstim " degani insonni mehnatga boʻlgan ishtiyoqini oshirar ekan.

Kitob oʻqishga arziydigan va anchagina saboq oladigan ekan🔥

Thanks for recommendation @bahodiroga
👏

@axadjonsblog
👏9👍21🔥1
Axadjon's blog
#yangimutolaa Inshaalloh bugundan Rauf Jilasunning „Xalol luqma“ kitobini oʻqishni boshladim. Alloh nasib qilsa yangi yilgacha tugatishga harakat qilaman. Ortiqcha puling bormi, kitob ol. ©By me @axadjonsblog
#mutola
Kuni kecha boshlaganimga 4 kun bolgan „Xalol luqma “ kitobini oʻqib tugatdim.

Kitob juda ajoyib ekan, toʻgʻrisi kitobni oʻqish jarayonida Koʻzimga yosh keldi, juda taʼsirli kitob ekan.

Kitob qahramoning bosib oʻtgan xayot yoʻli, qanday qilib inson oʻzini Xarom luqmadan olib qochishi, uning xaloligi, u tarbiyalagan oʻgʻli, shunchaki tarifga til ojiz.

Inson xayotida, tarbiyasida Ota-onaning oʻrni beqiyosligi, ilm yoʻlida yurgan inson bilan, ayshu ishrat bilan shugʻullanib yurgan ikki oilaning farzandlarining farqi, kelajakda qanday inson boʻlishi, oilaviy muhitga bogʻliqligi.

Allohdan qoʻrqish, Alloh tomonidan buyurilgan amallarni bajarish, Alloh oldidagi insonning qarzlarini ado etish.

Juda tarbiyaviy, xar bir inson katta saboq ola oladigan kitob ekan.

Sizlarga ham oʻqishni tavsiya qilaman.

@axadjonsblog
👏41
#kitob #mutola

Va nihoyat 2024-yilni Malkolm Gladuellni „Zukkolar va Landavurlar“ kitobi bilan boshlab oldim.

P.s: bir gʼalati ammo ajoyib narsaga odatlanib qoldim, pulim boʻldi deguncha kitob sotib olyapman.

@axadjonsblog
🔥6👍2