Axadjon's blog
132 subscribers
441 photos
40 videos
1 file
161 links
Axadjon Ibrohimov shaxsiy blogi:

🗒️Kitoblardan foydali iqtiboslar
📖Shaxsiy fikrlar (#foydalipost)
🌐 Oʻzbekcha Vikipediya haqida maʼlumotlar
🎙️Foydali podkastlar
📽️Qiziqarli videolar
🎧 Musiqalar

Va oʻzim haqimda))

Manfaat vaʼda qilmayman!
Download Telegram
#mutola #atomodatlar #foydalipost

Yaxshi odatlarni shakllantirishning eng samarali usullaridan biri bu, siz istagan odat kundalik xulq-atvoriga
aylangan jamoaga qoʻshilishdir!


[Xulosa]: agar sizning atrofingizdagi muhit, sizning maqsadlaringizga yetaklamaydigan boʻlsa bunday muhitdan tezda chiqish(surish) kerak❗️

@axadjonsblog
👍7
#atomodatlar #foydalipost

Yomon Odat koʻrimsiz, yaʼni koʻzga tashlanmaydigan boʻlishi kerak


Bundan xulosa shuki agar Instagramda vaqtingizni koʻp oʻtkazayotgan boʻlsangiz Instagramni oʻchirib tashlang yoki ikki uchta papkalar ichiga uni joylang shunda instagramga kirish ehtimolingiz kamayadi, sizni kirishga jalb etayotgan signal yoʻqoladi!
👍5🔥1
#foydalipost
Xar doim ham yengil yoʻl, yengilligicha qolavermaydi!


p.s: shuning uchun murakkabroq, mashaqqatliroq yoʻldan yurgan maqul, bu yoʻlda siz tajribaga ega boʻlasiz〽️
@axadjonsblog
❤‍🔥4👍1🔥1
#pul #foydalipost

Pul — bu yaxshi xayot manbaidir!

Koʻpchilik insonlarni pul baht keltirmaydi, pulsiz ham yashash mumkin degan fikrlarini koʻp eshitib qolaman?

Bunday fikrdagi insonlar boshqalarning fikri bilan yuradigan insonlar boʻladi koʻpincha, hamma qaysi tomonni maʼqullasa u ham shu tomonda boʻladi.

Xayotda oʻzga insoning fikrlari bilan yashash oʻzi bir axmoqlikdir!
Pul baht keltirmasligi mumkin, lekin savol siz pulsiz xayotingizni tasavvur qila olasizmi?

Barcha xayot lazzatlaridan voz kechib ham, xayotingizga taʼsir qilayotgan pulning omilini yoʻq qila olmaysiz!
Pul sizni xayotda xayotning barcha lazzatlaridan bahramand boʻlib yashashingiz uchun bir vosita boʻlish kerak xalos.

Maqsadingiz pulga qul boʻlish emas, pulni oʻzingizga qul qilish boʻlishi kerak.
Pul siz uchun ishlashi kerak!
@axadjonsblog
👍6🔥1🤬1
#foydalipost

Boshidan o’tkazgan yaxshi

Besh yil oldin ta’sir qilmagan maqol, iqtiboslar hozir ta’sir qilyapti.

Oldin hikmatlarni o’qib o’tib ketardim, hozir yig’latyapti.

Matn o’zgarmagan. Men o’zgardim. Yozilganlarning ko’pini boshimdan o’tkazdim.

Yaqinlar o’limi, xiyonat, chorasizlik, safar.

O’qishning o’zi o’zgarishga yetmaydi, yashash kerak. Yashashning o’zi o’zgarishga yetmaydi, uni taftishlash ham kerak.

Ming marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi deyishadi.

Ming marta o’qigandan bir marta boshidan o’tkazgan yaxshi deyman men.

Manba
👍5
#foydalipost

Qiynalmaysiz

Sport - qiyin, sog’liq pand berishni boshlaganda tiklash - yanada qiyinroq.

Muammolarni gaplashish qiyin, yechilmagan muammolardan kelgan arazlash, ajralish - qiyinroq.

O’qish, o’rganish qiyin. Bilimsizlik sabab yaxshi Ish topolmay tentirash - qiyinroq.

Qiyin ishlarni tanlaganda, aslida osonroq hayotni tanlayapmiz.

Oson yo’llarni tanlayotganda - qiyin hayotni tanlayapmiz. Shunchaki u hayot hali kelmagani uchun - bilmayapmiz.

Qiyin yo’llarni tanlang - qiynalmaysiz!

Manba@axadjonsblog
❤‍🔥4🔥3
#note #foydalipost

Yoshlar uchun kerakli bo‘lgan 10 ta oltin qoida.

1. Boshqalarga bog‘liq bo‘lmaslik va baxtli bo‘lish uchun – mustaqil o‘qib bilimingizni va tajribangizni oshiring.

2. To‘g‘ri xulqingiz orqali hurmat qozoning.

3. Qancha ko‘p o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lsangiz, shuncha yaxshi. Siz bir hafta ichida 1 ta kitobni bemalol o‘qishingiz mumkin.

4. Hamma bilan munosabat qilishga harakat qiling. Sizga qandaydir fazilati yoki qobiliyati yoqadi insonlarni toping, ular bilan o‘z fikrlaringizni bo‘lishing.

5. Vaqtingizni behuda sarflamang.

6. Munosabat vaqtida ayrim insonlarning xatti harakati, yomon xulqi sizni hayron qoldirsa, ular bilan munosabatni uzing.

7. O‘zingizdan katta yoshdagilar bilan ko‘proq munosabat qilishga harakat qiling. Hayotingizda muhim qaror qabul qilishda, sizga o‘z tengdoshlaringiz unchalik yordam bera olmaydi. Yoshi kattalarda esa tajriba bor. Shuning uchun ular bilan maslahatlashing.

8. O‘zingizdan iqtidorli va tajribali insonlarni qidiring. U bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing. U inson bilan teng bo‘lishga harakat qilmang. Eng muhimi mulohazali, ko‘ngilchan, idrokli, o‘quvli bo‘ling.

9. Vaqt o‘tishi bilan siz konservativ ya’ni, eski fikrlarga yopishib qolasiz. Bu oddiy fakt. Atrofdagi insonlarning fikrlari sizni asossiz o‘rab oladi. Ular xuddi sovun pufakchalarga o‘xshaydi. Ko‘rinishi chiroyli, ammo bu pufakchalar uzoq saqlanib qolmaydi. Shunday ekan o‘z fikringizda va ko‘zlagan maqsadingizda mahkam turing. Yangi g‘oyalarni amalda qo‘llang.

10. Xarajatlaringizni maksimum kamaytiring. Sababi siz tejagan pulingizni yuqorida aytib o‘tilgan yangi g‘oyalaringizni amalda bajarish uchun sarflang.

Manba@axadjonsblog
👍2
#foydalipost #abreviaturalar

Oddiy, ammo koʻpchilik bilmaydigan abreviaturalar.

1. DVD — Digital Video Disk 💿

2. PIN — Personal Identification Number

3. Wi-fi — Wireless Fidelity

4. USB — Universal Serial Bus

5. HDMI — High Definition Multimedia Interface

6. LAN — Local Area Network

7. PDF — Portable Document Format

Siz bularni bilarmidingiz?

@axadjonsblog
👍31🔥1
#kitobdan #foydalipost

Soʻrovnoma natijalariga koʻra 25 kishidan 15 kishi bu qoida haqida maʼlumotga ega emas ekan.

Sizlar uchun qisqacha

10.000 soat qoidasi

Agarda siz oʻzingiz uchun kelajakda maqsad qilib qoʻygan kasbingizda, toʻgʻri farqi yoʻq qanday soha yoki kasb, siz ushbu yoʻnalish boʻyicha 10.000 soat vaqtingizni ushbu sohani oʻrganish uchun sarflasangizgina, ushbu sohada yaxshi emas juda yaxshi mutaxasis boʻlib yetishishingiz mumkin.

💻 Hech qachon boshqalarga nisbatan kam kuch va vaqt sarflab yuqori natijaga erisha olmaysiz, siz yetgan darajangiz ortida albatta qolganlar koʻrmagan qiyinchiliklar mavjud.

10.000 soat bu deyarli 10 yilga teng demakdir, kuniga 3 soatdan oʻz vaqtingizni oʻz orzularingiz uchun sarflash.

🔑 Bir sohani mukammal mutaxasisi boʻlmoqchi boʻlsangiz albatta ushbu qoidaga rioya qilishingiz darkor.

@axadjonsblog
3🔥3👍1💯1
#instagram #foydalipost

Deyarli hammamizning Instagram sahifamiz bor, nima deb oʻylaysiz Instagram tarmogʻi biz uchun zararlimi?

Instagram eng zoʻr ijtimoiy tarmoqlardan biri, faqat Kontent Maker, Mobilograf va boshqa shunga oʻxshash kasbdagilar uchun.

🤔 Oddiy odam kuniga oʻrtacha 2 soat vaqtini instagramda oʻtkazsin deylik. Aynan shu paytda reels koʻrish oʻrniga u nima bilan shugʻillinishi mumkin edi?

🤯 Kitob oʻqishi mumkin, ingliz tilini oʻrganishi mumkin, aytishingiz mumkin 1 yoki 2 soat kitob oʻqish va ingliz tili oʻrganish uchun yetarli emas deb.

⚡️ Ammo kuniga 2 soatdan oʻrtacha ingliz tilini oʻrganib anchagina yuqori natijaga erishish mumkin aslida.

📚 Kitob oʻqibchi?
Oddiy odam 1 soatda 50 bet kitob oʻqiy oladi deylik. Bu degani siz 3 kunda bemalol 300 betlik kitob oʻqishingiz mumkun.

Postni oʻqib xulosa qiling !!!

Sizlar uchun free recommendation 👇👇👇

🔥Ibrat Academy — ingliz tili uchun.
❤️Asaxiy books - bestseller larga boy online ilova.

@axadjonsblog
5👏2👍1
#subyektiv_fikr #foydalipost

K e t i sh  k e r a k

Deyarli hammani fikru hayolida xozir shu fikr, Surish kerak.

Nega hamma Oʻzbekistondan ketishni xoxlaydi?
Sabablari koʻp:
+Sharoit yaxshimas
+Yashash qiyin
+Yetarlicha pul topa olmayman
+Oliy taʼlimlar yaxshi oʻqitmaydi
va hokazo....

Va endi shunday fikrdagi inson chet elda:

+Borib agar xozirgidak dangasalik qilib yursangiz u yerda bu yerdagidan battarroq ahvolga tushishingiz mumkin
+Nega faqat (-) larini qidirasiz, oʻz ustingizda ishlab harakat qilsangiz yaxshi yashasa ham boʻladi.
+Oʻzingiz uchun qulay sharoit yarata olsangiz, qobilyat va kuch quvvatingizdan maksimal foydalana olsangiz oʻsha oʻzingiz xoxlagan
sharoitda yashaysiz.

Oʻzingiz uchun Comfortni aynan
       Oʻzbekistonda yarating!!!

@axadjonsblog
💯11
Axadjon's blog
#savol

Amaliy intelekt xaqida bilasizmi?
#kitobdan #foydalipost

Amaliy intelekt

„Nimani, qachon va kimga ayta olish qobilyati, va soʻzlar bilan yuqori natijalarga erishishga oid bilim“

Agar siz gapirayotgan gapingizni, kimga va qachon gapirishni bilmas ekansiz, katta ehtimol bilan oʻzingiz oʻylagan natijaga erisha olmaysiz.

P.s: ushbu maʼlumot „Zukkolar va Landovurlar “ kitobiga asoslanib yozilgan.

©Robert Sternberg
(psixolog)

@axadjonsblog
👍2
#foydalipost

- Nima ish qilsang ham, hammasi faqat Xudoning roziligi uchun boʻlsin. Topganing kattami, kichikmi - birovning haqi boʻlmasin. Yolgʻon barcha yomonliklarning onasi. Aslo yolgʻon soʻzlama. Hamma gapga ham ishonib ketaverma. Seni Xudodan uzoqlashtiradigan ishdan uzoq tur. Koʻnglingda manmanlik, kibr paydo qiluvchi boylikdan qoch. Doim boriga sabr qilib yasha. Shu yoʻl sen uchun eng yaxshisidir. Doʻstingni Xudo uchun yaxshi koʻr, dushmaningdan esa Xudo uchun qoch...

©️ Rauf Jilasun ("Halol luqma" kitobidan)

@sanjarshamss
👍5🔥31
#foydalipost #kitobdan

Xech qachon qolganlarni ayblamang.

Qolgan insonlardan nolimaslik kerak, balki muvaffaqiyatsizligingiz oʻzingziga bogʻliqdir?

Inson koʻp hollarda oʻzida boʻlib oʻtayotgan qiyinchiliklar uchun, qolganlarni ayblaydi.

Oʻqituvchilar:
Nega oʻquvchilar fanga qiziqmaydi?
Talabalar:
Nega oʻqituvchilar fanlarni yaxshi oʻtmaydi, bilimi yetarli emas?
Savdogarlar:
Nega menda savdo past?
Ofitsiantlar:
Yoʻq bu mening vazimfamga kirmaydi.

Agar faqat qolganlarni ayblab yuraversangiz, oʻzingizda majburiyatni, shaxsiy masʼuliyatni hosil qila olmaysiz.

Shuning uchun yuqoridagi notoʻgʻri savollar oʻrniga:

🔵Nima qilsam talabalarga bilimni yaxshiroq yetkaza olaman.
🔵Qanday qilib oʻz ustimda koʻproq, ishlashim mumkin, nima qilsam Lider boʻlaman.
🔵Men xaridorlarga qanday qulayliklar yaratsam, yoki qanday muomalada boʻlsam, xaridorlar menga doimiy xaridor boʻlib qoladi.
🔵Nima qilsam bizni, va yoki meni hizmatidan mamnun boʻlib chiqib ketadi.

Shu kabi oʻzingizga savol bersangiz, faqatgina shunda oʻzingizda maʼsuliyatni rivojlantira olasiz.

„ Savol ortidagi savol“ kitobidan
Xulosa


@axadjonsblog
👍6😨2🥴1🤪1
#foydalipost

Muammo🪫Yechim🔋

Stress → Sayr
Siqilish → Suxbat
Havotir → Ibodat
Charchash →Uyqu
Koʻp oʻylash →Yozish
Jahl qilish →Jismoniy mashq
Dangasalik → Kamroq telefon
Chalkashlik → Tanaffus olish

@axadjonsblog
👍6🔥1
#foydalipost

Vaqt tez oʻtyaptimi yoki biz uni tez oʻtkazyapmizmi🔺

Hozirgi davrda kimni qarasangiz vaqt tez oʻtyapti deydi, hamma noligan.

🫥Vaqt tez oʻtishiga oʻzimiz sababchi emasmizmi aslida?

Kunimizni 5-6 soatini indamay Reels, Shorts koʻrish bilan oʻtkazyapmizu, yana nolib ham qoʻyamiz, hech nimaga vaqtim yetmayapti deb.

🟥Diqqatingizni bir nuqtaga jamlab ishlay olsangizgina, qilgan ishingiz doimo samarali boʻladi. Ammo biz va siz koʻrayotgan bu qisqa videolar bizni dangasa qilib qoʻyganini oʻzimiz ham bilib turib shu ishni yana davom ettiramiz afsuski.

💻Shunaqa darajaga yetdikki, bitta 1 yoki 2 soatlik Podcast yoki Filmni sabr bilaman koʻra olmaymiz, oʻzimizni hayolimizda bizga keraksiz joyini oʻtkazgandekmiz, ammo aslida dangasamiz, oxirigacha koʻra olmaymiz.

💠Aynan shu mavzuda Abdusattor Abdurahimovning:

💻Raqamli qullar podcasti Maqsad loyihasi doirasida olinibdi.

Podcastni koʻrishni tavsiya beraman, koʻrganingizdan soʻng video haqida xulosa yozish yodingizdan chiqmasin🤝

@axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4💯2
#fikr #foydalipost

Eʼtiborsiz boʻling

Koʻpincha insonlar oʻzi uchun yaqin insonlarga juda yaqin va yaxshi munosabatda boʻlishadi.

Ammo ular tomonidan xar doim ham aynan shunday eʼtibor boʻlmaydi.

Ekstrovert insonlar odamlar/doʻstlari/yaqinlari va boshqa koʻpchilik bilan doimiy faol munosabatda boʻlishadi. Lekin Introvert insonlar tomonidan ular berganchalik eʼtibor berilmaydi.

Ammo baʼzida Eʼtiborsiz boʻlish kerak emasmi?

Bir necha yillik kuzatuvimdan kelib chiqib shuni ayta olamanki:

Agar qancha koʻp eʼtibor bersangiz, shuncha obroʻsizlanasiz.

Bu gap esa qoʻpolroq eshitilishi mumkin ammo!

Qancha koʻp masofa saqlasangiz, shuncha hurmatga ega boʻlasiz.
Shuncha qadrlanasiz
!

Oʻzingiz hulosa qiling.


🕊 @axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤‍🔥2👍1💯1
#fikr #foydalipost

Oʻzi odamlarga yordam berish kerakmi?

Insonlarga yordam berish odamga boshqacha his tuygʻu olib keladi.
Inson boshqalarga yordam berib rohatlanadi.


Ammo baʼzi „....“ ichidagi odamlar yordam berganingizda, huddi sizni bu ishni qilishga majbur deb oʻylashadi. Qadriga yetishmaydi.

Yordam bersangizdoimo yordam beruvchi insondek, yaʼni aytsang qilaveradi deydi.
Yordam bermasangiz kibr ekan, bilimini ulashgisi kelmaydi, va shunaqa gaplar deyishadi.

Hayron qolaman gohi, aslida nima qilish kerak?

🤫Yana yordamni olishga olib, soʻngida, ee oʻzimni ham qoʻlimdan kelar edi deyishichi🤣🤯

🕊 @axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31💯1
#haqiqat #foydalipost

💜Nega 18-25 yosh oraligʻidagi oʻgʻil bolalar bir oyda hech boʻlmaganda ( aslida bir yilda) bitta kitob oʻqishmaydi.

🔺Chunki ularga maktabda, oʻqituvchi hech qachon bir haftada sinf boʻlibOʻtkan kunlarasarini, „Ufq romaniniyoki TolstoyningUrush va tinchliktrilogiyasini oʻqiymiz demaganda.

🔺Faqatgina:
*Dushanba kuni komissiya bor hamma formada kelsin!
*Hammani sochi olingan boʻlsin!
*Soqol qoʻyma, qonun bor ahir!


Shunday deyilgan holos.

Ha endi faqat shunday narsalar uqtirilgan bola, kitob oʻqisinmi, yoki har hafta borib, erkaklar salonida soch oldirsinmi🤧

Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

🕊@axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
#fikr #foydalipost

Yozishmalardan katta narsa kutmang.

Har doim ham, inson sizga bir hil javob bermaydi.

Juda katta narsa kutgan paytingiz, sizga shunchaki qisqa yoki juda rasmiy javob berilsa, qanaqadir balki soʻramaganim maʼqulmikan, degan oʻy paydo boʻladi.

Toʻgʻri doim ham, ayni paytni topa olish qiyin. Shuning uchun, kimdan boʻlsa ham, shunchaki javob ham kutmang.

Agar sizning fikringiz, yoki u tomondan sizga kerak boʻlgan narsa, biroz uni qiziqtirsa javob beradi. Javob yoʻqmi, bu holatda nima qilishni oʻzingiz yaxshi bilasiz.

Diqqat!

Agar siz shunday boʻlsangiz..

Yani, yaqin odam yozsa ham, juda rasmiy javob bersangiz, yoki oʻqib javob bermaydigan boʻlsangiz: oʻylab koʻring, toʻgʻri hammaga emas, yaqin odamga unaqa munosabat qilish, oʻrtadagi munosabatni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

P.s: Fikrlar shaxsiy, qoʻshimcha yoki qarshi fikrlar boʻlsa, izohlarda yozib qoldiring.

@axadjonsblog
🔥1