Axadjon's blog
132 subscribers
441 photos
40 videos
1 file
161 links
Axadjon Ibrohimov shaxsiy blogi:

🗒️Kitoblardan foydali iqtiboslar
📖Shaxsiy fikrlar (#foydalipost)
🌐 Oʻzbekcha Vikipediya haqida maʼlumotlar
🎙️Foydali podkastlar
📽️Qiziqarli videolar
🎧 Musiqalar

Va oʻzim haqimda))

Manfaat vaʼda qilmayman!
Download Telegram
#kitob

📖Eng tez oʻqib boʻlgan kitobim

Arnold Bennetning „Bir kunda 24 soat yashash“ kitobi boʻldi.

Kitobda asosan inson vaqtini toʻgʻri taqsimlash, bir kunni unumli oʻtkazish boʻyicha yaxshigina tavsiyalar berilgan ekan.

Yuqoridagi barcha iqtiboslar ham aynan shu kitobdan olingan.

Albatta siz ham oʻqib chiqing, ishonamanki foydali boʻladi.

🕊@axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1🏆1
Axadjon's blog
#yangi_mutolaa Carpe diem guruhimizning navbatdagi tanlovi Alixontoʻra Sogʻuniyning „Turkiston qaygʻusi“ kitobi boʻldi Deadline esa 31-oktyabr etib belgilandi. 🕊@axadjonsblog
#kitob #carpe_diem
📖Oʻqib boʻldim!

Carpe diem “ guruhimizning bu safargi tanlangan kitobi Alixontoʻra Sogʻuniyning „Turkiston qaygʻusi“ kitobi edi.

Kitob haqida qisqacha:
Asosiy voqealar hozirgi Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hududlarida boʻlib oʻtgan ekan. Kitob asosan kitob muallifi Alixontoʻra Sogʻuniyning bosib oʻtgan yoʻllari, qanchalik sabr toqatlik boʻlganlari, oʻz diniga oʻz Paygʻambariga sodiq insonliklari haqida yozilgan ekan.


Xulosa: Kitobni bir vaqt qoʻyib oʻqish emas, aynan bu kitobni ancha vaqt ajratib oʻqish kerak ekan.

🏆Shaxsiy baho:8.0

🕊@axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥31
#Yangi_mutolaa #kitob

Mutolaani boshlab yubordim🔥
🔥5👍3
Axadjon's blog
#Yangi_mutolaa #kitob Mutolaani boshlab yubordim🔥
#kitob #carpe_diem

📖Erix Mariya Remarkning
„Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq“
asarini oʻqib tugatdim.

🔺Asar voqealari asosan 1917—1918- yillarda Germaniyada boʻlib oʻtgan. Yaʼni birinchi jahon urushi davri. Asar qahramonlari Paul, Kroop, Tyaden, Myuller, Kemmerix va Kat bular meni yodimda qolgan qahramonlar.

🔸Asarda Frontda ular koʻrgan qiyinchiliklar yozuvchi tomonidan mohirona, oʻquvchiga yetkazib berilgan.

🔺Shaxsiy fikr:
Kitobdan asosiy oʻrgansa boʻladigan narsa bu — Doʻstlik!
Ularning shunday qiyinchilik paytlarda ham bir biriga tirgak boʻla olgani, ovqat yetishmovchilik paytida kelgan ovqatni bir birlari bilan boʻlishib yeyishi. Mana shu haqiqiy Doʻstlik!

Asarni men asosan oʻzim qatori 18-22 yoshdagi yoshlar uchun tavsiya qila olaman.

📚Siz ham albatta oʻqib koʻring!

🤫 Aytgancha Carpe diem guruhimizning navbatdagi tanlangan kitobi ham yakunlandi.

🏆 Shaxsiy baho: 8.0

🕊@axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
#kitob

Carpe diem guruhimizda navbatdagi muhokama uchun Said AhmadningUFQ trilogiyasini“ tanladik.

Kitobni hali sotib olmadim, ammo Mutolaa dan 3 bob oʻqidim.

Juda ajoyib va oddiy xalq tilida yozilgan kitob ekan.
👍31🔥1
Axadjon's blog
#kitob Carpe diem guruhimizda navbatdagi muhokama uchun Said Ahmadning „UFQ trilogiyasini“ tanladik. Kitobni hali sotib olmadim, ammo Mutolaa dan 3 bob oʻqidim. Juda ajoyib va oddiy xalq tilida yozilgan kitob ekan.
#kitob #carpe_diem

🌟Carpe diem guruhimizning navbatdagi tanlovi boʻlgan Said Ahmadning „Ufq trilogiyasi“ ni oʻqib tugatdim.

Roman oddiy xalq tilida, sodda qilib yozilgan ekan, juda katta qiziqish bilan oʻqidim.

Ufq trilogiyasi 3 qismdan iborat.
🔵Qirq besh kun
🔵Hijron kunlari
🔵Ufq boʻsagʻasida

📑1-qism haqida:

„Qirq besh kun“ boʻlimida asosan hozirgi Katta Fargʻona kanali qurilishida oʻzbek xalqining koʻrsatgan jonbozliklari haqida gap boradi. Haqiqatan oʻqib taʼsirlanadi odam, xalq qanchalik bir birini qoʻllab quvvatlagani, polvon yigitlarning mardliklari alohida eʼtiborga loyiq. Azizxonning kuch quvvati, jon kuydirib, kelajak uchun xarakat qilishi haqiqiy mardlik, kelajak avlod uchun qoʻshilgan katta hissa.

📑2-qism haqida:

Hijron kunlari boʻlimida esa Nizomjonning Dildorga boʻlgan sevgisi, unga yetisholmay qiynalgani, Dildorni Nizomjonning akasiga kelin qilib olib berilishi, Inoyat oqsoqolning zulmalriyu, Nizomjonning Nayman choʻlidagi hizmatlari. Bu qismda afsuski Nizomjon oʻz sevgisidan ayrildi. Bu dunyoda chindan sevgan yoridan ayrilish kabi ogʻir dard yoʻq, agar u tirik boʻlsayu va oʻz uyingda kelin boʻlsa.

📑3-qism haqida:

Uchinchi qismda frontda vafot etdi deyilgan Aʼzamjon tirik boʻlib chiqdi, kelib dadasi oʻtkazgan zulmlardan boshi egilib, Dildor va Nizomjonga rahmat aytadi deb turganda, uning ukasiga qilgan qilmishiyu, dadasining Dildorni Nizomjonga xotin qilib berishini eshitib ham aqli kirmadi. Asar soʻngida Aʼzamjonga otasidan qolgan boyliklar haromdan topilgani, xalqni qaqshatib topilgani bois pullar unga nasib etmagani ham achinarli holat.

⚡️Alohida mavzu:
Tursunboy esa asarning alohida bir qahramoni, uning noinsofliligi, ota-onasi uni qanchalik erkalamasin barbir ularni xurmat qilmay, oʻzi bilganidan qolmay, frontdan qochib dadasini yuzini yerga qaratishi asar soʻngida oʻzining ayanchli oʻlimi, sevgilisining esa Nizomjonga tegib bahtli hayot kechirishi albatta alohida mavzu boʻla oldi. Uning jazosi va oʻlimi ham qilmishlariga yarasha boʻldi deyish mumkin. Inson oʻz onasini vafot etganini bilib turib, indamay kuzatib turishi, oʻz qoʻli bilan na otasini, na onasini qabrga qoʻya olmagani oʻz hayotini mazmunsiz, maqsadsiz befoyda oʻtkazganidan dalolat.

✔️Xulosa: Insonlarning mardligi, ulardagi gʻurur, andisha, insof va boshqa odamiy hislatlar albatta tahsinga loyiq.

🏆Shaxsiy baho: 9.0

🕊@axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32
#sovgʻa #kitob

Oʻzimga oʻzim kitob sovgʻa qildim!

Carpe diem guruhimizning navbatdagi tanlovi Mixail BulgakovningUsta va Margarita“ asari boʻladigan boʻldi.

Ikkinchi kitob esa Jorj Oruellning „1984“ kitobi, anchadan beri bu kitobni sotib olmoqchi boʻlib yurgan edim, bugun esa ruscha variantidagisini sotib oldim

For improving my russian .

P.s: kitoblar manbai esa oʻzi keliboq tugaydigan qadrdon Stipendiyam boʻldi😁.
🔥9👍51
#kitob #2025_yil_uchun
2025-yil uchun oʻqimoqchi boʻlgan kitoblarimdan eng birinchisi.

Kuni kecha sotib oldim kitobni. Birinchi ikki betdan olingan taassurot, kitobni tezroq oʻqi deyapti menga)
❤‍🔥4👍2
#carpe_diem #kitob

🌟Carpe diem guruhimizning bu safargi tanlovi, Odil YoqubovningDiyonat“ asari edi.

🌟Bugun ushbu kitobdan olingan taassurotlarni bir joyga jamladik, muhokama qildik.

Kitob haqida:

📑Kitob yozilishi oddiy, murakkab emas. Yangi kitob oʻqishni boshlaganlar uchun yaxshi start bola oladi. Oddiy odam kitobdan ancha narsa oʻrganishi mumkin boʻlgan asar.

📖Haqiqiy rahbar qanday boʻlishi lozimligi, oilaviy munosabatlar, vijdon, prinsipiallik hammasini bir joyda jamlangan bu asarda, eng yoqqan obrazlardan biri bu Abror Shukurov, u gapida qatʼiy turadigan, kuzatuvchan rahbar. Shomurodov domla esa, oʻz prinsiplariga toʻgʻri kelmaydigan narsalar uchun, hattoki eng yaqinlarini fikrini ham inkor eta oladigan odam. Vohid Mirobidov manfaat uchun professor degan maqomga yarashmagan ish qilishi, past ketishi, aynan bunday professor va olim uchun yarashmagan ish menimcha. Soqijon Obidov esa ilm-fan yoʻlida oʻzini hattoki oyoq osti boʻlishiga ham tayyor boʻlgan inson. Qodirjon esa boylikka, mansabga oʻch bola. U qilgan hatti harakatlar umuman oʻsha paytda ham hozir ham, din tomonidan ham zamonaviy tomondan ham xato ish. Obroʻli raisga kuyov boʻlish uchun, hatto oʻz singlisini nomusini toptalishiga rozi boʻlishi bu asl bedodlik, qabihlik.

😊Kitobni albatta tavsiya qilaman, oʻqigandan keyin, bekor oʻqigan ekanman, demaysiz albatta, afsuslanmaysiz.

🏆Shaxsiy baho: 7.0

🕊@axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥3
#kitob

🌟Carpe diem guruhimizning navbatdagi tanlovi: Kobo Abening Qumdagi xotin“ kitobi boʻldi.

P.s: Ad Meliora guruhi ham mutolaani aynan shu kitobdan boshlashdi🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥2🔥1
#kitob #carpe_diem

🌟 Kobo AbeningQumdagi xotin“ asari yakunladim.

Toʻgʻrisi asarni tushunish biroz qiyin boʻldi. Lekin tugatdim.

🌟 Kitob haqida:
Kitobning asosiy qahramonlari Erkak va Ayol. Erkak asosiy kasbi oʻqituvchi, ayol esa shunchaki qaramlik hayotga koʻnikib qolgan bir ayol. Asarni oʻqib bir narsa hayolimga keldi. Avvalgi Oʻzbekiston SSSR tarkibida boʻlgan davrlarni esladim. Faqat yeb ichishi yaxshi boʻlsa, qiladigan ishini umuman qizigʻi yoʻq insonlar hayolimga keldi. Ayol ham, kunlik suv olib kelinsa va ovqat bilan taʼminlab turilsa, butun hayoti davomida faqat qum tashib oʻtishga roziligi, achinarli holat. Erkak esa entamolog va oʻz kasbi fidoyisi.

Agar uncha tasavvur qilishga va tushunishga qiynalsangiz, kitob asosida ishlangan kinoni koʻrishni tavsiya qilaman.

🔗Kinoga havola (18+)

🏆Shaxsiy baho: 7.0

🕊 @axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
#kitob #mutolaa

Navbatgi Mutolaa uchun tanlangan asar, Ulugʻbek Hamdamning Muvozanat“ romani boʻldi.

Avval oʻqiganlarning taʼriflariga koʻra, kitobga yuqori baho berildi. Kitob ham Yangi asr avlodi nashriyoti orqali, juda yaxshi koʻrinishda chiqarilibdi.

🕊 @axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2
#carpe_diem #kitob

🌟 Carpe diem guruhimizning navbatdagi tanlovi Ulugʻbek HamdamningMuvozanat“ kitobi edi!

🌟 Muvozanat asarini tanlaganimizga toʻgʻrisi, afsuslanmadik. Haqiqatan zoʻr asar. Har bir inson hayoti davomida oʻqishi kerak boʻlgan, albatta katta hayotga qadam qoʻyishdan avval oʻqilishi kerak boʻlgan kitob. Albatta tavsiya qilaman, oʻqib koʻring.


📚Kitob haqida:
Kitob asosiy qahramoni Yusuf. U oʻz doʻstlari Said va Miraziz bilan birgalikda har hil yoʻllarda, oʻz hayotlarini boshlashdi. Yusuf oʻqituvchi, Mirazim savdo sohasida, Said esa Vazirlikda faoliyatni boshladi. Ha ular institut davridan beri doʻst edilar. Yusuf doʻstlari kabi oddiy qishloq bolasi. Rahmatli togʻasi Muhammadjon akaning tayinlovlari bilan oʻqishga kirdi.

— Agar qishloqda qoʻy boqib yuraversang, agar seni Toshkentda oʻqitmasa dadang, uning mashinasini yoqib yuboraman.

Muhammadjon aka


Oʻqidi, oila qurdi, qishloqqa kelganda esa, akasi Amirning dinga mukkasidan ketganini va u hayoti davomida faqat, namoz oʻqish, roʻza tutish, chilla oʻtirish va hokazolar bilan cheklangan holdaligini koʻrib, akasiga biroz tushuntirmoqchi boʻldi. Ammo harakatlari behuda ketti. Doʻstlari esa maʼlum bir lavozim egasi boʻlishgandan keyin biroz bu haqida unutishdi. Va alal oqibat asar davomida yagona Muvozanatni saqlashga harakat qilgan personaj ham Yusuf personaji boʻldi.

🧔Shaxsiy fikr:
Inson hayoti davomida doimo Muvozanatni saqlay bilishi kerak ekan, inson uchun hayotida oila va doʻstlari muhim ahamiyatga egaligi, ularga koʻproq eʼtibor berishi kerak ekan. Asar davomida Mirazimning oilasiga boʻlgan befarqligi va dayusligi, Amirning ham faqat din yoʻlida yurib oilasini faqir holatda tashlab qoʻygani. Yusufning esa ilm orqasidan yurib, hattoki farzandi vafot etganda, moddiy tomondan qiynalib turgan boʻlsa ham, hattoki uysiz qolganda ham, oʻzini Muvozanatini saqlay olgani, keyinchalik biroz Istisno qilishga majbur boʻlgani ham, hayotda inson uchun katta saboq boʻla oladi.

Menimcha ham inson hayoti davomida doimo moddiy va maʼnaviy, muhabbat va ilm, din va oila, doʻstlar va pul va hokazo boshqa jabhalarda Muvozanatni saqlay bilishi lozim ekan.

🏆Shaxsiy baho: 8.5

🕊 @axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍31
#carpe_diem

Avvalroq Carpe diem guruhimiz bilan Mixail BulgakovningUsta va Margarita “ asarini yakunlaganimizni aytgan edim. Lekin shu dangasalik va yana ozroq asar murakkablik qilgani uchun post yoza olmagan edim.

Usta va Margarita“ asari:
Asar nafaqat Bulgakovning asarlari oʻrtasida balki boshqa asarlar ichida ham eng yaxshi asar hisoblanar ekan.

Avvaliga biroz tushunish qiyin boʻldi. Asar syujeti bizning mentalitetimizga yot boʻlgab gʻoyalarga asoslangan. Lekin anchagina oʻrgansa boʻladigan jihatlari ham yoʻq emas. Shayton sifatida gavdalangan asar qahramonining bir gapi butun umrga esimda qoldi.

Ha sizlar hali Xudoga ishonmaysizlarmi, Xudo bor. Balki Shaytonga ham ishonmassizlar?

Shu gapdan keyin, Voland shayton borligini isboti sifatida, Berliozning oʻlimini tahmin qiladi. Va albatta shu zahoti Berlioz tramvay bosib ketib vafot etadi.

Asarda din bir qadam oldinga chiqqan, ammo asardagi Usta va Margaritaning bir biriga boʻlgan sevgisini tasvirlash imkonsiz.

Asarda zamonaviy Moskva hayoti hamda Iso Masih tarixi oʻzaro bogʻlangan.

Eng taʼsirlanarli, asosan yozuvchi shoirlar uchun taʼluqli jumla:

Qoʻlyozmalar yonmaydi!


Menga notanish boʻlgan jumla esa:

Shayton bazmi boʻldi


🕊@axadjonsblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
#kitob

Fyodor DostoevskiyJinoyat va Jazo “. Avvaliga kitobni oʻqishdan avval u haqida yozilgan taqrizlar bilan qiziqdim. Kitob janri, psixologik ekan. Bir tanishim aytgan edi, kitobni oʻqigandan soʻng, 1 hafta koʻchaga chiqa olmaganman degan edi. Haqiqatan shunday ekan. Kitobni oʻqish jarayonida hayotimda kulrang fon paydo boʻlgandek boʻldi. Gohida Raskolnikov boʻlib qolamanmi deb qoʻrqdim.

Asar mazmuni:
Asar muallif tomonidan juda ajoyib, hattoki insonni ichki koʻnikmalarigacha yetib bora oladigan holatda yozilgan. Men uchun asar qahramoni, menimcha hammada shunday, albatta Rodion Romanovich Raskolnikov. Sobiq talaba shu bilan birga qashshoq talaba. Uning bu holatga tushishiga oʻzini aybdor deb hisobladim. Qoʻlida bor hunar, yaʼni qoʻlidan keladigan ishga yoʻq, deb tamomila yana shu holatda va yana bundan ham abgor holatda yashaganiga oʻzi mutlaq aybdor. U turadigan hona mudirasining qizini yoqtirib (garchi hunuk boʻlsa ham) keyin uni oʻlimidan keyin, ishni ham tashlagani oʻzini jarga uloqtirgan birinchi ishlaridan biri menimcha. Ammo ikkinchi tomondan Raskolnikov inson uchun qaygʻura oladigan personaj. Chunki bogʻdagi qiz va, Marmeladovga qilgan yordami, unda biroz boʻlsa ham insoniylik hilqati qolganini isbotlaydi. Asarda Raskolnikov tamomila oʻz jinoyatiga iqror boʻlishi juda qiyin boʻldi, hattoki Porfiriy Petrovichning siquvlariga qaramay shuncha payt oʻz aybini yashirdi. Ammo asar soʻngida, uning Marhum Marmeladovning ayoli (gubernatorning qizi) Sonya bilan boʻlgan aloqasi, yani muhabbati unga oʻz aybini tan olishga turtki boʻldi.

Asarni yoqqan va yoqmagan joylaridan parchalar:

* Dunyaning, Svidrigaylovga bir manoda pul uchun, turmushga chiqishni hohlagani meni biroz taʼsirlantirdi. Nahot inson hayotini arzimagan pulga alisha olsa, ammo bir tomondan oʻyladimki u majbur ham edi.

* Raskolnikovning Razumihin tomonidan taklif etilgan kitoblar tarjimasini rad etgani, ahir u shu yoʻldan ketganda balki hayoti yaxshilangan boʻlar edi.

* Va albatta soʻngida „Har qanday jinoyat albatta jazolanishini, garchi u yaxshilik yoʻlida qilingan boʻlsa ham“ degan xulosaga keldim.

Ha shunday qanday Jinoyat qilmang, albatta jazo boʻladi. Garchi bu jinoyat ortidan yaxshilikni koʻzlagan boʻlsangiz ham.

Xulosa: Kitob juda yoqdi, lekin bu asar bir marta oʻqiladigan asar emas ekan, qayta-qayta oʻqish albatta asar mohiyatini yaxshiroq tushunishga yordam bera oladi.

@axadjonsblog
❤‍🔥2🔥2
#kitob #carpe_diem

Carpe diem guruhimiz bilan navbatdagi tanlagan kitobimiz Abdulhamid Choʻlponning Kecha va Kunduz“ romani edi.

Kitob haqida:
Tan olish kerak, asarda badiiylikka yaxshi eʼtibor berilgan. Mukammal lekin sodda boʻlgan soʻzlar bilan asar mazmunini, muallif bizga yetarlicha yetkazib bera olgan.
Asarda ayollarning pastga urilishi, qizlarga qoʻyilgan taqiqlar, rahbar va yordamchilar oʻrtasidagi munosabat, jadidlarning avval qoralangani, keyinchalik esa aynan kitob qahramoni buni tushinib yetgani mukammal yetkazib berilgan.
Shaxsiy fikr:
Toʻgʻri, har bir erkak, oila boshligʻi, ayolini kuni boʻyi uyda oʻtirishini, nomahramlar koʻzidan yiroq boʻlishini hohlaydi.
Ammo kelajakdagi farzand tarbiyasi ham, aynan ayolga bogʻliq. Agar ayol ilmli boʻlsa, farzandlar ham albatta ilmli boʻladi. Ayollarga qoʻyiladigan taqiqlar bilan beriladigan erkinlik oʻrtasidagi Muvozanatni saqlay olgan erkak, kelajakda albatta afsus qilmaydi.
Keyingi masala esa, ayolga boʻlgan eʼtibor.

Tavsiya qilaman

@axadjonsblog
❤‍🔥2
#kitob #mutolaa
„Carpe Diem“ klubimizdagi navbatdagi mutolaamiz Oʻrxon PomuqningMening otim qirmizi“ kitobi boʻladi.

Kitob boʻyicha savol tuzish navbati, bu safar meniki, yangi kitob, aytishlari boʻyicha yangicha janr.
🔥2
#kitob #mutolaa

Carpe diem guruhimizning navbatdagi tanlovi Ulugʻbek HamdamningToʻrtkoʻcha“ romani boʻldi.
Avvalroq guruhimiz bilan birgalikda mutolaa qilgan „Muvozanat“ romanining mantiqiy davomi ham deyishdi asarni.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytish mumkinki, asar qahramonining hayoti yozuvchi hayoti bilan bir hil ekan.

@axadjonsblog
4❤‍🔥2
#kitob

Kutubxonam uchun, yangi kitob!