Axadjon's blog
132 subscribers
441 photos
40 videos
1 file
161 links
Axadjon Ibrohimov shaxsiy blogi:

🗒️Kitoblardan foydali iqtiboslar
📖Shaxsiy fikrlar (#foydalipost)
🌐 Oʻzbekcha Vikipediya haqida maʼlumotlar
🎙️Foydali podkastlar
📽️Qiziqarli videolar
🎧 Musiqalar

Va oʻzim haqimda))

Manfaat vaʼda qilmayman!
Download Telegram
#note #foydalipost

Yoshlar uchun kerakli bo‘lgan 10 ta oltin qoida.

1. Boshqalarga bog‘liq bo‘lmaslik va baxtli bo‘lish uchun – mustaqil o‘qib bilimingizni va tajribangizni oshiring.

2. To‘g‘ri xulqingiz orqali hurmat qozoning.

3. Qancha ko‘p o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lsangiz, shuncha yaxshi. Siz bir hafta ichida 1 ta kitobni bemalol o‘qishingiz mumkin.

4. Hamma bilan munosabat qilishga harakat qiling. Sizga qandaydir fazilati yoki qobiliyati yoqadi insonlarni toping, ular bilan o‘z fikrlaringizni bo‘lishing.

5. Vaqtingizni behuda sarflamang.

6. Munosabat vaqtida ayrim insonlarning xatti harakati, yomon xulqi sizni hayron qoldirsa, ular bilan munosabatni uzing.

7. O‘zingizdan katta yoshdagilar bilan ko‘proq munosabat qilishga harakat qiling. Hayotingizda muhim qaror qabul qilishda, sizga o‘z tengdoshlaringiz unchalik yordam bera olmaydi. Yoshi kattalarda esa tajriba bor. Shuning uchun ular bilan maslahatlashing.

8. O‘zingizdan iqtidorli va tajribali insonlarni qidiring. U bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing. U inson bilan teng bo‘lishga harakat qilmang. Eng muhimi mulohazali, ko‘ngilchan, idrokli, o‘quvli bo‘ling.

9. Vaqt o‘tishi bilan siz konservativ ya’ni, eski fikrlarga yopishib qolasiz. Bu oddiy fakt. Atrofdagi insonlarning fikrlari sizni asossiz o‘rab oladi. Ular xuddi sovun pufakchalarga o‘xshaydi. Ko‘rinishi chiroyli, ammo bu pufakchalar uzoq saqlanib qolmaydi. Shunday ekan o‘z fikringizda va ko‘zlagan maqsadingizda mahkam turing. Yangi g‘oyalarni amalda qo‘llang.

10. Xarajatlaringizni maksimum kamaytiring. Sababi siz tejagan pulingizni yuqorida aytib o‘tilgan yangi g‘oyalaringizni amalda bajarish uchun sarflang.

Manba@axadjonsblog
👍2