Forwarded from Bobil Kutubxonasi
Kecha universitet guruhida bir tortishuv boshlandi. Magistraturadagi qizlardan biri yakuniy imtihon haftasining o'rtasida hech kimga aytmay viloyatiga ketib qolibdi. Odatda bunday masalalar guruhda muhokama qilinmas, to'ppa-to'g'ri dekanatga berilardi. Ammo, bu gal kafedra rahbarining chindan jahli chiqqan, qizni o'rtaga olib, 'razbor' qilmoqchi bo'ldi.
Guruhda u qiz qanchalik hech narsa bo'lmadi, o'zim ketdim, desa ham bosim o'tqazilaverdi. Biz ham domlaga qo'ying, dedik. Lekin, domla aynan bizga ibrat bo'lsin, deb qizdan javobni sug'urib olishga intilardi.
Qiz oxiri yorildi. Tajovuzga uchradim, dedi. Bir kunda ikki marta.
Bu hikoyani qizning o'zidan ruhsat olib yozyapman.
Qisqasi, u va dugonasi yashaydigan kvartiraning pastki qavati notinch edi. Baqir-chaqir, kechasi ikkida ham shovqin-suron. Bu qiz garchi ikki-uch marta politsiya chaqirgan, domkomga shikoyat qilgan bo'lsada, kor qilmabdi. Keyin kechadan oldingi kun bir narsa aniq bo'ladi: pastki qavatdagi ikki yigit avval turli qizlar bilan sevgili bo'lar, ularni uyga olib kelgach esa turli dorilar berib... ishqilib, u uy fohishaxonaning o'zi ekan. Bizning qiz bundan bir hafta avval o'sha kvartiradagi yigitlardan biri tuzni bahona qilib chiqqani va u bilan gaplashmoqchi bo'lgani, ammo o'zi qattiq gapirib, 'tuz yo'q' degancha haydaganini eslaydi.
Bu ishlardan dahshatga tushgan kursdosh qiz domning pastidagi do'kopnchaga tushadi. Chunki, uyoqdagi sotuvchi amaki ham o'sha domda yasharkan. Qizning gaplarini eshitib, 'buni bilardim, men ham politsiyaga aytganman, lekin u bolalar politsiyaga ham pora berishgani uchun hech kim ularga tegmaydi', debdi. Qiz shokda. Keyin esa sotuvchi amaki shunday debdi:
'Sen bu mahalladagi qizlarga o'xshamaysan. Kiyimingdan meni ol, degandek bo'lasan. Seni uyimda bir mehmon qilaymi?'
Qiz, u amakidan yordam so'rab chiqqan qiz ikkinchi shokni ko'tarolmay o'z uyiga qochadi... Ertasi kun esa azbaroyi depressiyadan avtobusga o'tiradiyu ota-onasining yoniga ketadi...
Bu voqea albatta achinarli. Ammo, qizning undan chiqargan xulosasi battar dahshatli edi.
"Men faqat o'qimoqchi edim. Bilasanmi, o'sha kuni kalta yo tor ham kiymagandim. Bitta shim, kofta va ustimga universitet bergan birinchi oyligimdan olgan paltomni kiygandim. Endi u paltoni kiyolmayman, chunki har qaraganimda ayollarni xo'rlagan haligi qo'shnilar va yordam deb kelgan ayolga ham tajovuz qilishdan tap tortmaydigan isqirt chol keladi xayolimga. Bor yo'g'i o'qimoqchi edim. Nega yoshi katta ayollarning biz qizlardek shodon, baxtiyor bo'lmasligini endi bildim. Erkaklar ularga tajovuz qilaverib butun tiriklik istaklarini o'ldirib yuborarkan. Bizning shahvatimizni qo'zg'ama, bizdan yordam so'rama, biz istaganimizni bermasang, seni qopqondagi sichqondek xo'rlaymiz, deb ayollarni ezib tashlasharkan. Men endi avvalgi qiz emasman. Hatto kelajakda bir erkakka to'liq ishonolmasam ham kerak. Dadamdan nafratlana boshladim. U ham balki biron qizga tajovuz qilib, u ayolning ichidagi yorug'likni o'ldirgandir? O'zimdan, o'z vujudimdan jirkana boshladim. Men yonidan o'tib ketayotganda ko'zini lo'q qilib turgan erkaklar meni bulg'agandek. O'zimdan nafratlanaman endi..."
Qizning bu gapiga domla tushunaman, uzr deb javob berganida qiz tutaqib ketdi. Tushunmaysiz, bir erkak tajovuzga uchragan ayolning ichidagi o'lik isini hech qachon to'liq tushunolmaydi. Siz balki ko'chadagi ayolga gap otganingizda buni arzimas sho'xlik deb o'ylarsiz, lekin bu u ayolning nafaqat butun kuni, balki butun umriga yetarli travma bo'lishi mumkin...
Buni Bobilga yozyapmanu sababini bilmayman. Qizning aytishicha, opasi homilador ekan. Qiz bo'lmasin, deb duo qilyapman, dedi... Uning gaplaridan keyin o'yladim. Men o'zim bilmay qancha ayolning o'zidan nafratlanishiga sabab bo'ldim ekan?
Ba'zi ahmoqlar ''bugun haqiqiy erkaklik yo'qoldi, ayollar gapini o'tqaza boshladi, erkaklar erkaklikdan uyaltirilyapti
, deb qoladi. Agar ayollarni asrlar davomida shunday xo'rlagan narsa ular nazdida erkaklik bo'lsa, balki chindan nafratga arzir. Ammo, biz erkaklik, deganda buni nazarda tutmagandik.
Mirzohid
@bobil_kutubxonasi

👍11❤2🔥2
Forwarded from The Stranger
Fyodor Dostoyevskiyning oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan kitobi – "Yer ostidan maktublar"ini oʻqiyapman. Doimgiday hissiyotlarga boy, mulohazaga chorlovchi joylari koʻp. Quyida asardan ozginasini tarjima qildim:
– Agar qizim boʻlsa, uni oʻgʻillarimdan koʻproq sevsam kerak.
– Nega?
– Bilmasam, oʻzim shunchaki, Liza. Bitta odamni tanirdim. Turqidan ot hurkadigan qoʻrs odam edi. Biroq qizining oldida mutlaqo boshqa odamga aylanar, uni erkalab-erkalab sira toʻymasdi. Qizi balda raqs tushganida besh soat bir yerda qimirlamay, hatto koʻzini pirpiratmay, ixlos bilan tomosha qilardi. Shunchalik yaxshi koʻrardi qizini. Qizi charchab uxlab qolar, bedor ota esa unga termulib oʻtirardi. Oʻzi kir-chir kiyinar, birovga bir tomchi tomizmas, qizidan esa soʻngi chaqasini ham ayamas, qimmatbaho sovgʻalar olar, sovgʻasi qiziga yoqsa baxtdan yettinchi osmonga uchardi. Otalar qizlarini doim onalardan koʻra koʻproq yaxshi koʻrishadi. Ba'zi qizlar ota uyda qirolichaday yashashadi. Menimcha, qizim boʻlsa uni erga bermasdim.
– Qanaqasiga?
– Qizgʻanaman-da axir, oʻlay agar. Begona erkakni qanday oʻpadi, qanday qilib uni oʻz otasidan koʻproq sevadi? Buni oʻylashning oʻziyoq dahshat. Bilaman, valdirayapman, biloxir hamma koʻnikadi. Lekin menga shunday tuyuladiki, uni erga berguncha oʻzimni xarob qilaman, nomzodlarni birma-bir chiqitga chiqaraman. Oxirida oʻzi sevgan odamga beraman. Ammo qiz sevgan yigit doim otaning nazdida talabgorlarning eng nomaqbuli boʻlib koʻrinadi. Ha, har doim shunaqa boʻladi. Koʻp oilada shuning ustida kelishmovchilik chiqadi.
– Qizlarini hurmat-izzatda uzatish nari tursin, sotishga ham rozi oilalar qancha.
– Sevgi nimaligini bilmaydigan badbaxt oilalarda shunaqa boʻladi. Sevgi yoʻq joyda aql ham boʻlmaydi.
@salimov_blogi

👍7❤3
#mulohaza
Instagramda bir turkcha video ko’rgandim qachonlardir. Unda qiz farzandni ota yaratadi, deyilgandi. Ya’ni qiz bolaning dunyoga, hayotga, ayniqsa erkaklarga bo’lgan qarashi avvalo otasi ta’sirida shakllanadi. Mehrga to’yib, oilada o’z o’rniga ega bo’lgan qizning qadriyatlari boshqacha bo’ladi, birovning xasmi, baribir vaqtinchalik mehmon deb o’g’il farzanddan kam ko’rib o’stirilgan qizniki boshqacha.
Tug’ilib o’sgan joyidan mehr ko’rmagan har kim uni tashqaridan qidirishga urinadi.
Ota mehri va e’zozi – bir qiz tuyishi kerak bo’lgan eng muhim hislardir.
Keyin yana bir videoga ko’zim tushdi. Unda qiz bolaning hech qachon uyi bo’lmaydi: tug’ilgan uyi – otasining uyi, keyingisi turmush o’rtog’iniki va oxirida o’g’lining uyida yashaydi kabi gaplar edi. Menga bu narsa qandaydir erish tuyildi. Shu sanalgan uch erkak ham uning eng yaqinlari-ku, bunday qarash ayol-qizlarning ko’ngliga “sig’indilik” yo “malollik” o’ylarini solib qo’ysa kerak. Balki bu o’ylar allaqachon qancha mushtiparlarning xayolidan joy olgandir. Bilmadim…
Bilganim, bu postdagi Dostoyevskiy ta’riflagan ota (albatta, qo’rslik va salbiy qismlardan tashqari) meni dadamga juda o’xshab ketarkan. Hatto o’qiganda kulib yubordim. Balki yolg’iz qizligim uchun shunday munosabat ko’rgandirman, yana bilmadim.
Lekin… shu yoshga kirib “sig’indilik” yo “birovning xasmi” degan qarashga, nigohga duch kelmadim. Ayniqsa, dadam tomonidan. Bizda katta ehtimol bilan Dostoyevskiy yozgan vaziyat bo’lsa kerak:)
Mayli, onalarda bo’ladi: “Uy ishlarini o’rgan, bu ovqatni qil, uni qil, ertaga kelin bo’lsang, nima qilasan?”, kabi gaplar. Ammo yuqorida aytganimdek, qiz farzandlarni otalar yaratadi.
@asqaraliyeva

🔥8❤4
#teatr
"Menga muhlat bering. Bu faqat vaqtincha. Menga ikki yil muhlat bering. Shu ikki yil ichida albatta muvaffaqiyatga erishaman, oʻshanda asarlarim talash boʻlib ketadi”.
Toshkentga kelib ko’rgan birinchi spektaklim “Jaydari Martin” bo’lgan. O’shanda omadim kelgan ekan. Keyinchalik davlat teatrlariga bir necha marotaba tushdim, boshqa xususiy teatrlarga ham bordim, lekin “Shamsi Qamar” teatr-studiyasi Jaydari Martini bilan esimda qolgandi. Birinchi marta borganimda hali “Martin Iden” asarini o’qimagan edim, pandemiyadan endi qaytgan davrlar. Spektakl Martinga bog’liq bo’lgani bilan, qahramonlar ham, voqealar ham shu davrda, shu yerda bo’ladi.
Voqealar rivoji haqida aytmoqchi emasman. Bugun borganimda payqagan narsam spektakl davomida Martinning o’zgarishiga sababchi bo’lgan Ruf ismining biron marotaba tilga olinmagani. Butun boshli teatr Martin va uning orzulari haqida. Qayta-qayta yangragan “Menga muhlat bering” gaplari aynan Rufga qarab aytilgandi asarda. “Martin Iden” shunchaki juvonmarg bo’lib ketgan sevgi va yigit taqdiri emas, orzu va unga erishish yo’lidagi ayovsiz jarayon haqida. Asarni o’qish jarayonida Martinni yaxshi ko’rgandim, chin dildan. Rufdan farqli o’laroq, uning gavdasi-yu, ko’rkamligi va mushaklariga emas, ko’ngliga, soddaligiga va muhabbati uchun kurashishiga oshiq bo’lgandim. O’zi odatda, siz asar qahramonining tashqi sifatlariga qarab ko’rinishini xayolingizda to’la chiza olmasangiz ham, aynan xarakterini xayolingizda gavdalantira olasiz. Martin ham shunday edi men uchun.
Spektakldagi Jaydari Martin esa yelkasiga orzusini ortmoqlab, Toshkentga kelgan-u, manzilga yetganda o’sha yelkaga tirikchilik va kun ko’rish, pul topish degan g’ishtlar qo’shilib, olib kelgan orzusi tushib qolganlar haqida. Va jamiyatimiz yosh, jaydari martinlarga to’lib yotibdi. Ular so’ragan muhlatni esa hamma ham bera olmaydi, ishonmaydi, imkon haqida gapirmasa ham bo’ladi.
Iste’dodini va orzusini maishiy hayot orasida boy bergan Martinlarga esa hurkak, ko’zi yerga qaragan, hayoti qishloq adirlaridan nariga o’tmagan qo’shni qizlar nasib qiladi. Xuddi spektakldagidek. Vaqt hech qachon shafqat qilmaydi.
Spektaklga singdirilgan adabiyot umuman boshqa mavzu. Xo’jayor, Jontemir, Tillaniso she’rlaridan eshitasiz. Marsel Prust, Jeyms Joys, Markezlar-u bir qator kino rejjisyorlar ismi tilga olinadi. Va shu oddiy g’isht teruvchi Jaydari Martinlar diplomli, oliy ma’lumoti bor filologlardan ko’p narsani bilgan bo’lib chiqadi. Xuddi asarda Martin Rufdan o’zib ketgandek.
Iqbol Mirzoda bir misra bor edi: “U qizni sevish mumkin, Lek uylanib bo’lmaydi”.
Martin ham faqat asarlarda seviladi, spektakllarda seviladi, xayollarda seviladi, reallikda esa ko’zingizga vaqt so’ragan noshud bo’lib ko’rinadi. Afsus…
Jaydari Martinlar ko’zingizga noshud bo’lib ko’rinmadimi, demak, maishiylik sizni yutib yubormabdi. Halicha…

❤7👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlik
Bugun anonim botga “Sizni sog’indik, ustoz” degan xabar kelibdi. O’ylab qarasam, o’zim ham o’zimni sog’inibman…
Va adabiyot…. Va dars… Va ular….

❤29🤩4👍3🔥2👏1
Siz o'shamu
Shuhrat Qayumov
Bugun shoir Xurshid Davron tug’ilgan kun edi. Umrlari uzoq bo’lsin ustozning.
Qo’shiq esa aynan she’rning go’zalligi bilan ham mukammal.
Peshonamga taqdir bitgan
Yuragimni abgor etgan
Otabegim deya kutgan
Siz o’shamu? Siz o’shamu?
✍️Xurshid Davron

❤13👍2🤩2
Forwarded from Mahin's World
❤9😁1😢1🤩1
#mulohaza
Kitob o'qigan ayol osonlikcha sevmaydi, u shunchaki o'zining mayda detallariga o'xshab ketadigan ruhiy hamkasbini qidiradi.
Hozir insta olamda Dostoyevskiy trendga chiqqan bo’lsa (ayniqsa, “Oydin tunlar”dagi o’sha mashhur iqtibos), bir vaqtlar yuqoridagi gap ham anchagina aylangandi. O’zi rostan kitob o’qigan qizlarning ko’ngil qo’yishi qiyinmi?
Kitobxon qizlar qahramonlar xarakteriga qarab ularga bog’lanib qoladi. Ko’p ehtimol hayotda ham shunga rioya qilishadi. Masalan, “Ufq”dagi Azizxonning zabardastligi aytilgan, bezoriligi aytilgan, lekin uni yoqtirib qolishimga aynan Lutfinisoni asrashi, avaylashi va olib qochishgacha jur’at qilishi sabab bo’lgandi.
Odatda munosabatlarda ikki taraf ham bir-biridan uni baxtli qilishni kutishadi. Birinchi qadam, birinchi xabar, birinchi sovg’a va hokazolarning birinchisini. Balki kitobxon qizlar ham asarlarda o’qigan obrazlarini ideallashtirib, qarshisidagi insondan shuni kutgani uchun osongina sevib ketolmas.
Masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Mutolaaga bog’langan, san’atga bog’langan, umuman olganda, o’zini o’zi xursand qila oladigan va bularning hammasini yolg’iz bajargan qiz ham boshqa odamdan keladigan mehr yoki baxtni kutmasa kerak. O’zining dunyosida baxt yarata olgan va xayoliy komfortda yashayotgan qizlar bora-bora sovuqqondek tuyilishi ham mumkin.
Misol uchun, o’zim imkonim, vaqtim va birinchi galda kayfiyatim bo’lganda muzeyga, teatrga yoki biron orkestr konsertiga borishim mumkin. Oxirgi vaqtlar bu ishlarni Kumush bilan birga qildik. Lekin ungacha bir o’zim boraverardim. Bunday joylarga borganda zerikish yoki sheriksiz degan narsaning ahamiyati qolmaydi. Xayolingizgdagi “Men”ingiz bilan suhbat quraverasiz.
Hayotda sovuqqon ko’rinsam ham, Boburning “Lola” g’azaliga ishlangan qo’shiqni ko’zim mo’ltillab eshitishim, o’sha “Oydin tunlar”dagi xayolparastga hayotdagi xayolparastlardan ham ko’proq achinishim mumkin.
Hatto 3 yil avval telefonim ringtoniga Motsartning “Turkish march” musiqasini qo’yib qo’yganimda ayam g’alati qaragani ham rost.
Butun boshli muhabbat mavzusini qamrab olgan orkestrga hamma sherigi bilan kelganda ham bir o’zim borib mazza qilib kelganimga ko’p bo’lmadi.
Orzularim orasida dunyodagi eng katta muzey, san’at galareyasini soatlab sayr qilish, Milandagi La Scala opera teatrida arealar eshitish va men uchun eng zo’r bastakor Yannining konsertini jonli tinglash bor. (Biroq Yanni hozir 70 yoshda)
Va bularni yolg’iz ko’rishdan va eshitishdan nolimayman, aksincha ayni muddao deyman. Sababi ichingizga otgan, ko’mib tashlagan qaysidir hislarim shu yerlarda yuzaga qalqiydi. Yonimdagi odam buni ko’rishini esa istamayman.
Aslida faqatgina kitob o’qigan qiz emas, o’zining shaxsiy hobbilari va mashg’ulotlari bo’lgan qiz osonlikcha ko’ngil bermaydi.
Mana nimaga “Sohibjamol va maxluq”dagi kitobxon qiz maxluqni sevib qolgan, kitobidan rasm qidirgan Gastonni emas))😇

❤20👍5🔥3🤩3
Forwarded from The Stranger
Yana yurdim bugun o‘sha yo‘llardan,
Yayov tentiradim oqshomga qadar.
Bizlar baxtli edik ! Men oshiq edim !
Bugunda sen yo‘qsan, men bir darbadar...
Qo‘l ushlashib ketdi bir yigit, bir qiz,
Birdan yetmay qoldi menga havolar.
O, ular naqadar baxtiyor juftlik !
O, ular bo‘lajak baxtiqarolar !
Ilhom Salimov

❤13👍4🔥3🤩1
Forwarded from Mohichehra A’zam 📚
#nazm
Yig‘lama,
Nega yig‘laysan?
Odamlar nima deb o‘ylaydi, axir!
Ular o‘ylaydiki,
“Ayrilishar ekan-da, sho‘rliklar...”
Holbuki, bugun biz sen bilan
Uzoq muddatdan so‘ng ko‘rishdik.
Yig‘lama.
Muhammad Solih
@boqiy_darbadarr
Yig‘lama,
Nega yig‘laysan?
Odamlar nima deb o‘ylaydi, axir!
Ular o‘ylaydiki,
“Ayrilishar ekan-da, sho‘rliklar...”
Holbuki, bugun biz sen bilan
Uzoq muddatdan so‘ng ko‘rishdik.
Yig‘lama.
Muhammad Solih
@boqiy_darbadarr
❤14👍4🤩1
Forwarded from New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi
✅ Universitetimizda 15-fevral kuni "Fonus" she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, izlam toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.
📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz.
👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)
Men o’zimni sendan izladim…
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#izlam #adabiyot #shoirlar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
✅ Universitetimizda 15-fevral kuni "Fonus" she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, izlam toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.
👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)
Men o’zimni sendan izladim…
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#izlam #adabiyot #shoirlar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥4🤩2👍1
#tarjima
“Yo’qotishingni bilib turib nega harakat qilyapsan”, dedi. O’lishini bilgan holda yashayotganini unutgandi shu vaqt u ham.
Indamadim.
O’zdemir Asaf

👍8❤7🤩1
O'zbekiston Det [uzhits.net]
Binafsha
Olis bolalikni eslatuvchi qoʻshiq. Ha, biz hali qarimadik, lekin juda olisga ketganimiz rost. Biz oʻshanda bola koʻnglimiz bilan vatanni sevardik, unga daxldorlik his qilardik, ertamizga ishonardik. Vatanga boʻlgan hislarimizni ham, balki vatanimizni ham boy berib qoʻydikmi, bilmadim.
@salimov_blogi
@salimov_blogi
😢7👍2🤩1
Bibliophile Asqaraliyeva
Binafsha – O'zbekiston Det [uzhits.net]
#xotira
Bu qo’shiqning qanchalik nostalgiya kayfiyatini berganini, sog’inchni his qildirganini so’z bilan ta’riflash qiyin.
Xayolimga kelgani – endi dugonalaring bilan maktabga qaysi kiyimni kiyib borishing, bugun nechta “5” baho olganing, qaysi sinfdosh yigit xat uloqtirgani, bayramlarda, ayniqsa Navro’zda dasturxonga qanaqa ovqat pishirib kelishing haqida suhbatlasha olmaysan. Hech qachon.
Suhbat mavzusi qachon ish, oila, turmush, hattoki farzandga o’zgarganini bilmay qoldim.
Bir oylar avval metrodagi ekranchadagi reklamada bir qizaloq dadasining yelkasiga chiqib, xush-xandon kulayotgan sahnani ko’rgandim. O’shanda taxminan kechki soat 10 larda uyga qaytayotgandim. Bir tarafdan Toshkentdaligim uchun ota-onamni qattiq sog’inganimni tuydim, boshqa tarafdan va eng og’ir botgani – endi hech qachon kichkina jussa bilan dadamning yelkalariga chiqa olmasligimni, zabardast qo’llarida oyoqlarim yerdan uzilib, boshim osmonlarga yetmasligini, ayamning esa maktabga forma olib berishlari-yu, oq lentani taqishga majburlashlariga xarxasha qila olmasligimni his qildim.
Chuqur his qildim.
Bolalikda tezroq katta bo’lish qanchalik ahmoqona orzuligini endi tushunyapman.
P/s: Qo’shiq deyarli esimda ekan. So’zma-so’z))

❤11👍4🔥4🤩2
#mutolaa
–Aka, muhabbat nima?
Men horg’in kulimsiradim.
– Uni boshidan kechirmagan odam bilmaydi… U yurakka sodir bo’ladi, Nosirboy. Uni ko’rsatib ham bo’lmaydi. Jahlingiz chiqqanda, birovni urasiz. Quvonganda – suyasiz… Muhabbat ham shunga o’xshash narsa… Lekin u nodir his. Boyagi hislar ham kezi kelganda unga bo’ysunadi, ukam.
✍️Shukur Xolmirzayev
“Bodom qishda gulladi”

❤8👍4🔥4🤩1
Forwarded from The Stranger
Masalan, inson qalbiga yaqin insonni topgandagina chinakamiga yashay boshlaydi.
❤23🤩4👍1
#kayfiyat
Bugun ko‘rishaylik,
Yomg‘irni qara!
Suvga bo‘kkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Ko‘ngil – tashrifingga,
Yo‘q dema faqat.
Bugun ko‘rishaylik, xiyobonni qo‘y,
Soyabon ko‘tarib yurish ham mahol.
Yo‘qsul peshonamda g‘aribgina uy,
Unga ikki olam sig‘ar bemalol.
Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan,
Xo‘mray ta’qiqlarga,
Yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman,
senga termulib.
Bugun ko‘rishaylik, ikkilanma hech,
Urinma boshqa kun fursat topishga.
Piyoda yo‘lga tush – avtolar sotqin.
Nozik badaningga chippa yopishgan
jiqqa ho‘l libosda ko‘zimga botgin.
Dovdirab eshikka suyanib qolay,
Yomg‘irda ivigan qaro sochlaring
uchidan chakillab tomgancha sharbat
dildirab uyga kir,
Dood, iforingdan,
Shilq etib yiqilay, sarxush-u sarmast.
Kel, hozir ko‘ksimning ichi to‘la ganj,
Yor, uni, yor! Uni,
Yorug‘ nurdanam.
Kechiksang befoyda, yomg‘ir to‘xtagach,
Aylanib qolaman sovuq murdaga.
Bugun ko‘rishaylik,
Yo‘q dema faqat...
Jontemir
@asqaraliyeva
Bugun ko‘rishaylik,
Yomg‘irni qara!
Suvga bo‘kkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Ko‘ngil – tashrifingga,
Yo‘q dema faqat.
Bugun ko‘rishaylik, xiyobonni qo‘y,
Soyabon ko‘tarib yurish ham mahol.
Yo‘qsul peshonamda g‘aribgina uy,
Unga ikki olam sig‘ar bemalol.
Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan,
Xo‘mray ta’qiqlarga,
Yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman,
senga termulib.
Bugun ko‘rishaylik, ikkilanma hech,
Urinma boshqa kun fursat topishga.
Piyoda yo‘lga tush – avtolar sotqin.
Nozik badaningga chippa yopishgan
jiqqa ho‘l libosda ko‘zimga botgin.
Dovdirab eshikka suyanib qolay,
Yomg‘irda ivigan qaro sochlaring
uchidan chakillab tomgancha sharbat
dildirab uyga kir,
Dood, iforingdan,
Shilq etib yiqilay, sarxush-u sarmast.
Kel, hozir ko‘ksimning ichi to‘la ganj,
Yor, uni, yor! Uni,
Yorug‘ nurdanam.
Kechiksang befoyda, yomg‘ir to‘xtagach,
Aylanib qolaman sovuq murdaga.
Bugun ko‘rishaylik,
Yo‘q dema faqat...
Jontemir
@asqaraliyeva
❤8🔥4🤩3👍2
Forwarded from The Stranger
– Olrij, kimnidir baxtsiz qilgan kishi oʻzi baxtli boʻlolmaydi.
– U baxtli yashayapti-ku, afandim.
– Chunki uni kechirganman...
– U baxtli yashayapti-ku, afandim.
– Chunki uni kechirganman...
🔥8❤4😢3👍1
#kayfiyat
Orzu qilish huquqi degan ibora kelib qoldi xayolimga.
Ikki kun avval. Balki undan avval ham kelgan-u, lekin e’tibor bermagandirman.
Bugun Amerikaga uchib ketyapman. Okeanorti yurtiga. Martin Iden, Getsbi yaralgan mamlakatga. Hatto uch oy oldin ham xayolimning bir uchiga kelmagandi.
O’tgan yili “Buyuk Getsbi”ni o’qiganimda Getsbining buyukligi shu ulug’vor Amerikaning buyukligiga qiyoslangan degan fikrni ham o’qigandim. Chunki asarda ham, kinosida ham hozirgi Amerika poydevorining qurilishi aks etgandi.
Endi orzu qilish huquqiga qaytsak. Kecha 15-iyun Xalqaro otalar kuni edi. Menga ham aynan orzu qilish huquqini dadam hadya etgan. Bir ota-onaning farzandiga bera oladigan eng qimmatli sovg’asi – uning orzulariga erishishga sharoit yaratib berishi, sharoit yarata olmasa, unga to’sqinlik qilmasligi.
Aynan orzular ortidan erishishga yaratilgan sharoit orqali bugun shu darajadaman, deya olaman.
Albatta, daraja deganda boshqalar bilan taqqoslashmas, balki o’tgan yilgi Nigora bilan bugungi Nigoraning xayollari, tasavvurlari ancha farqli. Dadil. Muhabbat va ishonchga to’la.
Shu rasmdagi qizcha kabi o’zbekligini qalbiga tuggan, qo’lida o’zidan katta portfeli bilan ilm ortidan ketgan Nigoradan faxrlanaman.

❤23👍4
Forwarded from The Stranger
Agar qaysidir sheʼrni muallifidan tortib olish imkoni berilsa, shuni tanlagan boʻlardim.
❤12👍1