Bibliophile Asqaraliyeva
300 subscribers
581 photos
66 videos
10 files
257 links
Kitob va uning atrofidagi olam haqida...
Download Telegram
#tarjima

Onları öfkeme layık bulmuyorum. Öfkem bana ait bir şey. Yakın hissetmediğim birine nasıl gösteririm onu.

Oğuz Atay

| Ularni gʻazabimga loyiq koʻrmayman. Gʻazabim oʻzimga tegishli. Yaqin bilmaganim biriga uni qanday koʻrsatishim mumkin?!


@asqaraliyeva
👍3
#tarjima

Agar suvarakni o’ldirsang, qahramon, kapalakni o’ldirsang shaytonsan. Axloqning estetik mezonlari bor.

Fridrix Nitsshe


@asqaraliyeva
🔥72👍1😢1
#tarjima

360 daraja

Dunyoning aholisi ikkiga ajraladi,
Yarmi sen bo’lasan, yarmi men…
So’ngra ikkimiz bir butun bo’lamiz
Hech kimga sezdirmayin…

O’zdemir Asaf


@asqaraliyeva
9👍9👎1😢1
#tarjima

O’rta Sharqda qizlar tug’ilsa, ajalidan besh kun avval o’lishardi. Ilk yemagini onasidan olgan, lekin ichgan kosasiga tupurgan holda, erkak buni ko’rmasdan kelgan. Shunchalik ko’p qizlar ko’mildiki, hatto tuproq ham uning o’ziga aylandi. Shu sababli tuproqqa ona deyildi. Qizlarni tiriklayin ko’ma-ko’ma yerni ham ayol qilishgandi. So’ngra tuproq unumsiz va bepusht bo’ldiki, bunga esa ayol intiqomi deyildi.


“Zarar” Hakan Gunday

@asqaraliyeva
13👍4
#tarjima

Joniga qasd qilgandan keyin “She’r yozishini ham bilmasdim. Bir burchakda qitir-qitir nimalardir yozardi”, degan turmush o’rtog’iga bir she’rida: “Begonalarning eng yaqini eding sen!” deb bitgandi Nilgun Marmara.
O’lim anglatmaslik emas, anglashilolmaslik.

*suratda 29 yoshida 5-qavatdan o’zini tashlab, halok bo’lgan shoira Nilgun Marmara

@asqaraliyeva
6
#tarjima

– Ba’zilar qanchalik omadli-ya, Olrij
– Kimlar, afandim?
– Sevganlari bilan yonma-yon uyquga ketganlar-da
– Biz-chi, afandim?
– Xayrli tun, Olrij, uxla endi..

Og’uz Atay

@asqaraliyeva

“har kimning xayolida o’z Olriji bor
👏7🔥4👍21
#tarjima

– Eng qo’rqinchli so’z qaysi, Olrij?
– Ammo afandim.
– Nega, Olrij?
– Avvalgi aytilgan hamma kalimani o’ldiradi, afandim. Masalan, seni sevaman, ammo… kabi

@asqaraliyeva

*bir hafta avval Olrij suhbatlarini topganimcha tarjima qilib qo’ygandim. Tugaguncha har kech ulashaman…
🔥123👍2
#tarjima

– Koshki nima, Olrij?
– Xatolarimiz, afandim.
– Ko’p xato qildikmi?
– Koshki deyoladigan qadar, afandim.

Og’uz Atay, “Tutunamayanlar


@asqaraliyeva
👍1
#tarjima

– Menga uzun bir so’z ayt-chi, Olrij
–Unutmoq, afandim
– Bu so’z 7 harfdan iborat, Olrij
– Ammo davomiyligi bir umr, afandim.

Og’uz Atay “Tutunamayanlar”

@asqaraliyeva
😢224
​#tarjima

–Go’yoki u ham meni sevgandi, Olrij
– Shunday degandi, afandim.
– Yolg’on ekan, Olrij
– U yolg’on gapirmadi-ku, afandim, siz unga ishondingiz


Og’uz Atay “Tutunamayanlar”

@asqaraliyeva
🔥5👍2
#tarjima

Eng yomoni, yo’q deyishni o’rganolmadim. Ovqatga qol, dedilar: qoldim. Aslida, qolinmaydi. Ular shunchaki taklif etadi, sen esa biroz nozlanasan. Oxirida baribir turib ketishing kerak. Har aytilganni rost deb o’ylash yo’qmi, so’zning majozi bo’lishi mumkinmasmi; bari ado qildi, tugatdi meni.

Og’uz Atay “Tutunamayanlar”

@asqaraliyeva
🔥82👍1
#tarjima

Yotog’im to’g’risida bir panjara bor. Xonaning devorlari bo’m-bo’sh. 10 yil bu uyda qanday yashadim? Nahotki bir kun ham xayolimga rasm osish kelmadi? Men nima qildim? Birov qarshilik qilmasdi. Endi bo’lsa ma’nosiz yashagan bir odamga aylandim. So’nggi manzilga ham yetib keldim. Yomon rasm osib qo’ysam-chi, degan qo’rquv bilan hech bir surat osmadim; yomon yashasam-chi degan hadik bilan hech yashamadim…


Og’uz Atay “Tutunamayanlar”


@asqaraliyeva
🔥3👍21
#tarjima

Qisqasi, seni ko’rgim kelyapti. Inson bir diydor bilan ba’zi narsalarning og’irligiga chiday oladi, ovuna oladi, xayol surishda davom eta oladi. Sen tushunmaysan, albatta. Tushunish uchun odamning qayeridadir bo’shliq bo’lishi kerak, nimadir kam bo’lishi kerak…

O’g’uz Atay “Tahlikali o’yinlar”


@asqaraliyeva
10👍3
#tarjima

Umid Yashar O’g’uzjonning ayriliq mavzusidagi she’rlari turk adabiyotida o’z o’rniga ega. Va she’rlaridagi melanxolik kayfiyat o’quvchiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Buning haqiqiy va hayotiy sabablari bor.
Misol uchun, Umid Yashar O’g’uzjon hayoti davomida 24 marta o’z joniga qasd qilishga uringani aytiladi. Shoirning o’zi 3 marotaba deb qayd etgan. Hatto o’zi kabi shoir bo’lgan dadasi Lutfi O’g’uzjon o’g’lining suiqasdga urinishidan keyin shunday yozgandi:

“Boq, dunyo ne go’zal, bu sitam nega
O’z nomimni senga qildim hadiya
Baxtliman, ey o’g’lim, otangman deya
Shafqatsiz jazoga uchratma meni”

O’g’li Vedat tug’ilganidan keyin ham o’zini o’ldirishga urinishda davom etgan Umid Yashar O’g’uzjon baribir buni “muvaffaqiyatli” bajara olmaydi. Har safar qandaydir sabab bilan qutulib qolardi. Va bora-bora bu suitsid fikri o’g’li Vedatga ham yuqib qoladi. Oiladagi notinchlik va dadasining ruhiy holatiga qarab Vedat 17 yoshida atrofdagilarga o’zicha bir dars bermoqchi bo’ladi. 1973-yil 6-iyunda shoirning o’g’li o’sha mashhur obida – Galata qal’asidan o’zini pastga tashlab, halok bo’ladi.
Ba’zi manbalarga ko’ra, mudhish voqeadan keyin Vedatning qo’lidan bir maktub topishgan va unda shu so’zlar yozilgan bo’lgan:

“Dada, o’zini o’ldirish mana bunday bo’ladi…”


@asqaraliyeva
6
#tarjima

Yunon mifologiyasidagi bir hikoyaga ko’ra, xudolar odam baxtni qidirsin va shu tufayli qiymatini bilsin, deb uni yashirib qo’yishga qaror qilishadi.
Biri “Ko’k toqining eng cho’qqisiga saqlaylik”, desa, boshqasi “Dengizning eng tubiga”, yana biri “O’rmonning eng burchagiga, kimsaning oyog’i yetmaydigan joyga yashiraylik”, deb taklif beribdi.

Oxirida boshqa biri “Ichlariga yashiraylik. Baxtni u yerdan qidirish xayollariga ham kelmaydi”, deb javob beribdi.


@asqaraliyeva
8👍2🔥2
#tarjima

“Yo’qotishingni bilib turib nega harakat qilyapsan”, dedi. O’lishini bilgan holda yashayotganini unutgandi shu vaqt u ham.
Indamadim.


O’zdemir Asaf


@asqaraliyeva
👍87🤩1