Bibliophile Asqaraliyeva
299 subscribers
581 photos
66 videos
10 files
257 links
Kitob va uning atrofidagi olam haqida...
Download Telegram
#mulohaza


8-mart...

Bilasiz, odatda ayrim kunlarning nishonlashi bilan bogʻliq jarayonlarda "joizmi, nojoizmi" kabi savollar uymalanib qoladi. 8-mart kuni ham aynan shu kunlar toifasiga kiradi. Xoʻsh, sizningcha, bayramni nishonlash joizmi?

Ha, men ham shunday savol berdim. Nima uchun? Keling, bu sananing tarixi bilan biroz tanishib chiqamiz. 1857-yil 8-mart kunida Nyu Yorkning poyabzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari namoyish o‘tkazadilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug‘ va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kuni Nyu Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar.
Chunki, o‘sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat mehnat qilganlar. Erkaklar esa, turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo‘lga kiritganlar. 8-martdagi xuddi shu voqeadan so‘ng, ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar
1910 yili Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferensiyada 8 mart kunini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko‘tarildi.
70 yillarning boshlarida Gʻarbdagi ayollar ushbu sanadan oʻz haq-huquqlarini talab qilishda foydalanishga qaror qildi. Ular ijtimoiy-siyosiy tenglikni talab qilib namoyishlar uyushtirishni boshladilar. 1977-yilda BMT boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni (International women’s day) deb e’lon qildi.
Bilib turganingizdek, bu bayramning ildizi ayollarning haq-huquqlarini talab qilish bilan boshlangan. Ayrim davlatlar ( yaqqol misol SSSR) bundan oʻz siyosiy maqsadlarida foydalangan. Hozirgi kunda esa bu bayram feministlar faoliyatida ham muhim rol oʻynaydi.
Oʻzbekistonda-chi???
Oʻzbekistonda bu bayram onalar va sevishganlar kunining qorishib ketgan koʻrinishiga kelgan.
Endi bayram xususida tortishadiganlarga kelsak, nazarimda, bunday gʻalati, ahamiyatsiz savol beruvchilargina ayol zotini eʼzozlashni faqat bir kunga bogʻlab qoʻyishadi. Aslida, 8-martni oddiy kun sifatida qabul qilib, shunchaki, onasini, ayolini, qizlarini, opa-singillarini xursand qilish oʻrniga "joiz, nojoiz" deb oʻtirish shartmi?
Xoʻp, bu bayram chimmatlarning yechilgan kuni, feministlarning radikal namoyish oʻtkazadigan kuni deb qarasak, nima oʻzgaradi? Menimcha, hech nima. 8-martni nishonlamayman, deydiganlar 365 kunning istalgan kunida ahli ayolini xursand qiladimi? Hech bir sababsiz?
Goʻzal dinimiz islomda ayol, ona eng koʻp qadrlanadigan, eʼzozlanadigan insonlardir. Maktabda oʻqiganimiz kitobda uch bora takrorlangan onangga yaxshilik qil, hadisini eslasangiz kerak. Lekin, nazarimda, bizda musulmonchilikdan koʻra oʻzbekchilik kuchli. Ha, xuddi shunday. Bitta misol:
"Xotinmi, ha bitta kirsovun oberaman, ana bayram oʻtaveradi".
Xoʻp, odamlarning aksar qismida shu munosabat shakllangandan keyin nima deymiz?
"Xalqaro qizlar kuni", "Onalar kuni" kabi alohida kunlarni Oʻzbekistonda nishonlaganini eshitganmisiz, koʻrganmisiz? Masalan, qardosh turklarda onalar kuni may oyida nishonlanadi.


Shuncha gapirganimdan maqsad nima? 8-mart avvalgi siyosiy rolini, davlat qoʻlidagi "qurol" rolini yoʻqotib boʻlgan, har holda Oʻzbekistonda shunday. Demak, bu kunni ham oddiy, ham bayram sifatida qabul qilish har bir odamning oʻziga havola. Lekin kunga siyosiy, diniy, ijtimoiy sabablarni bogʻlash, menimcha, notoʻgʻri. Bir dona gul yoki dildan aytilgan tabrikning oʻzi ham inson koʻnglini togʻdek koʻtaradi. Endi ayting, dunyoda kimningdir koʻnglini shodlikka toʻldirishdan, shukr qilishiga sabab boʻlishdan boshqa yana qanday muhim ish bor?

Dunyodagi barcha ayollarni, onalarni, qizlarni, opa-singillarni bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman. Mabodo, maktabdagi oʻquvchim aytganiday "8-martni shamol uchirib" ketsa ham, siz doimo eʼzozlanishga loyiqsiz, haqlisiz. Mehr, eʼtibor, muhabbat – ayol zotining talab qiladigan birinchi huquqidir. Vaqti kelsinki, barcha ayollar bularni talab qiladigan emas, yetarli ekani sababidan atrofiga baxt ulashadigan xilqatga aylansin.

@asqaraliyeva
👍11🔥62👎2👏1
The Stranger
​​Har bahorda shu boʻlar takror! ​​Har yili Ramazon oyida shu narsa avj oladi. Ahmoqlikning oliy namunasi. Kap-katta go'rso'xta erkaklar shuni erinmay yozib osib chiqishadi, boshqa go'rso'xtalar guruh-u kanallarga tarqatib yurishadi xuddi zo'r ish qilayotganday.…
#mulohaza

Darvish shunday deb ayolning qo'lidan ushlab, o'ziga tortdi. Ayol xuddi yosh qizcha onasining etagi ortiga yashiringan kabi uning orqasiga berkindi.
– Sen katta xato qilyapsan, – dedi baland
ovozda to'daboshi. – Sen bu shaharda begonasan va bizning qoidalarimizni bilmaysan. Bizning yo'limizda turma.
Yana kimdir gapga aralashdi:
– Sen qanday darvishsan o'zi? Fohishani himoya qilishdan boshqa qiladigan ishing yo'qmi?
Shams go'yo savol o'ylantirib qo'yganday, bir zum jim qoldi. U hech qanday hissiyotga berilmay, sokin turardi.
– Orangizda ayol kishi borligini qanday
bildingiz? – to'satdan so'radi u. – Yo siz masjidga namoz o'qish uchun emas, atrofdagilarni tomosha qilish uchun kelasizmi?
Agar siz o'zingizni ko'rsatmoqchi
bo'lganingizday shunchalik xudojo'y ekansiz,
siz bu ayol hatto yalang'och bo'lsa ham qaramagan bo'lar edingiz. Endi ortingizga qaytib boring-da, astoydil ibodat qilishga harakat qiling.

©Elif Shafaq "Ishqqa oid qirq qoida"

*.......

@asqaraliyeva
5👍3
#mulohaza

Uyat boʻladi

Ustoz Abdulla Qahhorning "Uyat" degan maqolasi bor. Unda mazkur tushunchaga axloqiy jihatdan yondashilib, bu – insonni hayvondan ajratib turuvchi tuygʻudir, degan yoʻsinda tavsif berilgan.
Men maqolaning mazmunini dastlab televizor orqali adibning oʻz ogʻzidan eshitgan edim. Oʻshanda ne-ne dolzarb ijtimoiy-madaniy muammolar qolib, ustozimizning anchayin bir axloqiy mavzuda, qolaversa, bolalik-yoshlik chogʻlarimizda har qadamda eshitadiganimiz tanbehnamo bir soʻzga ("Uyat boʻladi!") bu qadar urgʻu berib soʻz yuritgani menga erish tuyilgani rost.
Keyinchalik esa, xususan, soʻnggi yillarda uyat hissi faqat axloqiy tushuncha emasligiga bot-bot amin boʻlmoqdaman. Nazarimda, bu soʻzning mohiyati xiralashib, umuman, shu tuygʻuning oʻzi susayib, gohida ahamiyati tamomila yoʻqolib ham ketayotgandek tuyiladi. Boʻlmasa, kechagina ayb sanalgan uncha-muncha qilmishlarga bugun fazilat deb qaralmasa-da, harqalay, odatdagi bir hol sifatida beparvo munosabat qilinayotganiga nima deysiz!
Vaʼda beramiz-u, ustidan chiqmaymiz. Xijolat chekish yoʻq.
Bandasining koʻziga tik qarab yolgʻon gapiramiz. Tap tortish qayoqda!
Birovning haqqini paqqos uramiz-u, koʻzimizni loʻq qilib turaveramiz. Bor, qoʻlingdan kelganini qil!
Har tadbirni qoʻllab, oʻzganing tagiga suv quyamiz-u, oʻrnini egallaymiz. Insof-andisha – "eskilik sarqiti"!
Farzandlarimizning onasini har turli bozorlarga yoʻllab, mushtiparning topib kelganiga "inomarka" olib minamiz. Nomuslarga oʻlmoq qani?!
Mol-dunyomiz oʻgʻrilik, haromxoʻrlik orqasida orttirilganini hamma biladi, oʻzimiz ham bilamiz. Loaqal, yerga qaramoq, qizarmoq xayolimizga kelsa-chi!
Kirdikorlarimiz olamga ovoza, biz esa adl-u insofdan lof uramiz. Oxiratda ham bir iloji topilar...
Uyalmaymiz, uyalmaymiz...
Nomus-u vijdon, harom-u haloldan soʻz ochgan "eskicharoq" odamga bozorni, bozor iqtisodiyotini roʻkach qilamiz. Bozor...bizdan oldin ham bor edi, bizdan keyin ham boʻlar. Dunyo – bozor oʻzi. Lekin u hargiz sharmandalik-u yuzsizlikning niqobi emas. Hayvonot bogʻi degani ham emas. Agar shunday boʻlganida, "uyat"dan boshlab lugʻatdagi shu turdagi soʻzlarning barchasi birma-bir oʻchirib chiqmoqqa toʻgʻri kelardi. Unda, ehtimol, lugʻatning oʻziga ham ehtiyoj qolmas...
Ana oʻshanda chinakamiga sharmandalik boʻlar...
Xudo ana shunisidan asrasin deng!
... Xijolatdan qizara bilgan banda naqadar gʻolib!


© Erkin Aʼzam
2002-yil



@asqaraliyeva
👍4
#mulohaza

Odamni… orzu-havasi, kimdandir nimanidir umid qilishi va nafsi ado qiladi.
Aslida boshidagi ikkita sababning ildizi ham nafs.


@asqaraliyeva
👍64
#mulohaza

So’nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi tilimiz bilan bog’liq bir qancha hodisalar bo’lyapti.
Vazir Ozodbek Nazarbekovning qo’shiqchilarga bergan tanbehini ko’pchilik ko’rgan bo’lsa kerak. Kimdir xating so’zini qadding deydi, yana boshqasi jadallabni jadalab.
Tvdagi boshlovchilar esa g’unajin bilan munajjimni adashtirib qo’yishyapti.
Bugun bir izohni o’qib qoldim – “Gapga chechak kursdoshlaringizga ushbu videoni yuborib qo’ying”.
Nima? Chechak???
Aslida, vazir aytganday kitob o’qimaslikning ham oqibati emas, bu sabablardan biri xolos.
Eng katta sabab – biz yuqoridagi so’zlarni faol nutqimizda ishlatmayotganimizda.
Yoshlar nutqida jadallab, uzor, chechan kabi so’zlarning ulushi judayam kam foizni tashkil qiladi.
Agar shu so’zlarni qo’llasa, kitobiy gapirayotganday tuyiladi. Ham o’ziga, ham atrofdagilarga.

Mumtoz adabiyotimiz, hatto Abdulla Qodiriy yozgan “O’tkan kunlar” tili ham “koma” holatida. Filologlarning o’zi o’qiguncha tillari “gajaklanib” qolyapti. Bu vaqt va til o’rtasidagi munosabatga ham bog’liq. Hamma narsa eskiradi, o’z o’rnini yangisiga bo’shatib beradi. Bu faqat o’zbek tilidagi muammo emas, aksariyat tillarda shunday.
Farqi – inglizlar Shekspirning sonetlarini biz Navoiyning g’azalini o’qiganimizchalik qiynalib o’qimasa kerak. Yana kim bilsin…

*aytgancha, “Lola” qo’shig’idagi birinchi so’zni siz qanday eshitasiz? Xating yoki hadding?

@asqaraliyeva
🔥3😁3👍1
#mulohaza

Va dunyodagi eng mushkul ish – o’zingni qaytadan kashf etish!



@asqaraliyeva
9👍6🔥2
#mulohaza


Istagan ijodkor istagan yoʻsinda, xohlagan yoʻnalishda qalam surishga haqli. Va buning uchun u hech kimdan ruxsat soʻrab, xayrixohlik kutib oʻtirmaydi. Faqat u oʻz qarashlarini asoslaydigan dalillar tizimiga ega boʻlsa bas. Xohlasangiz unga qoʻshiling, xohlamasangiz ixtiyor oʻzingizda. Ammo sizga ma’qul kelmaydigan yoʻsinda fikrlagani uchun kishini nigilizm yoki “ma’naviyatsizlik”da ayblashni uzoq boʻlmagan oʻtmishimizdagi bir-biridan “xalq dushmanilari”ni izlash illatidan tuzukroq deb boʻlmaydi. Birovga bunday ayb qoʻyishning oʻzi eng katta ayb. Ijodkor vijdonidan oʻzga hech kimning oldida burchli emas. Nimani, qanday, qay shaklda, qachon yozish uning shaxsiy ishi. Shukurki, biror narsani yozgani uchun qamalib, yozmagani uchun sabotajda ayblanadigan zamonlar oʻtib ketdi. Ijodkor – oʻz qalbining xoqoni.


Qozoqboy Yo’ldosh


@asqaraliyeva
👍6
#mulohaza

Ba’zi urf-odatlarimiz chindan zararli va bemantiq. “Yoshlar ovozi”dagi maqolada kichik mulohaza bilan ishtirok etdim.
Bu mavzuda sizning fikringiz qanday?

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/sepsiz-kelin-kerak


@asqaraliyeva
🔥9👍5👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Doim ziyoli juftliklarga havas qilganman. Maktabda Said Ahmad va Saida Zunnunova, Kyurilar oilasiga qiziqib yurardim.

Kelajakda ham umr yo’ldosh tanlashda dunyoqarash, intellekt jihatini birinchi o’ringa qo’yaman deb o’ylayman.

@asqaraliyeva
16👍6
Forwarded from Usmonip
Oʻylab qarasam, odamzot butun hayoti davomida nimaningdir taʼsirida yuradi ekan.

Qariyb hamma bolaligida ruhiy travma oladi, bogʻcha va maktabda bulling yoki diskriminatsiyaga uchraydi, oʻsmirligida depressiyaga tushadi, kattaroq boʻlib sevgan qizi yo yigiti tashlab ketganidan azob chekadi, oʻqishi yoki ishi oʻxshamasa oʻzini luzer deb oʻylay boshlaydi, avval moddiy inqirozga, undan keyin ekzistensial inqirozga yoʻliqadi, hayotining muhim pallasiga yetib, qaror qabul qilish vaqti yetganda dilemma holatiga tushadi, keyin jamiyat undan yo supererkak yoki superayol boʻlishini kutadi, sal oʻtib oʻrta yosh inqiroziga chalinadi, undan endigina qutuldim deganda yuziga ajin tushadi, birorta kasallikni ilashtirib oladi, umrining oxirida injiq qariyaga aylanib, til topishadigan odami juda kam boʻladi va axiyri armonlarini eslab-eslab vafot etadi.

Shuning uchun hozir mazza qilib yashanglar, ertadan hayotingiz oʻzgarib ketishi mumkin.

© Shohrux Usmonov

@usmonosphere #mulohaza
😢132
#mulohaza

Universitetni bitirdim, ilk qadam qo’yganimda nimani niyat qilgan bo’lsam, aksariyati amalga oshdi. Shukr. Ayni kunlarda qabul jarayonlari ketayotgan ekan, abituriyent do’stimga shularni tavsiya qilgan bo’lardim:

1. Avvalo yaxshi do’st toping. Viloyatdan bo’lsangiz, turar joydagi muhit ham katta ahamiyat kasb etadi. Do’stingizga qarab o’sishingiz yoki u qanday darajada bo’lsa, shunga qarab ketishingiz mumkin. Sog’lom raqobat bo’lsin. Hasad aralashmagan, bir-biringizni rivojlanishga ilhomlantiradigan bo’ling.

2. Ha, siz universitet talabasi bo’ldingiz. Bu hayotingizdagi eng katta yutuqdir, lekin siz kabi minglab talabalar bor. Keyingi bosqich shu minglarning ichidan yorib chiqishingiz. Ko’pchilik o’qishga kirganidan keyin o’zini “tashlab yuboradi”. Mayli, dam oling, osmonlarda uching, bekorchilik ta’mini toting, ammo bu 4 yilga cho’zilib ketmasin.

3. 4 yil davomida albatta kamida 1 ta til o’rganib bitiring. Bu sizga og’ir abituriyentlik mashg’ulotlaridan keyin ortiqcha tuyilishi mumkin. Yoki o’zimning sohamda zo’r bo’lsam, yetadi deb o’ylashingiz ham mumkin. Biroq til bilish hech qachon zarar qilmaydi.

4. Maktabda baho deb o’qimayman deb bahona qilgan bo’lsangiz, bu iborani talabalikda unuting. Baho doim ahamiyatli. Mayli, yuguring, yeling, kezi kelsa qo’shimcha topshiriq bajaring. Baho vosita bo’lsin, maqsad esa akademik karyerani yaxshi dam ettirish. Keyin magistraturada o’qimoqchi bo’lsangiz, chetga ketish orzusi tug’ilsa, sizdagi GPA gapiradi avvalo.

5. Yaxshi ustozga shogird tushing. Ilmda ustozning o’rni doim ahamiyatli bo’lgan. Universitetda ba’zi ustozlar borki, sizga nafaqat ilmda, balki shaxsiy hayotingizda, ba’zida muammolaringizda yordamchi bo’ladi.

6. Ijtimoiy faol bo’ling. 4 yil bitta partada o’tirib, oxirida karton qog’ozni olib ketadiganlar qatorida bo’lmang. Faol bo’lsangiz, yaxshigina networking – tanish-bilishga ega bo’lasiz. Bu esa keyinchalik yaxshi ish topishingizda qo’l kelishi mumkin.

7. Computer skills’laringizni shakllantiring. Bu ham bir ustunlik. Elementar bilimning o’zi kamlik qilishi mumkin. Har bir ishga operativ yondashing.

8. Ortiqcha havasga berilmang. Bu sizni ancha chalg’itadi. Universitet hayoti – erkinlik, o’z holicha yashash, o’z qarorlarini o’zi qabul qilish, bu to’g’ri. Ammo erkinlikda haddan oshish muvozanatsizlikka olib keladi.


@asqaraliyeva
13👍5🔥2👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Kinoni ikki tilda iyun oyida ko’rib chiqqandim. Taqriz ham o’sha vaqtda yozilgan. Bir hafta avval shu fikr kelgandi: “Zaytunzor oralab” Mona Liza portretiga o’xsharmikan? Sevgan sevgini ko’radi, sevmagan mavhumlikni.

Kinoni o’zbek tilida ko’rishingiz uchun: https//t.iss.one/oyinauz/16715

@asqaraliyeva
10
​#mulohaza
#tahrir

Oxirgi kunlarda mendan ijod maktabida ishlash, ishga kirishda suhbat jarayonlari haqida ko’p so’rashyapti. Hujjat talabi hammada bir xil bo’lgani bilan suhbat bir muncha individual jarayon. U siz suhbatlashadigan odamga ham bog’liq. Gapning indallosi esa, men ijod maktabidan ketganman. Bir oydan ortiq vaqtdan buyon “Yangi O’zbekiston” universitetida Yoshlar bo’limida yetakchi mutaxassis bo’lib ishlayapman. Maktabdagi ishimni sevardim, charchoq, bosim ko’p bo’lsa ham, har bir ishimni sidqidildan bajarardim. Balki shuning uchun “ko’tarilib” ketgandirman))

Men bugun aytmoqchi bo’lgan narsa – Tilmoch!
Eshitgan bo’lsangiz kerak, “Yangi O’zbekiston” universitetida darslar to’liq ingliz tilida. Tabiiyki kunlik xabarlar, suhbatlar ham ingliz tili bilan. Ammo ba’zan shunday tez topshiriqlar kelib qoladiki, masalan, sport musobaqalari haqida yillik hisobot tayyorlash kerak bo’lsa, har bir posti inglizcha bo’lgan xabarlarni birma-bir tarjima qilishga vaqt ham, toqat ham yetmaydi. Tilmoch ayni kunlarda jonimga oro))
Bugun ulangan oylik premimumdagi “Sayqalchi”mning 10 ming limitidan 5 mingdan ham kam so’zim qoldi. Bundan tashqari, matn tuzilishini tez ilg’ab olyapti. O’rinlar berilgan matn bo’lsa, alohida qatorga terib chiqyapti.

Nima demoqchiman? Oramizda ijodkor, tarjimon yoki sohasi filologiya bilan bog’liq bo’lgan kitobxonlar ko’p. Sizga soz yordamchi bo’ladi Tahrirchi ham, Tilmoch ham. Xolis tavsiya. Menimcha, bu loyihada ham faoliyatimni tugatdim.
Loyihaga o’z hissamni qo’shganimdan xursandman. Har tarjimada o’zimni va g’oya muallifini duo qilyapman o’ziyam😊


@asqaraliyeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65
​#mulohaza

MEN SENDAN XAT EMAS, XAVOTIR OLDIM…

O’zimizda maktub yozish an’anasi adabiyotga qanday muhrlangan, aniq ma’lumotga ega emasman. Zarifa Saidnosirovaning “Oybegim mening” kitobida shaxsiy maktublardan bir qancha namunalar keltirilgan. Adashmasam, “Yo’qotganlarim va topganlarim”da ham bor edi. Lekin xoh inson, xoh ijodkor o’laroq kimgadir chin dildan maktub yozyapmizmi? Ijtimoiy tarmoqlardagi, mesenjerlardagi xabarlar haqiqiy maktub emas. Bunday xabarlarni istagan, hatto umuman tanimagan odamga yuborish mumkin. Lekin maktub-chi?

Frans Kafkaning “Milenaga maktublar”, “Otamga xat” asarlarida Kafkani Kafka qilgan og’riqlar bor degandi, ustoz Muhayyo Yo’ldosh.
O’zim turk tilini biroz bilganim va adabiyotiga qiziqqanim uchun qardosh adabiyotimizda maktub yozish ancha yuqori darajadagi an’analigini sezdim. Ikki yil avval Ahmet Arifning “Leylim Ley” deb nomlangan maktublar to’plamini topib oldim. Biroz o’qib, tarjima qilishni xohlab qolgandim. U ham qolib ketdi…

Yaqinda Sabohattin Alining “Kuyucakli Yusuf” asaridan parcha o’qib qoldim. Qiziqib elektron variantini topdim. Ichidagi iqtiboslari, so’zboshi va qisqa revyuga ko’ra asar go’zal. Keyin ijodkorning “Canim Aliye, ruhum Filiz” kitobiga duch keldim. Bunda ham maktublar jamlangan ekan. Turmush o’rtog’i Aliyega va qizalog’i Filizga. Nomni qarang ajoyibligini!

Shunda o’ylanib qoldim, ijodkor, umuman, odam maktub yoza olishi uchun yuboradigan/yubormaydigan odamini so’ziga arzitadigan bo’lishi kerak. Bu juda katta narsa. Maktub yozish jarayonida kishi to’kiladi. Boshlang’ich sinflardagi beg’uborlik ular yozgan maktublarda ham bo’ladi. Sevgi izhor, arazlash, do’stlashish, tanaffusda nima ovqat yeyishigacha tortinmay yozadi ular.

O’sha boshlang’ich davrimdan beri haqiqiy maktublarni shu yili oldim. O’quvchilarimdan, dugonamdan, yana boshqalardan. Qaysidir kitoblarim qatiga joylab qo’ydim. Uyda kitoblarni mendan boshqa hech kim ochmasligiga ko’ra, ular xavfsiz joyda))
Siz ham faslda bir marotaba bo’lsa-da maktub yozishga harakat qiling. Garchi ular hech qachon egasiga yuborilmaydigan bo’lsa ham…

*rasmdagi xatni kundaligim orasidan topib oldim.


@asqaraliyeva
16👍6
#mulohaza
#longread

Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” asarini o’qiyotganimda YouTubega Pechorin deb qidiruv berdim. Taxmin qilgandim, ruslar Pechorinni faqatgina qog’ozlarda, kitob holicha qoldirmagan. Rost, “Zamonamiz qahramoni” degan bir necha seriyalari film, kitobni tahlil qilgan bir qancha kontentlar chiqib keldi. Hatto Pechorinni abyuzermi yo’qmi, psixologik tahlilga tortishgan. Hozir kech bo’lganda turib-turib yana Pechorin deb qidiruvga berib boshqa animatsiyali qisqa videoga duch keldim. Filmidan parchalar ko’rdim. Yana kitob voqealari xotiramda jonlandi.

Keyin Yevgeniy Onegin, Knyaz Mishkin, Karamazovlar, Nexlyudov, Makbet, Qirol Lir, Buyuk Getsbi, Martin Iden deb xayolimga kelgan qahramonlarni qidiruvga berdim. To’g’ri, avvalo kino yo qandaydir sountreklar chiqadi, lekin yoniga “book” so’zini qo’shib qo’ysangiz katta-katta videotaqrizlar qarshingizda paydo bo’ladi. “Buyuk Getsbi”ning bir videosi 14 yil avval qo’yilgan, lekin 2.1 mln “prosmotr”. Bu menga dahshatli bo’lib tuyildi.

Keyin qitmirlik qilib o’zimizning qahramonlarni, asar nomlarini yozdim. G’aybarov – 0
Yaxshiboyev – 0
Otabek, Kumush, Zaynab – kinolar chiqdi haytovur
Zebi – audiokitoblar bor
Orif oqsoqol – 0
Shum bola – kino va zamonaviy vaynlar aralash.
Xullas, shunaqa.
Asar nomi bilan qidirsam katta ehtimol bilan audikitobi chiqyapti. Videotaqrizlar esa juda kam.

Bookblogerlardan Mahinning YouTube videolarini ko’rib borardim. Hozir yangi videolar chiqmayapti. PandaBooks YouTube kanalida ham kitob, sayohat, film vloglari aralash.
Quyida videodagi «Минутная история» kanalida qanchadan-qancha video bor ekan asarlar, adabiyot haqida.

A bizda-chi? Bizda “O’tkan kunlar” deb qidirsangiz, Kumush zaharlanganda Otabekning Zaynabga aytgan haqoratli so’zi sahnasi alohida video qilinib, “Otkan kunlar prikol Zaynab ….” degan nom bilan chiqib keladi. Haaa, okalar, Qodiriy shunaqa hazilkash bo’lgan-de prikol qiladigan.

Universitetda katta forum o’tkazdik. Iqtisodchi Behzod Hoshimov keldi. Yana bir iqtisodchi Botir Qobilovni ham kuzataman. Yaqinda bildim, shu ikki olimning YouTubeda “Uzbekonomics” degan kanali bor ekan. 8 mingga yaqin obunachi bor. O’zlarining sohalariga oid turli mavzularda videolar chiqarishadi. Behzod Hoshimovning esa “Hoshimov iqtisodiyoti” degan alohida kanali ham bor. Salkam 20 ming obunachi. Ikkalasi ham nufuzli universitetlarda ta’lim olgan, doktorlik qilgan. Hatto o’zimizning mashhur adabiyotshunoslar, yozuvchilar ko’rmagan, (balki bilmas ham) adabiyotdan Nobel olgan kishi bilan ko’rishgan. Lekin aniq bilamizki, ular vloglari uchun emas, yozgan dissertatsiyalari uchun doktor bo’lishgan.

O’zimizning adabiyotshunoslar-chi? Tilshunoslar-chi? Yozganlari qog’ozda qolib ketmayaptimikan? Uni hozir shu sohada o’qiyotganlardan boshqa (agar ular ham o’qisaaa) kimdir o’qiydimi? O’qishdan ham avval topa oladimi kitoblarni, dissertatsiyalarni?
Yoshi ulug’ olimlarga e’tiroz yo’q, lekin quvontiradigan narsa borki, yozda adabiyotshunosmi, booklogermi degan tortishuvlar bo’ldi. Ana shu tortishuvda blogi bor, ozgina bo’lsa ham tanilgan, fikrlarini auditoriyasiga yetkaza olayotgan adabiyotshunos ham bor edi, bookblogerlar ham. Ammo rost aytganda, bookblogerlarning tarozisi og’irroq tosh bosadi. Chunki birinchidan, mediada son jihatdan bookblogerlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ikkinchi jihatdan, qaysidir konferensiya uchun adabiyotshunos yozgan maqoladan ko’ra bookreview’lar ko’proq qiziqtirib, bitta asarni ommaga o’qita oladi.

Aytmoqchi bo’lgan asosiy fikrim esa, adabiyotimiz, adabiy muhitimiz mediada qashshoq (telegramdan tashqari), planni to’ldirish uchun olinadigan ko’rsatuvlar, badiiy asar tahlillari hech qursa YouTubega qo’yib borilsa, prikol-u vaynlar emas, umuman boshqa saviyadagi, darajadagi kontentlar chiqardimidi?!


@asqaraliyeva
👍73
#mulohaza

Neytral bo’ling, har qanday mavzuda! Sovuqqon qarang. Siz nimagadir qizishib, hissiyotlarga berilib qarshi munosabat bildirsangiz ham, o’zingiz bilmagan holda “Qora” PR sababchisi bo’lib qolasiz.

***
O’ylaringizga chuqur kirmang. U o’pqon, yutib yuborish ehtimoli katta. Kimdadir shunday iqtibos bor: “Muammoni hal qilib bo‘lsa, unda xavotirga o‘rin yo‘q. Agar hal qilib bo‘lmasa, unda xavotirga tushishning hech qanday foydasi yo‘q”.
Shunday ekan, ba’zida og’irni ustidan, yengilni ostidan yashash ham foyda, hatto to’g’ri ham.

***
Hayotingizdagi muhim qarorlarni cho’zmang. Yuk dastlab ko’tarilganda og’irligi sezilmaydi, ammo yo’l yurganingiz sari sizni bosib boraveradi. Vaqt yo’qotganingiz, bosim ostida qolganingiz, eng yomoni yo’lni ko’zlaganingizdan ko’ra sekin yurganingiz qoladi.


@asqaraliyeva
🔥103👍3
#mulohaza

Instagramda bir turkcha video ko’rgandim qachonlardir. Unda qiz farzandni ota yaratadi, deyilgandi. Ya’ni qiz bolaning dunyoga, hayotga, ayniqsa erkaklarga bo’lgan qarashi avvalo otasi ta’sirida shakllanadi. Mehrga to’yib, oilada o’z o’rniga ega bo’lgan qizning qadriyatlari boshqacha bo’ladi, birovning xasmi, baribir vaqtinchalik mehmon deb o’g’il farzanddan kam ko’rib o’stirilgan qizniki boshqacha.
Tug’ilib o’sgan joyidan mehr ko’rmagan har kim uni tashqaridan qidirishga urinadi.
Ota mehri va e’zozi – bir qiz tuyishi kerak bo’lgan eng muhim hislardir.

Keyin yana bir videoga ko’zim tushdi. Unda qiz bolaning hech qachon uyi bo’lmaydi: tug’ilgan uyi – otasining uyi, keyingisi turmush o’rtog’iniki va oxirida o’g’lining uyida yashaydi kabi gaplar edi. Menga bu narsa qandaydir erish tuyildi. Shu sanalgan uch erkak ham uning eng yaqinlari-ku, bunday qarash ayol-qizlarning ko’ngliga “sig’indilik” yo “malollik” o’ylarini solib qo’ysa kerak. Balki bu o’ylar allaqachon qancha mushtiparlarning xayolidan joy olgandir. Bilmadim…

Bilganim, bu postdagi Dostoyevskiy ta’riflagan ota (albatta, qo’rslik va salbiy qismlardan tashqari) meni dadamga juda o’xshab ketarkan. Hatto o’qiganda kulib yubordim. Balki yolg’iz qizligim uchun shunday munosabat ko’rgandirman, yana bilmadim.
Lekin… shu yoshga kirib “sig’indilik” yo “birovning xasmi” degan qarashga, nigohga duch kelmadim. Ayniqsa, dadam tomonidan. Bizda katta ehtimol bilan Dostoyevskiy yozgan vaziyat bo’lsa kerak:)
Mayli, onalarda bo’ladi: “Uy ishlarini o’rgan, bu ovqatni qil, uni qil, ertaga kelin bo’lsang, nima qilasan?”, kabi gaplar. Ammo yuqorida aytganimdek, qiz farzandlarni otalar yaratadi.


@asqaraliyeva
🔥84
#mulohaza

Kitob o'qigan ayol osonlikcha sevmaydi, u shunchaki o'zining mayda detallariga o'xshab ketadigan ruhiy hamkasbini qidiradi.

Hozir insta olamda Dostoyevskiy trendga chiqqan bo’lsa (ayniqsa, “Oydin tunlar”dagi o’sha mashhur iqtibos), bir vaqtlar yuqoridagi gap ham anchagina aylangandi. O’zi rostan kitob o’qigan qizlarning ko’ngil qo’yishi qiyinmi?

Kitobxon qizlar qahramonlar xarakteriga qarab ularga bog’lanib qoladi. Ko’p ehtimol hayotda ham shunga rioya qilishadi. Masalan, “Ufq”dagi Azizxonning zabardastligi aytilgan, bezoriligi aytilgan, lekin uni yoqtirib qolishimga aynan Lutfinisoni asrashi, avaylashi va olib qochishgacha jur’at qilishi sabab bo’lgandi.

Odatda munosabatlarda ikki taraf ham bir-biridan uni baxtli qilishni kutishadi. Birinchi qadam, birinchi xabar, birinchi sovg’a va hokazolarning birinchisini. Balki kitobxon qizlar ham asarlarda o’qigan obrazlarini ideallashtirib, qarshisidagi insondan shuni kutgani uchun osongina sevib ketolmas.

Masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Mutolaaga bog’langan, san’atga bog’langan, umuman olganda, o’zini o’zi xursand qila oladigan va bularning hammasini yolg’iz bajargan qiz ham boshqa odamdan keladigan mehr yoki baxtni kutmasa kerak. O’zining dunyosida baxt yarata olgan va xayoliy komfortda yashayotgan qizlar bora-bora sovuqqondek tuyilishi ham mumkin.

Misol uchun, o’zim imkonim, vaqtim va birinchi galda kayfiyatim bo’lganda muzeyga, teatrga yoki biron orkestr konsertiga borishim mumkin. Oxirgi vaqtlar bu ishlarni Kumush bilan birga qildik. Lekin ungacha bir o’zim boraverardim. Bunday joylarga borganda zerikish yoki sheriksiz degan narsaning ahamiyati qolmaydi. Xayolingizgdagi “Men”ingiz bilan suhbat quraverasiz.


Hayotda sovuqqon ko’rinsam ham, Boburning “Lola” g’azaliga ishlangan qo’shiqni ko’zim mo’ltillab eshitishim, o’sha “Oydin tunlar”dagi xayolparastga hayotdagi xayolparastlardan ham ko’proq achinishim mumkin.
Hatto 3 yil avval telefonim ringtoniga Motsartning “Turkish march” musiqasini qo’yib qo’yganimda ayam g’alati qaragani ham rost.
Butun boshli muhabbat mavzusini qamrab olgan orkestrga hamma sherigi bilan kelganda ham bir o’zim borib mazza qilib kelganimga ko’p bo’lmadi.

Orzularim orasida dunyodagi eng katta muzey, san’at galareyasini soatlab sayr qilish, Milandagi La Scala opera teatrida arealar eshitish va men uchun eng zo’r bastakor Yannining konsertini jonli tinglash bor. (Biroq Yanni hozir 70 yoshda)
Va bularni yolg’iz ko’rishdan va eshitishdan nolimayman, aksincha ayni muddao deyman. Sababi ichingizga otgan, ko’mib tashlagan qaysidir hislarim shu yerlarda yuzaga qalqiydi. Yonimdagi odam buni ko’rishini esa istamayman.


Aslida faqatgina kitob o’qigan qiz emas, o’zining shaxsiy hobbilari va mashg’ulotlari bo’lgan qiz osonlikcha ko’ngil bermaydi.

Mana nimaga “Sohibjamol va maxluq”dagi kitobxon qiz maxluqni sevib qolgan, kitobidan rasm qidirgan Gastonni emas))😇


@asqaraliyeva
20👍5🔥3🤩3