Alisher Sadullaev
169K subscribers
2.3K photos
612 videos
31 files
1.62K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
❗️Eslatma

Bugun, 11-mart kuni soat 21:00 da maktablarda «Zakovat» intellektual o'yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbat o'tkazamiz.

Unda yoshlar masalalari bo'yicha direktor o'rinbosarlari, maktablardagi «Zakovat» koordinatorlari, volontyorlar, mahalladagi yoshlar yetakchilari va o'quvchilar qatnashadilar.

Eslatib o'taman, suhbatda qatnashish majburiy emas! «Zakovat»ga qiziquvchi barcha bemalol ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Avval xabar berilganidek, bugun soat 21:00 da maktablarda «Zakovat» intellektual o'yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbat o'tkazamiz.

Telegram versiyasi eski bo‘lsa, ovozli suhbatga ulanmasligi yoki boshqa noqulayliklar kelib chiqishi mumkin, shuning uchun Telegram ilovasini yangilashni unutmang.

Shuningdek, izohlarda maktablarda «Zakovat» intellektual o'yinini tashkil etish bo'yicha eng yaxshi taklif yozib qoldirganlarga ovozli suhbatda so'z berishga harakat qilamiz.

Eslatib o'taman, agar ovozli suhbatda ishtirok eta olmasangiz, suhbatning yozib olingan shakli YouTube kanalimga ham joylab borilmoqda. Quyidagi havola orqali siz ham kuzatib boring! Marhamat 👉🏻 youtube.com/c/AlisherSadullayevZafarovich

Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream started
Maktablarda «Zakovat» intellektual o'yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbatimiz boshlandi! Ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream finished (1 hour)
Barchangizga mazmunli ovozli suhbat uchun katta rahmat! Hali oldinda ko’p rejalarimiz bor. Bularning barchasi sizlar bilan ahillik va muloqotda amalga oshiriladi!

@alisher_sadullaev
⚡️AQSHda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqidagi ta’sirli hikoyalarni o‘z ichiga olgan “O‘zbekistonlik” hujjatli filmining premyerasi boshlandi!

Mazkur filmni ayni vaqtda “Mening yurtim” telekanalida hamda quyidagi havola orqali YouTube tarmogʻida ham tomosha qilishingiz mumkin.

https://youtu.be/xfCFnOcXebw

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram asoschisi, o‘z vaqtida VKontakte tarmog‘ini yaratgan Pavel Durov endi ish boshlagan paytlari o‘zbekistonlik tadbirkordan investitsiya uchun 100 ming dollar so‘ragan ekan.

AQSHda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqidagi ta’sirli hikoyalarni o‘z ichiga olgan “O‘zbekistonlik” hujjatli filmida vatandoshlarimiz mana shunday qiziq hikoyalarini gapirib beradilar.

To‘liq video: https://youtu.be/xfCFnOcXebw

@alisher_sadullaev
Surxondaryo viloyatidagi xizmat safarimiz payti yoshlar bilan muloqotimiz davomida 16 yoshli Shahzoda ismli singlimizning IELTS’dan yuqori ball olib, imtihon pullarini qaytarib olgani haqida xabar topdim (bu imkoniyat haqida batafsil).

Singlimiz Jarqo'rg'on tumanida istiqomat qiladi. Uning dadasi ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi, onasi esa uy bekasi. Shahzoda avval «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichida ham ishtirok etgan, haqiqiy kitobsevar yoshlarimizdan ekan.

Yosh bo'lishiga qaramasdan xorijiy tilni o'rganib, yuqori natijaga erishishning o'zi bo'lmaydi. Uning harakatlari va yutuqlarini kichik bo'lsa-da rag'batlantirish uchun jamoamiz nomidan noutbuk va kitoblar sovg'a qildik.

Shahzodaning onasi Nargiza opa yoshligida ta'lim ololmagani uchun ham qizining, farzandlarining ta'limiga, ilm olishiga alohida e'tibor qaratib, o'zi farzandlariga doim kitob o'qib berarkanlar. Nargiza opadek onalar juda ko'pchilikka haqiqiy namuna, nazarimda.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat #repost

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Dovudxon G'ulomjonovga eski noutbuk berilgani va noutbuk ichidan behayo kinolar borligi aytilgan xabarlar tarqalmoqda.

Vaziyatni zudlik bilan shaxsan o'zim o'rganib, o'sha vaqtning o'zida noutbuk xarid qilingan tadbirkor bilan aloqaga chiqdik. Vakillarimiz Dovudxon va ta'minotchi tadbirkor bilan bilan uchrashib, sovg'a qilingan notubukni tekshirib ko'rishganda tadbirkor noutbukning yangi ekanligini, undagi film hech qanday behayo film bo'lmaganini va notubukning sozligini tekshirib ko'rish maqsadida film joylanganini bildirgan.

Dovudxon esa ushbu noutbukni eski va behayo film joylashtirilgan deb o'ylab, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. Vakillarimiz Dovudxonga berilgan noutbukni boshqa bir yangi noutbukka almashtirib berishdi. Videoda barchasini batafsil tushunib olishingiz mumkin!

Do’stlar, avval vaziyatga aniqlik kiritib, keyin ma’lumot tarqatishingizni so'raymiz!

@alisher_sadullaev
#tezkorlik #tajriba #hamkorlik

Ijtimoiy tarmoq faollari bilan ishlash va krizis kommunikatsiya bo’yicha fikrlarim. Qiziq keys, buni albatta davlat xizmatida o’rganishimiz va OAV bilan yaqin hamkorlikda ishlashimiz zarur. 1 soat ichida vaziyatni aniqlashimiz, video olishimiz va rasmiy munosabat berishimiz kerak edi.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ibrat #matonat

AQSHda istiqomat qilayotgan, “KPA Engineers” kompaniyasida texnik suv xo'jaliklari direktori, texnika fanlari doktori, vatandoshimiz Asqarali Karimov «Oʻzbekistonlik» filmida bosib oʻtgan yoʻli va boshdan kechirgan qiyinchiliklari haqida soʻzlaydi.

To‘liq video: https://youtu.be/xfCFnOcXebw

@alisher_sadullaev
⚡️Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini 15-martdan e’tiboran soddalashgan tartibda ko‘chirish boshlandi

Davlatimiz rahbari raisligida 4-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa binoan Ukrainadan qaytib o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirish istagi bo‘lgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.

Bu jarayonda talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga (rasmda) murojaat qilishlari va batafsil ma’lumot olishlari so‘raladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

@alisher_sadullaev
⚡️Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

2021/2022-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-aprel sanasi etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar:

to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;

tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

@alisher_sadullaev
​​Poliglot yoshlar uchun imkoniyat!

2021-yil 1-maydan IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi 5 ta; 2022-yil 1-yanvardan esa arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida (jami 18 ta) yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berilmoqda.

1-yanvardan ishga tushgan poliglot yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatdan qancha yoshlar foydalanganiga qiziqib ko'rsam, 13 turdagi imtihon tizimlaridan bugungacha 6 tasidan atiga 10 nafar yoshlar foydalangan, xolos. 7 turdagi imtihon tizimlardan esa umuman foydalanilmagan.

Xususan, Test DAF, Goethe-Zertifikat, Delf / Dalf, Cambridge Assessment English (CAE, CPE, BEC) imtihon tizimlarida 1 nafardan; TOPIK(I-II) imtihonidan 6 nafar yoshlar foydalanishgan. Arab, turk, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon tillariga ixtisoslashgan imtihon tizimlaridan esa yoshlar umuman foydalanishmagan.

Ko'rinadiki, biz bu imkoniyatning targ'ibotini yana-da kuchaytirishimiz zarur. Shu sababli xorijiy tillarni o'rgatadigan o'quv markazlar, repetitorlar, shuningdek, maktablar, oliy ta'lim muassasalaridan bu imkoniyatni ulashib, ko'proq yoshlarga yetib borishlarida yordam berishlarini so'ragan bo'lardik.

Mazkur imkoniyat haqida batafsil ma'lumot.

@alisher_sadullaev
Bobolarimizning duo va maslahatlarini olish, ularning hayot yo’llaridan doimo ibrat olish hammamizga nasib qilsin. Xizmat safaridan ortib bobolarimizni yo’qlab turish insonga boshqacha kayfiyat bag’ishlaydi.

@alisher_sadullaev
Asosiy stavkaning oshirilishi ta’lim kreditiga ta’sir qiladimi?

Bugun, 17-mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani 3 foiz bandga oshirib, yillik 17 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunga qadar 14 foiz edi. Xo‘sh, bu talaba-yoshlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun 2021-yildan ajratilishni boshlagan ta’lim kreditiga ta'sir qiladimi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 22-bandiga asosan ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi. Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Bundan kelib chiqib, 2022-yil 17-martga qadar rasmiylashtirilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi, ushbu sanadan keyin rasmiylashtirilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida, ya’ni 17 foiz etib belgilanadi.

@alisher_sadullaev
Ayni vaqtda Xalqaro forumlar saroyida Prezidentimiz ishtirokida "Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun" mavzusidagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Muloqotdan onlayn translyatsiyani quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Facebook

Youtube

@alisher_sadullaev
⚡️Tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev: Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga, yo‘llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi.

Bu orqali har yili 7 mingga yaqin talaba munosib ish haqi olib, ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Amaliyot davrida yo‘nalishini o‘zgartirishga qaror qilgan talabalarga o‘qishni boshqa turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha davom ettirishga ruxsat beriladi.

@alisher_sadullaev
2022/2023-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi.

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Garvard universiteti bakalavr va magistri, vatandoshimiz Dilshoda Ergasheva «O’zbekistonlik» filmida Garvard va Stanford universitetlari bir paytda unga o‘qish uchun taklif bildirgani haqida gapirdi.

Mazkur videoda ota-onaning qiziga bildirgan ishonchi, qo‘llab-quvvatlovi va asosiysi, ta‘lim olishi uchun yaratib bergan sharoiti mana shunday yuksak natijalarga sabab bo‘lishini yaqqol ko‘rishingiz mumkin!

«O‘zbekistonlik» filmining keyingi qismlarida xorijdagi qaysi vatandoshlarimizni ko‘rishni xohlagan bo‘lardingiz? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring.

@alisher_sadullaev