Alisher Sadullaev
160K subscribers
2.3K photos
612 videos
31 files
1.62K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan “Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” qabul qilinganini ma’lum qildi.

«Ushbu hujjat doirasida poytaxtda xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlarini tashkil etamiz. Barcha talaba-qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadi», — dedi prezident.

@alisher_sadullaev
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

Unda davlat rahbari 2022—2023-yilgi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan barcha qizlarning kontrakt pullarini to‘liq budjetdan qoplab berish uchun, har yili 200 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

@alisher_sadullaev
⚡️Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Hasanovning ma’lum qilishicha, Menglibekov Baxtiyar Bekmurzayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Baxtiyar Menglibekov Mo‘ynoq tumani “Madeli” ovul fuqarolar yig‘inidagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Otabek Hasanovning qoʻshimcha qilishicha, nomzod Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxiraga olingan edi. Faoliyatini samarali olib borayotgan mahalladagi hokim yordamchilari va Yoshlar yetakchilarini Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish davom etmoqda.

@alisher_sadullaev
Eng chekka qishloqlardagi opa-singillarimiz ham bayramni his qilishga haqli!

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida joylashgan «Hikmatli», «Bahor» mahallalarida yoshlar yetakchilari 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisidan ayrilgan opa-singillarimiz, qizlarimiz, yolg'iz keksa onaxonlarimiz holidan xabar olib, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishmoqda.

Ko'rib turganingizdek, oddiy oila, oddiy uylar. Mana shunday chekka hududlarda, qishloqlarda yashaydigan onaxonlarimiz, buvimlarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz ham bayramni his qilishga haqlidirlar. Ularning ham ahvolidan xabar olish — eng katta burchimiz. Yoshlar yetakchilarining bu tashabbusi esa haqiqiy namuna, nazarimda.

Ayni vaqtda respublikamizdagi boshqa yetakchilarimiz ham bu tashabbusni davom ettirishmoqda.

@alisher_sadullaev
💐 Aziz va mo‘tabar onajonlar, qadrli opa-singillar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar yetakchilari «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi

Prezidentimizning «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan ikki nafar mahalladagi yoshlar yetakchisi “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

Toshkent shahridan Raxmankulova Go‘zal Axmat qizi — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yangihayot tumani bo‘limining “Iqbol” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi.

Qashqadaryo viloyatidan Xoliqova Tursunoy Ibrogim qizi — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Kasbi tumani bo‘limining “Jizza” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi.

Bu — davlatimiz rahbarining mahalladagi yoshlar yetakchilariga, ayol-qizlarimizga bildirgan yuksak ishonch va e’tiborlarini bildiradi! Mukofotlangan barcha opa-singillarimizni jamoamiz nomidan tabriklaymiz!

@alisher_sadullaev
Live stream scheduled for
Bugun, 9-mart kuni soat 21:00 da vazirlik, idora, tashkilotlar, korxona va muassasalar kesimida “Zakovat” intellektual oʻyinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Unda vazirlik, idora, tashkilotlar, korxonalarning xodimlari va yoshlar yetakchilari qatnashadilar. Ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream started
Vazirlik, idora, tashkilotlar, korxona va muassasalar kesimida “Zakovat” intellektual oʻyinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbatimiz boshlandi.

Ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream finished (1 hour)
⚡️Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish ma’muriy reglamenti;

nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.

Batafsil ma’lumot.

Qadrli yoshlar, siz ham bu borada o‘z fikr va takliflaringizni izohlarda qoldiring.

@alisher_sadullaev
Live stream scheduled for
Va nihoyat ertaga, 11-mart kuni soat 21:00 da maktablarda «Zakovat» intellektual o'yinini qanday tartibda tashkil etish, «Zakovat» koordinatorlarini qanday rag'batlantirish yuzasidan ovozli suhbat o'tkazamiz.

Unda yoshlar masalalari bo'yicha direktor o'rinbosarlari, maktablardagi «Zakovat» koordinatorlari, volontyorlar, mahalladagi yoshlar yetakchilari va o'quvchilar qatnashadilar.

Suhbatimiz davomida o'quvchi-yoshlarga ham so'z berishga harakat qilamiz, albatta. Ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

P.S.: Ishtirok etish majburiy emas! Maktablardan ishtirok etadigan vakillar buni majburiy, deb hisoblamasliklarini so'rayman. Qiziquvchi barcha bemalol ishtirok etishi mumkin.

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O‘zbekistonlik»

Biror ishda xatoga yo‘l qo‘ysak, tushkunlikka tushib, yangi loyihalarga qo‘l urishga qo‘rqib qolamiz. Ammo aslida insonni xatolar, undan chiqarilgan xulosa va saboqlar kuchli qiladi.

Qaysidir ishingiz o‘xshamaganidan xafsalangiz pir bo‘lgan bo‘lsa, sizga yosh rejissorlar Muxlisa Azizova va Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan «O‘zbekistonlik» hujjatli filmini tomosha qilishni tavsiya qilaman.

Hayotning turli xil sinovlari va qiyinchiliklaridan muvaffaqiyatli o‘tib, hozirda dunyoning eng rivojlangan davlatida samarali faoliyat olib borayotgan vatandosh qahramonlarimiz sizga motivatsiya bera olishiga ishonaman!

12-mart kuni turkum filmlar loyihasining birinchi qismi bo‘lgan, AQSHda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqidagi ta’sirli hikoyalarni o‘z ichiga olgan «O‘zbekistonlik» hujjatli filmining premyerasini o‘tkazib yubormang!

@alisher_sadullaev