Alisher Sadullaev
160K subscribers
2.3K photos
612 videos
31 files
1.62K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
Bugun, 21-mart kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Bayram tadbiridan translyatsiyani quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Youtube

Facebook
Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar! Barchangizga yosharish va yangilanish, milliy urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan ayyom — Navroʻz bayrami muborak bo‘lsin!

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy tillarni bilish yoshlarimiz uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Bugungi kunda 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan 4158 nafar yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berildi.

Xususan, Aziza Askarova IELTS imtihonidan 7.0 ballni qo'lga kiritib, xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon pullari kompensatsiya qilib berilishi doirasida imtihon pullarini qaytarib olgani haqida gapiradi.

Ushbu tizim o'z navbatida yoshlarning, ayniqsa, qizlarimizning xorijiy tillarni o'rganishini, ularning ta'lim olishini qo'llab-quvvatlash uchun yana bir imkoniyat va motivatsiya, nazarimda. Mazkur imkoniyat haqida batafsil.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Respublika Yoshlar ovozi — “Bo'zatov FEST” boshlanmoqda!

2019-yil Qoraqalpog'iston Respublikasida Bo'zatov tumani tashkil etilgan. Prezidentimiz tashabbuslari bilan yosh iste'dod egalari mana shu go'zal maskanga kelib, tumanning obro'sini, dovrug'ini butun O'zbekistonga tanitish uchun “Bo'zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovini o'tkazish an'anaga aylanmoqda.

2021-yilda ushbu tanlov juda ko'plab iste'dodli yoshlarni kashf etishga sabab bo'ldi. Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda “Bo'zatov FEST” yoshlar ovozi an'anaga binoan yana start olmoqda. Tanlov baxshichilik, an'anaviy ijro, opera va estrada yo'nalishlari bo‘yicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o'tkaziladi.

G'olib bo'lgan iste'dodli yoshlar: 1-o'rin 50 000 000 so'm, 2-o'rin 30 000 000 so'm, 3-o'rin 20 000 000 so'm va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: @YoshOvozBot

@alisher_sadullaev
Xalqaro kongress markazida Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Uning yalpi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlamoqda.

Translyatsiyani quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

YouTube

Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

«Biz islohotlarimizning birinchi kunidan boshlab ta’lim va inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqdamiz.

So‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 21 mingdan ortiq yangi maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etilib, ushbu maskanlarda tarbiya olayotgan bolalarimiz qamrovi avvalgi 27 foizdan 67 foizga ko‘tarildi.

Bundan tashqari, 200 ga yaqin yangi maktablar barpo etildi, 3 mingdan ortiq mavjud maktablar esa rekonstruksiya qilindi va to‘liq jihozlandi.

Shu o‘tgan qisqa davrda 82 ta yangi universitet va institut, jumladan, 23 ta xorijiy oliygoh tashkil etilib, oliy ta’lim dargohlarining umumiy soni 159 taga yetdi».

Toshkent xalqaro investitsiya forumidan

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashni bepul o‘rganib, kompyuter xarid qilish mumkin

«Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasining ilk bosqichida onlayn platforma orqali eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha o‘zbek tilida bepul onlayn kurslar tashkil qilingan. Batafsil ma’lumot.

“Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini tugatib, sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratiladi. Kreditning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi.

Xususan, 22 yoshli Temur ismli web-dizayner do‘stimiz mazkur loyihadan xabar topib, IT sohasini bepul o‘rgangani va kompyuter xarid qilgani, uning foizi esa qoplab berilayotgani haqida gapiradi. Temur boshqa yoshlarni ham ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga chaqirmoqda.

@alisher_sadullaev
⚡️«Bilim uchun 100 million»

@bilimtestbot — Tez kunda bilimdonlar uchun Telegramda yangi mega loyiha...

@alisher_sadullaev
“Bo'zatov FEST” Yoshlar ovozi tanloviga 25-mart holatiga ko'ra 4 286 nafar yoshlar ro'yxatdan o'tdi. Hududlar kesimida eng ko'p Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga to'g'ri kelmoqda. Eng kam ko'rsatgich esa Buxoro viloyatida.

Tanlov uchun ro'yxatdan o'tish @YoshOvozBot Telegram boti orqali davom etmoqda. Iste'dodli yoshlarimizdan faol bo'lishlarini va tanlov haqidagi e'lonni ko'proq yoshlarga yetib borishi uchun ulashishlarini so'ragan bo'lardik.

@alisher_sadullaev
Live stream scheduled for
Bugun, 26-mart kuni soat 20:00 da “Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi an’anaviy tanlovi boʻyicha ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Bunda respublikamizdagi musiqa fani oʻqituvchilari, madaniyat va san’at muassasalari xodimlari, yoshlar yetakchilari hamda festivalga qiziqqan barcha yoshlar ishtirok etib (majburiy emas), koʻproq ma’lumot olishlari, savollariga javob topishlari mumkin.

Festival haqida koʻproq ma’lumotlarni va oʻtgan yilgi festivalda yoshlarning chiqishlarini ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin.

Eslatib oʻtaman, Gʻolib boʻlgan iste’dodli yoshlar: 1-oʻrin 50 000 000 soʻm, 2-oʻrin 30 000 000 soʻm, 3-oʻrin 20 000 000 soʻm va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Roʻyxtadan oʻting: @YoshOvozBot

Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream started
“Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi an’anaviy tanlovi boʻyicha ovozli suhbatimiz boshlandi. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream finished (1 hour)
Boʻzatov
Alisher Sadullaev
“Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi an’anaviy tanlovi boʻyicha oʻtkazgan ovozli suhbatimizda ishtirok eta olmaganlar uchun uning yozib olingan shakli e’lon qilinmoqda. Mazkur audioda koʻproq ma’lumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.

Eslatib oʻtaman, “Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish @YoshOvozBot Telegram boti orqali davom etmoqda. Festival boʻyicha yana savollaringiz boʻlsa, mazkur xabarning izohlarida yozib qoldirishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev
@bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, bilim uchun 100 million yutib oling!

«Bilim uchun 100 million»
loyihasi ommabop loyiha bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan barcha — maktab o'quvchilari, professional ta'lim muassasalari o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va kattalar ham ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiada ikki bosqichda: birinchi bosqich @bilimtestbot Telegram botida onlayn (1-apreldan 20-avgustgacha); ikkinchi bosqich oflayn shaklda (20-avgustdan keyin, Mustaqillik bayrami arafasida) Toshkent shahrida o'ktaziladi. Birinchi bosqich 1-aprel kuni @bilimtestbot’da boshlanadi. Batafsil ma'lumot.

❗️Eslatib o'tamiz, loyihaning faqatgina @bilimtestbot Telegram boti mavjud. Bu nomga o'xshash nomdagi har qanday kanal, guruh va botlarning bizning olimpiadaga aloqasi yo'q hamda ular feyk! Ayni vaqtda @bilimtestbot’da ro'yxatdan o'tsangiz bo'ladi.

Olimpiada yuzasidan ovozli suhbat tashkil etaylikmi? Sizning qanday takliflaringiz bor? Izohlarda qoldiring!

@alisher_sadullaev
Tailand Qirolligining Bangkok shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Barqaror rivojlanish forumi o‘z ishini boshladi.

Mazkur volontyorlar forumida ilk marotaba Oʻzbekiston namunaviy davlat sifatida tanlab olindi. Ta’kidlash kerakki, bunga pandemiya davrida volontyorlar bilan tizimli ishlash, volontyorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali erishildi.

Bugun, 28-mart kuni mazkur nufuzli forumda O‘zbekiston nomidan ishtirok etib, volontyorlik mavzusidagi bizning nutqimiz ham o‘rin olgan. Buni Telegram kanalimizda jonli efirda namoyish etamiz. Kuzatib boring!

@alisher_sadullaev
Live stream started
Tailand Qirolligining Bangkok shahrida bo'lib o'tayotgan volontyorlar forumidagi bizning chiqishimiz boshlandi. Jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qiling.

Jonli efir: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev