Alisher Sadullaev
160K subscribers
2.3K photos
612 videos
31 files
1.62K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
#Ibrat
#Yaqinlarga_ham_Yetkazamiz

Maktabda o'qib yurgan chog'larimda haqiqatan ham zukko va ilmli bir ustozim bo'lardi (ismlarini aytishimni joiz ko'rmadilar). O'qish kunlarning birida ustoz quchoqlari to'la kitob va ko'p pul bilan xonamizga kirib keldilar. Ehtiros bilan kitob muallifi haqida gapira ketdilar va muallifning qanchalar ilmli va tajribali ekanligini ta'kidladilaru, shu orada bu kitobda muallifning katta bir xatoga yo'l qo'yganini aytib o'tdilar. Agarda kimda-kim kitobdagi shu xato jumla yoki gapni bir hafta muddatda topsa, unga 500,000 so'm pul mukofoti berishni va'da qildilar. Shuningdek, kim shu kitobni mag'zini chaqsa va o'qib anglasa bir umrga yetadigan xazinaga ega bo'ladi, dedilar. Sinfdoshlarim orasida qanday raqobat va qiziqish uyg'onganini tasavvur ham qila olmaysiz. Boshqa sinfdagi o'quvchilar ham ustozdan musobaqada qatnashishni so'rayverib oxiri ko'ndirishgandi, hatto kitob yetmaganlar shaharga chiqib kitob qidirishga tushishgan va poytaxtdagi tanishlariga buyurtma ham berishgandi. Maktabda bir hafta o'quvchilar tinmasdan darsdan keyin qolishar va kitobni har bir sahifasini muhokama qilishar edi va eng muhimi hamma bir-biridan bir savolni so'rardi "javobni toptingmi"? Bu intriga hatto uylarimizgacha kirib bordi, uydagilar ham kitobni olib o'qiy boshlashdi, lekin hech kim berilgan topshiriqni bajara olmasdi. Bir hafta ham o'tdi. Ustoz barchani yig'dilar va tanlov yakunlanganini e'lon qildilar. Yig'ilishda ba'zi bir o'quvchilarning ota-onalari ham qatnashishdi. Chuqur hayajon bilan natijalarni kutardik. Natijalarni e'lon qila turib, kitobda hech qanday xato yo'q ekanligi va agar kitobni shunchaki o'qinglar deganimda hech kim bu kitobni o'qimagan bo'lardi, dedilar. Mana hafta davomida bir kitobni birgalikda o'qidinglar, kitob yuzasidan suhbat qurdinglar va uni tamomila chuqur tahlil qildinglar deb ta'kidladilar. Aslida biz bu kitobni bilmagan holda deyarli yodlab bo'lgan edik. Bilasizmi bu kitob men uchun poydevor va o'z hayot yo'limni belgilashda ulkan yordam berdi. Haqiqatan ham butun umrga yetarli xazinaga ega bo'ldim. Ustozimning zukkoligi va farosati meni haligacha lol qoldiradi. Ular qo'llagan uslub har qanday zamonaviy marketing uslubidan kuchliroq edi. Ustoz bizni shunchalik chuqur bilar edilarki, qanday kitob o'qish bizga yoqishini o'zimizdan yaxshiroq bilgan edilar. Shu voqeani Andijon viloyatining ko'p tumanlarida, xususan bugun Izboskan tumanida so'zlab berdim. Ustozimning zukko va hikmatli bo'lgani bugungi seminarda qatnashgan barchaning ko'nglidan joy egalladi va haqiqiy namuna bo'ldi.

P.S. Ustoz tavsiya qilgan kitob - Al-adab al-mufrad, ya'ni odoblar xazinasi edi va muallif esa Imom Buxoriy edilar. Bir umrlik xazinaga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz, odoblar xazinasini o'qing (tarjimasi Hazratning mehnatlari).

@alisher_sadullaev
#Ibrat

Assalomu alaykum aziz facebookdoshlar. Bugun ham bir ibratli uchrashuvni namuna sifatida yoritib bermoqchiman. Yoshlar bilan ishlash shunchaki oson ish emas va ularni biror bir fikr yoki g`oyaga ergashtirish uchun haqiqiy lider va amalda o`z va`dalarining ustidan chiqa oladigan sardor bo`lish kerak. Biroz vaqt oldin Yoshlar Ittifoqining Respublika sardorlari bilan ko`rishgan edim. Hammasi serg`ayrat, hammasi kuchli, lekin shu kuchni yangicha tashkilot qurishimiz yo`lida to`g`ri yo`naltirishimiz va Ittifoqimizning maqsadlarini ular bilan aniq kelishib olishimiz shart edi. O`quvchi-yoshlarning shunchaki besamar tadbirlar ortidan emas, aniq bir maqsad ortidan ergashishi tashkilotimiz yuksalishining eng muhim omili ekanligini anglash edi. Shunda hayolimga sardorlarni jumbush va harakatga keltiradigan bir g`oya keldi, ya`ni IDEAL SARDOR obrazini topish va uni namuna o`rnida keltirish. Chunki bolalarga har doim bir tirik namuna bo`lishi shart va bu anchayin kuchli ta`sirga ega uslub. Bu obraz ularning qarindoshlari, qo`shnilari, do`stlari va hatto xorijda ham bo`lishi mumkin. Ammo biz Anvar degan sardorni o`rnak sifatida tanlab oldik. O`sha uchrashuvda xo`sh Anvar nimani qoyillatipti?, deb so`rashdi sardorlar. Shunda Anvarning har doim besh baxo olishga intilganligi va bir safar chorak oxirida unga bir ustozi to`rt baxo qo`yganini aytib berdim. Shundan so`ng Anvar ustozidan uning baxosini to`g`irlab berishini so`rabdi, ustozi esa unga jannat tuprog`ini olib kelsangina besh qo`yib beraman deb ta`kidlabdi. Anvar uyga o`ychan holda qaytib ketibdi. Chunki ustozining baxoni to`g`irlash niyati yo`q edi va shuning uchun uddasidan chiqib bo`lmaydigan topshiriq o`rtaga tashlangan edi. Anvar ikki kun davomida ustozi oldiga kelmapti, ammo uchinchi kuni qo`lida bir kichik qop bilan kirib kelibdi. Shunda ustozi undan qo`lingdagi nima?, deb so`rabdi va Anvar siz aytgan jannat tuprog`i deb javob qaytaribdi. Ustozi taajublanib xayron bo`libdi va Anvarga "bo`lishi mumkin emas" debdi. Shunda bizning zukko sardorimiz Anvar ustoziga qarab "ustoz ikki hafta oldin aytgan gaplaringiz yodingizdan ko`tarildimi?" debdi. Xo`sh nima degan ekanman?, debdi Anvarning ustozi. Shunda Anvar ustoz esingizda bo`lsa "jannat onalar oyog`i ostida deb aytgan edingiz" debdi. Shu gap esimda qolgan edi va shuning uchun hovlimizdagi bog`dan oddiy tuproqni oldim va uni yerga to`kdim, debdi. Shundan so`ng tuproq ustidan onamlarning yurishlarini so`radim va mana endi shuning uchun ham tuproq jannatniki bo`ldi, debdi Anvar. Sardorimizning zukkoligi uning ustozini lol qoldiribdi va shunda ustozi unga qarab ota-onanga balli Anvar, debdilar hamda besh baxo qo`yibdilar. Xo`sh endi bu hikoyaning sardorlarga qanday foydasi bor?

Davomi 👇

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ibrat #matonat

AQSHda istiqomat qilayotgan, “KPA Engineers” kompaniyasida texnik suv xo'jaliklari direktori, texnika fanlari doktori, vatandoshimiz Asqarali Karimov «Oʻzbekistonlik» filmida bosib oʻtgan yoʻli va boshdan kechirgan qiyinchiliklari haqida soʻzlaydi.

To‘liq video: https://youtu.be/xfCFnOcXebw

@alisher_sadullaev
❗️Eslatma: bugun @ibratcampbot orqali ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni #ibrat

Bugun, 20-may soat 20:00 da @ibratcampbot orqali Ibrat” tillar oromgohining 1- va 2-mavsumlari uchun ro‘yxatdan o‘tish va test yechishning oxirgi muddati.

Eslatib o‘tamiz, platformada test faqat har 2 soatda ochiladi (10:00, 12:00, 14:00, 16:00, 18:00, 20:00). Faqat ko‘rsatilgan soatlarda kirib test ishlash mumkin.

FAQ: Oromgoh bo‘yicha savollarga javoblar
Oromgoh yuzasidan ovozli suhbat audiosi
Ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etish uchun bot

@alisher_sadullaev