#Huquqiy_mahalla
Adliya vazirligi tomonidan Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Taraqqiyot” MFYda “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Taraqqiyot” oilaviy shifokorlik punkitida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil qilindi.
Oʻtkazilgan tadbirda mobil laboratoriya va rentgen qurilmasini jalb etgan holda viloyat tibbiyot muassasalaridan terapevt, kardiolog, LOR, dermatolog, ginekolog, UZI, stomatolog, pediatr, xirurg va boshqa mutaxassislar tomonidan mahalladagi 351 nafar fuqarolar, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida 275 nafar bemorlarga ambulator sharoitida davolanish uchun dori-darmonlar tavsiya qilindi hamda 16 nafar bemorlarga tuman va viloyat tibbiyot muassasalariga davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha
Artelchilar ham Artel ishlatadimi? Kompaniya sifatga obro‘li brendlar darajasida kafolat bermoqda
Batafsil 👉 https://youtu.be/6B9Q5Q0pdY8?si=a6ItOdgBmCHJgbXr
📌 Kanalga ulanish
Artelchilar ham Artel ishlatadimi? Kompaniya sifatga obro‘li brendlar darajasida kafolat bermoqda
Batafsil 👉 https://youtu.be/6B9Q5Q0pdY8?si=a6ItOdgBmCHJgbXr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
Toshkent davlat yuridik universitetida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
Toshkent shahri va Toshkent viloyati adliya boshqarmalariga biriktirilgan 120 nafar otaliqqa olingan yoshlar hamda Toshkent shahridagi 24-ixtisoslashtirilgan maktabining 50 nafar talabalari jalb qilingan holda Toshkent davlat yuridik universitetida “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” shiori ostida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi, "Ochiq eshiklar kuni" va “Men qanday talaba bo‘ldim” tadbirlari tashkil qilindi.
Tashrif buyurgan yoshlar avvalo universitetda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar va ta’lim olayotgan talabalar bilan yaqindan fikr almashdilar.
Yoshlar bevosita universitetda tashkil qilinayotgan yirik loyiha — BMT modeli loyihasida ishtirok etib, o‘z bilimlarini yanada oshirdilar.
Bundan tashqari, ta’lim dargohi rektori bilan motivatsion uchrashuv hamda interaktiv o‘yinlar yoshlar uchun juda sermazmun bo‘ldi.
Yoshlar o‘zlarining fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashdi.
Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan sahnalashtirilgan spektakl namoyish qilindi.

#Adliya_xabari
O‘zbekiston intellektual mulk sohasidagi yana bir xalqaro shartnomani imzoladi
Joriy yilning 11–22-noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnoma (Design Law Treaty) loyihasini ko‘rib chiqish va imzolash maqsadida diplomatik konferensiya tashkil etildi.
Unda BIMTga a’zo 193 ta mamlakat, jumladan O‘zbekiston ham ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro hujjatni imzolash masalasi Adliya vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa tegishli manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda belgilangan tartibda ishlab chiqildi.
O‘zbekiston nomidan ushbu xalqaro shartnomani Saudiya Arabistonidagi O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi N. Turg‘unov imzoladi.
Shartnomaning asosiy maqsadi hunarmandlar, dizaynerlar va muhandislar uchun sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish, yagona xalqaro standartlarni belgilash, shuningdek, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorda himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, 2024-yilning 5-iyunida O‘zbekiston Sanoat namunalarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha Gaaga tizimiga a’zo bo‘ldi. Ushbu tizim orqali sanoat namunasini bir hujjat orqali 75 ta davlatda ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
Ma’lumot uchun: 2024-yilning 10 oyligi davomida Adliya vazirligiga sanoat namunasiga oid 213 ta talabnoma kelib tushgan bo‘lib, shundan ekspetiza natijalariga ko‘ra 153 ta obyekt ro‘yxatga olingan.