Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
16.5K photos
1.81K videos
34 files
6.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev kunning ikkinchi yarmida Nurota tumanida bo'ldi.

🔹Dastlab tumandagi "Ibn Sino" mahallasida Adliya vazirligi tomonidan mahallalarda belgilab berilgan konsepsiya asosida amalga oshirilayotgan huquqiy chora-tadbirlar, mahalla yettiligini metodik ta'minlash, qonun hujjatlari yetkazib borilishi, aholi muammolarining ijobiy hal etilish darajasi aniq misollarda tahlil etildi.

🔹Shundan so'ng, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huquqiy masalalari va takliflari o'rganildi. Xususan, granitni qayta ishlash qo'shma korxonasi "Treyd End Prodaction International" MCHJ, "PremierTextile" mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati ko'zdan kechirilib, takliflar tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vazir oʻrinbosari kunning ikkinchi yarmida Namangan shaharidagi “Baynalmilal” mahallasida boʻldi.

🔸Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan shaharidagi “Baynalmilal” mahalla fuqarolar yigʻinining “Mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi. Mahalla faollari tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, huquqiy maslahatlar, oilaviy nizolarni bartaraf etish, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

🔹Ayniqsa, aholining huquqiy savodxonligini oshirishda “Adliya kuni” kabi loyihalarning muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

🔸Shuningdek, adliya vazirligi tomonidan mahallalardagi hokim yordamchisining platformasiga qonunchilikdagi yangiliklar, Qonun, qaror, farmonlarning qisqacha mazmunini ifodalovchi targʻibot materiallari yuzasidan targʻibot tadbirlarini amalga oshirilishi yuzasidan fikr-mulohaza olib bordi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sohasida ISO xalqaro sertifikatlarini qo'lga kiritdi.

Adliya vazirligiga O‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo‘lib ESG standartlari - ekologik boshqaruv va ijtimoiy masʼuliyatga oid xalqaro sertifikatlar topshirildi.

❗️Bu sertifikatlar nimasi bilan ahamiyatli?
▪️ISO 14001 sertifikati atrof-muhitga salbiy taʼsirlarni kamaytirish va muhofaza qilish boʻyicha samarali boshqaruvni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.
Standart chiqindilarning kamayishiga, energiya va suvdan samarali foydalanishga yordam beradi.

▪️ISO 26000 — tashkilotlarga oʻz faoliyatlarini ijtimoiy masʼuliyat bilan olib borishga yo‘naltirilgan. Bu standart inson huquqlarini hurmat qilish va ularni kamsitmaslik, shaffoflik, odob-axloq qoidalari, qonunlarga rioya qilish va xizmatlar sifati kabi asosiy tamoyillarni belgilaydi.

▪️ISO 45001 sertifikati xodimlarning sog'lom va xavfsiz muhitda ishlashi uchun mehnat muhofazasini doimiy yaxshilashga qaratilgan standartdir.
Ushbu standart tashkilotga xodimlarning kasalliklari va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirishga yordam beradi.


🔸Ushbu xalqaro sertifikatlar Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi misolida berilgan bo‘lsa-da, bevosita sertifikat talablarini bajarish asnosida respublikamizning eng olis, chekka hududlarigacha davlat xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartini joriy etish imkoniyatini taqdim etadi.

🔹Sertifikat talablari aynan amaliy, natijador chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa pirovard maqsadimiz bo‘lgan mamlakatimizda fuqaroga yo‘naltirilgan davlat xizmatlari tizimini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔸Qolaversa, ushbu sertifikat mamlakatimizning xalqaro maydondagi imiji va reytinglariga ham taʼsir o‘tkazadi, aholi va hamkor tashkilotlarning mazkur sohaga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

❗️Ma'lumot o'rnida, Adliya vazirligi hozirgi kunda 6 ta ISO xalqaro sertifikatlariga ega bo'ldi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha o'quv - amaliy seminari tashkil etildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Tadbirkorlarga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va bojxona organlariga tovar belgilarini himoya qilish bo‘yicha amaliy yordam berildi.

Adliya vaziriligi Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan “Betlis Textil” MChJ, “O‘zimizniki” MChJ, “Konteks Toshkent” MChJ va “Inkuin Screen Printing Chemicals” MChJlarning mahsulotlarda qo‘llanilayotgan logotip, so‘zli yoki tasviriy belgilarni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

Tadbir davomida “O‘zimizniki” brendini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Betlis Textil” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlarda taniqli brendlardan foydalanishda intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlariga “Arq-buloq” va “Toshkent-tovar” TIF bojxona postlarida saqlanayotgan “Kixx”, “Xiomi”, “Midea”, “Samsung”, “Zaku” tovarlarining huquq egalari tomonidan olib kirilayotganligini im.adliya.uz orqali tekshirish amaliyoti tushuntirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Siz tug‘ilishni onlayn rasmiylashtirishni bilasizmi?

Bu — yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini my.gov.uz portali orqali uyingizdan chiqmasdan rasmiylashtirish imkonini beruvchi qulay elektron xizmatdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot