Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.25K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Fargʻonada ham biologik ota-onalik faktini aniqlash imkoniyati yaratildi

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Fargʻona viloyati boʻlimida Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasini hamda ushbu boʻlimning yangi binosini tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, OAV va keng jamoatchilik vakillari uchun yangi bino boʻylab press-tur tashkil etildi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev, Fargʻona viloyati hokimligi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, viloyat davlat hokimiyati boshqaruvi organlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida OAV va keng jamoatchilik vakillariga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyati, markazda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, yangi joriy etilgan ekspertiza turlari, takomillashtirilgan zamonaviy moddiy-texnik baza hamda markazning Fargʻona viloyati boʻlimida yangi tashkil etilgan Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Chet elga chiqish qachon cheklanadi?

Ba'zida qandaydir sabab bilan aeroport yoki vokzaldan chiqishiga “zapret” bor ekan deb qaytarib yuborilgan odamlar haqida eshitib qolamiz. O‘z o‘zidan savol tug‘iladi, qonunchilikka ko‘ra, kimlarning O‘zbekistondan chiqishi cheklanadi?

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_ayol #Adliya_ayoli

Qashqadaryoning olis hududi Dehqonobod tumanidagi FHDY mudirasi Ozoda Ashurova 30 yildan buyon odamlarga hayotlarining eng muhim va hissiy damlarida ko‘maklashib kelayotgan ayoldir.

Uning ishi nafaqat qonunlarni chuqur bilishni, balki cheksiz sabr-toqat va hamdardlikni ham talab etadi, chunki u tug‘ilish, nikoh, vafot etish va boshqa ko‘plab hayotiy hodisalar bilan bog‘liq masalalar ustida ishlaydi.

Ozoda Ashurova oddiy yurist emas, u o‘ziga ishonch bildirgan odamlar taqdirining haqiqiy posbonidir. Uning ishga bo‘lgan sadoqati adliya sohasida mehnat qilayotgan va xalqqa xizmat ko‘rsatayotgan barcha uchun ibratdir.

Batafsil 👉videolavhada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uzarxiv

‼️DIQQAT E‘LON‼️

📣📣 Hurmatli jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Joriy yilning 5-noyabr kuni soat 9.30 da Toshkent shahridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Oʻzbekiston arxivlari: Tarixiy xotiradan Yangi Oʻzbekiston sari” nomli anjuman va “Tarixiy xotira” fotokoʻrgazmasi tashkil etilmoqda.

📍Ushbu tadbirga barcha mustaqil jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.


Vaqti: 5-noyabr, soat 09:30 da

🏢Manzil: Toshkent sh. Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy, Toshkent shahridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi


—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Patent vakillari assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 4-noyabr kuni adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov boshchiligida vazirlik masʼul xodimlari va Patent vakillari assotsiatsiyasi aʼzolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda tashkil etilib, patent vakillarining intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilishdagi oʻrni, sohada mavjud muammolar hamda ularning yechimiga doir takliflar muhokama qilindi.

Jumladan, adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov tomonidan soha rivojida patent vakilligi instituti muhim ahamiyat kasb etishi, bunga yorqin misol sifatida joriy yilda Adliya vazirligi Apellatsiya kengashi tomonidan 74 ta apellatsiyalar koʻrib chiqilgan boʻlsa, shulardan 63 tasi, yaʼni 85 foizi patent vakillari tomonidan kiritilganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Patent vakillari assotsiatsiyasi raisi M. Tursunova tomonidan “Sanoat mulki muhofazasi” portalini takomillashtirish hamda patent vakillarining kasbiy bilim va malakasini oshirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv soʻngida vazirlik va Patent vakillari assotsiatsiyasi ekspertlari tarkibida boʻlgan ishchi guruh tashkil etish hamda mavjud muammolarni hal etishda hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Joriy yilning 5-noyabr kuni soat 16:00da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tadi.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkaziladigan yig‘ilishda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinadi.

Unda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linma, “O‘zarxiv” va Personallashtirish agentligi, adliya organlari va muassasalari rahbarlari, shu jumladan tuman (shahar) adliya bo‘limlari mas'ul xodimlari ishtirok etadi.
_____________

#Важно

📣 5 ноября текущего года в 16:00 состоится очередное расширенное заседание коллегии Министерства юстиции.

На заседании, которое пройдет в формате видео-конференц-связи, будут обсуждены работа, проделанная органами и учреждениями юстиции за 9 месяцев 2024 года, и задачи на перспективу.

В нем примут участие руководители структурных подразделений центрального аппарата министерства, Агентства "Узархив" и Агентства персонализации, органов и учреждений юстиции, в том числе ответственные сотрудники районных (городских) отделов юстиции.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Nega mahalla idorasi oʻz xodimlariga “otpuska” pullarini bermadi?

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va viloyatdagi adliya organlari tomonidan 30 ming nafardan ortiq yoshlarning muammolari xatlovdan o‘tkazilib, ayni paytda ularga ijtimoiy, huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishi davom etmoqda.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM