#Adliya_xabari
Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakovlar 30—31-oktabr kunlari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va boshqa adliya muassasalari xodimlari bilan uchrashdi.
Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_ulash
👍 Adliya vazirligi: mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling
Bugun, 1-noyabr kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
💡 Adliya vazirligi jamoasi “Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling” chaqirig‘i bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasida ishtirok etishlarini chorlaydi.
👉Batafsil
📌 Kanalga ulanish
Bugun, 1-noyabr kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
👉Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast
Ayollar dekretdan dekretgacha ishlaydimi?
“Ayollar koʻrsin!” huquqiy podkastining bu galgi sonida ishga qabul qilishda ayollar duch keladigan diskriminasiya, homilador va yosh bolali ayollar uchun imtiyozlar, norasmiy sektorda ayollar huquqlari, mehnat taʼtillari va majburiy mehnat kabi muhim mavzular haqida soʻz bordi.
Toʻliq video 👉 https://youtu.be/bAjZhX7FkgU

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi
Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi bosh maslahatchisi Dilfuza Rustamovna Irgasheva 2024-yilning oktabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.
Dilfuza Irgasheva mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi huzuridagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyatining boʻlim muxbiri sifatida boshlagan. 2008—2020-yillarda “Inson va qonun” gazetasi tahririyatining muxbiri, boʻlim muharriri, Huquq-tartibot idoralari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi, adabiy muharriri, masʼul kotibi boʻlib ishlagan. 2020—2024-yillarda “Adolat” huquqiy axborot markazi Huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.
2024-yilning avgust oyidan boshlab Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi Davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Dilfuza Irgasheva huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash, huquqiy targʻibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, u real voqealarga asoslangan va 18-oktabr kuni premyerasi boʻlib oʻtgan “Matonat” filmi ijodkorlar guruhiga rahbarlik qilgan. Ushbu film Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.
Vazirlik jamoasi Dilfuza Irgashevani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
“Adliya spartakiadasi – 2024”: sport, salomatlik va jamoaviy ruh
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va Adliya vazirligi tizimi xodimlari o‘rtasida jamoaviy ruhni mustahkamlash tashabbusi doirasida navbatdagi spartakiada o‘tkazildi.
Joriy yilgi spartakiadada rekord darajadagi 216 nafar ishtirokchi qamrab olindi, bu xodimlarning sport hayotiga jalb etilishi va tizimda sog‘lom turmush tarzi qo‘llab-quvvatlanishini namoyish etadi.
Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, adliya muassasalari vakillaridan iborat 24 ta jamoa 8 ta sport turi — mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, darts, arqon tortish bo‘yicha bellashdi. Ushbu tanlov jismoniy tayyorgarlik darajasi va sport afzalliklaridan qat’i nazar, iloji boricha ko‘proq ishtirokchilarni jalb qilishga qaratilgan edi.
Spartakiadaning asosiy maqsadi — adliya organlari va muassasalari xodimlarining sport madaniyatini rivojlantirish va jismoniy salomatligini mustahkamlashdan iborat. Bunday tadbirlarni o‘tkazish orqali Adliya vazirligi sportning nafaqat shaxsiy salomatlik, balki jamoaviy munosabatlarni mustahkamlash uchun asos sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatishga intiladi.
Musobaqalarda ishtirok etish xodimlarda chidamlilik, intizomlilik va mas’uliyat hissini rivojlantirishga yordam beradi — bu ularning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlardir.
Birgalikdagi mashg‘ulotlar korporativ ruhni kuchaytiradi, do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi va hamkasblar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi. Turli hudud va bo‘linmalar xodimlari yaqinroq tanishish, shuningdek, umumiy maqsadlarga erishishda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar katta qiziqish va ishtiyoq bilan har bir sport turida munosib harakat qildi. Barcha ishtirokchilar o‘zidagi bor salohiyatni to‘liq namoyon etib, eng so‘nggi soniyalargacha sog‘lom raqobat ruhida kurash olib bordi. G‘olib va sovrindorlar medal va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

#Madad_loyihasi
⚡️ Bugun, 2-noyabr kuni “Matonat” filmini “Zoʻr TV” telekanalida tomosha qiling!
“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.
Oʻtkazib yubormang!
⌛ Vaqti: 17:50
📌 Kanalga ulanish
“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.
Oʻtkazib yubormang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu
Uy, mashina, pul — ko‘rish uchun hammasini almashardim
Uning orzusi shifokorlik, qiziqishi musiqachi, qismati esa sport. Hudud24.uz «Qahramonlar» rukni doirasida Paralimpiada chempionligidan keyingi orzusi, musobaqagacha olgan jiddiy jarohatlari, eng ko‘p o‘ziga motivasiya kerak bo‘lishi, sovchilar va oila qurishi, chempion bo‘lishini tushida ko‘rgani, nima uchun 1 soatgina ko‘z nuri qaytishini xohlashi haqida Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi», «O‘zbekiston iftixori» Asila Mirzayorova bilan suhbatlashdi.
To‘liq video 👉 https://youtu.be/Iq-3ZNjXwPM

#Adliya_tanlov
📣 📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!
Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.
Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 2024-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @adliya_axborot elektron manziliga yuboriladi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.
🗓 Muddat: 2024-yil 25-noyabrgacha.
Saralab olingan ishlar mualliflari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.