Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.05K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyadan_javob

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga qanday ma’lumotlar kiritiladi?

— Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
1. Tadbirkorlik subyektining nomi (yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.).
2. Tadbirkorlik subyektining pochta manzili (joylashgan joyi).
3. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.
4. Aloqa ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili).
5. Individual reyestr raqami va Reyestrga kiritilgan sanasi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘I, 1-darajali adliya maslahatchisi Turaxan Bekbutayev 19-dekabr kuni 55 yoshni qarshiladi. Adliya vazirligi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Turaxan Tajiyevichni hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!

Turaxan Tajiyevich Adliya vazirligida mehnat faoliyatini 2011-yilda boshlagan. Vazirlik markaziy apparatida 12 yildan buyon mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a'zosiga aylangan.

Adliya vazirligi jamoasi Turaxan Bekbutayevni yubiley bilan tabriklaydi, mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va mas'uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi


@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni qanday olish mumkin?

Hukumatning 106-son qarori bilan “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YIDXP orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati orqali avtotransportingizga oid maʼlumotlarni juda tez, oson va qulay tarzda olishingiz mumkin!

Batafsil yuqoridagi infografikada.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 1-darajali adliya maslahatchisi Zayniddin Tulyaganov bugun, 20-dekabr kuni 50 yoshni qarshiladi. Adliya vazirligi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Zayniddin Kudratovichni hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!

Zayniddin Kudratovich Adliya vazirligida mehnat faoliyatini 2008-yilda boshlagan. Vazirlik markaziy apparatida 15 yildan buyon mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a'zosiga aylangan.

Adliya vazirligi jamoasi Zayniddin Tulyaganovni yubiley bilan tabriklaydi, mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va mas'uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Aholining malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Mazkur qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta'minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hamda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta'minlashga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
#Tushuntirish

Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim sahifalarida “qalbaki mahsulotlar iste’molining O‘zbekistondagi real holati isbotlangan” sarlavha ostida video joylanib, go‘yoki Adliya vazirligining intellektual mulk departamenti tomonidan ushbu holat bartaraf etilmayotganligi haqidagi holat to‘liq o‘rganilmagan asossiz xabarlar tarqalmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Namangan viloyat adliya boshqarmasi faxriysi Odil Azimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya

Adliya tizimida uzoq yillar mas'uliyat va halol mehnat qilib kelgan Namangan viloyat adliya boshqarmasi faxriysi Odil Abduraimovich Azimov bugun oramizda yo‘q.

Odil Abduraimovich shu yil 74 yoshga kirar edi. U 1949-yilda Namangan viloyati Namangan shahri tug‘ilgan. 1973-yilda Tojikiston davlat universitetini tugatgan. Yuridik fanlar nomzodi edi.

Adliya tizimidagi mehnat faoliyatini 1994-yilda boshlagan. 1994—2013-yillarda Farg‘ona va Namangan viloyati adliya boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1 darajali "Mehnat faxriysi", “Adliya a'lochisi” ko‘krak nishonlari sohibi bo‘lgan.

To‘rt nafar farzandning otasi, oilaparvar, samimiy, fidoiy, har bir ishga mas'uliyat bilan yondoshadigan inson edi.
Prokuratura hamda adliya tizimlarida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan ustoz.

Vazirlik jamoasi marhumning yaqinlariga va oila a'zolariga o‘zining hamdardligini va chuqur ta'ziyasini izhor etadi.

Odil Azimovning yorqin xotirasi yaqinlari, shogirdlari, do‘stlari qalbida abadiy qoladi. Oxiratlari obod bo‘lsin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Аdliya vaziri yosh huquqshunoslar bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulovning Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, universitet qoshidagi akademik litsey hamda Adliya vazirligi yuridik texnikumlar oʻquvchilari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.

Mazkur muloqot “Raqamlashtirish davrida huquq sohadagi zamonaviy chaqiriqlar” mavzusidagi Yosh huquqshunoslar forumi doirasida oʻtkazildi.

Gibrid (onlayn va anʼanaviy) shaklda tashkil etilgan ochiq muloqotda 500 nafardan ortiq yosh huquqshunoslar ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda A.Toshqulov oʻzining hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Vazir oʻz nutqida mamlakatimizda malakali kadrlar, xususan, professional huquqshunoslarni tayyorlash borasida qilinayotgan ishlar xususida soʻz yuritib, davlatni taraqqiyotga yetaklovchi avlodlar almashinuvi roʻy berishi uchun taʼlimga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligini, bizning yoshlar ham dunyoning yetakchi kompaniyalarida faoliyat olib borib, yangi olamshumul korporatsiyalarga asos solishi kerakligini taʼkidladi. Shu bilan birga har bir iqtisodi rivojlangan davlatning orqasida koʻrinmas fundament – institutlar, qonunlar turishini, qonun hamma narsaga tarozi boʻlib xizmat qilishini, u adolat mezoni, davlatning vijdoni, standarti va oʻlchovi ekanini qayd etdi.

Shuningdek, A.Toshqulov barcha sohalar qatori huquq sohasida ham kun sayin yangidan yangi muammo va vazifalar paydo boʻlayotganini, huquq sohasi faqat qonunlar va qarorlar yigʻindisi emas, balki jamiyat tuzilishini shakllantiradigan tirik va nafas oluvchi kuch ekanini hamda yuridik kasbning muhim jihatlaridan biri uning adolatga sodiqligida ekanini aytib oʻtdi.

Forum doirasida ishtirokchilar raqamlashtirish va huquq, adliya tizimida ishlash tartibi, yosh huquqshunoslar uchun kerak boʻladigan koʻnikmalar haqida foydali maʼlumotlarga ega boʻldi.

Ochiq muloqot davomida Adliya vaziri talabalar va oʻquvchilarning savollariga batafsil javob berdi.

@adliyangiliklari