Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.34K videos
32 files
5.06K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tushuntirish

Shaxsiy maqsadlarda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi

So‘nggi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Andijon shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasi (kafe) tomonidan xonandalar J. Ahmadaliyev va H. Sobirovlarning qo‘shiqlari ularning ruxsatisiz, hech qanday shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi tufayli sud tomonidan
60 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilganligi o‘rinsiz tanqid qilinmoqda.

Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan respublika hududida amal qilayotgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikning noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq oshkor qilingan asardan shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni, Siz foyda olishni yoki boshqa moddiy manfaatdorlikni ko‘zlamagan holda isalgan xonandaning ijrosini tinglashingiz mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsiy maqsadlarda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi.

Biroq, foyda olish maqsadida o‘zganing intellektual mulki tushlik yoki kechki ovqat bilan birga mijozlarga pullanganda mulk egasidan ruxsat olish talab etiladi.

Yuqorida keltirilgan holatda esa umumiy ovqatlanish shaxobchasi foyda olish maqsadida mazkur xonandalarning qo‘shiqlaridan hech qanday shartnoma tuzmagan holda ruxsatsiz foydalangan. Shu tufayli, ushbu kafe jarimaga tortilgan.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Tushuntirish

Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim sahifalarida “qalbaki mahsulotlar iste’molining O‘zbekistondagi real holati isbotlangan” sarlavha ostida video joylanib, go‘yoki Adliya vazirligining intellektual mulk departamenti tomonidan ushbu holat bartaraf etilmayotganligi haqidagi holat to‘liq o‘rganilmagan asossiz xabarlar tarqalmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari