Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
32 files
5.06K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekistonda davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish istiqbollari kelishib olindi

2024-yilning 12-iyun kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi rahbari Vim Riepma hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi doimiy vakili v.b. Anas Karman o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasining 2023-yil yakuni bo‘yicha natijalari muhokama qilindi.

Xususan, janob V. Riepma va A.Karman loyiha doirasida erishilgan natijalarni ijobiy baholab, Adliya vazirligi bilan bu borada olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuv davomida BMT TDning loyiha guruhi tomonidan 2023-yil davomida Loyiha doirasida erishilgan yutuqlar hamda 2024-yilgi rejalar haqidagi taqdimot o‘tkazildi.

Jumladan, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan o‘tgan davr mobaynida loyiha doirasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilganligi, shuningdek, 2023-yil davomida bajarilishi yakuniga yetmagan vazifalar borligi va ularni joriy yilda loyiha guruhi tomonidan yakuniga yetkazilishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ushbu loyiha doirasida ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida Loyihaning 2-fazasini ishga tushirish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan keyingi bosqichda asosiy e’tibor onlayn xizmatlar sifatini oshirishga qaratilishi zarurligi, bu orqali fuqarolarning ortiqcha vaqti va xarajatini tejash, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi muhimligi va yaqin yillarda O‘zbekistonning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi borasida Top-20 talik davlatlar qatoriga kirishi yuzasidan Adliya vazirligi o‘z oldiga katta maqsad qo‘yganligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng taraflar hamkorlikdagi ishlarni yanada samarali amalga oshirish maqsadida zarur masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib borishga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
Ta'ziya

Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Eldor Maxkamovning otasi  Baxrom Maxkamovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Yangi O‘zbekiston” mahallasida "Huquqiy targ'ibot kuni" o'tkazildi


“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ‘ibot kuni” sifatida belgilandi. “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida Xovos tumanining “Yangi O‘zbekiston” mahallasida bo‘lib o‘tgan tadbirda aholi va yoshlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: Ekologik muammolarni bartaraf etishda yashil investitsiyalarni jalb etish zarur

Joriy yilning 13—14-iyun kunlari Samarqand shahrida “Ekologik muammolar: oʻzgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi, barqaror yechimlarni topish” mavzusida inson huquqlari boʻyicha IV Samarqand forumi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiyaning maqsadi barqaror yechimlarni topish uchun zarur boʻlgan innovatsion yondashuvlar va hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni muhokama qilish uchun platforma yaratishdan iborat. Maʼruzachilar oʻz tashkilotlari haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashadilar, ularda ilgʻor tajribalar, muvaffaqiyatli tadbirlar va atrof-muhitni boshqarishda huquqqa asoslangan yondashuvning ahamiyati haqida soʻz bordi.

Forumda adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov oʻz nutqi bilan ishtirok etdi. Vazir oʻrinbosari soʻnggi yillarda global iqlim oʻzgarishi natijasida yurtimiz ekologiyasidagi oʻzgarishlar va ularning keltirayotgan zararlari, oqibatlari yuzasidan fikr yuritdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 13-iyun kuni Adliya vazirligida “Yagona huquqiy axborot almashish tizimidan foydalanish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot faoliyatini monitoring qilish va baholashni tushuntirishga bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari