Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
32 files
5.07K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan mahallalarda “Adliya kuni“ tadbiri doirasida Qiziltepa tumani “Ayronchi” MFYda sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, bank-kredit singari masalalarda murojaatlar kelib tushdi, 16 ta murojaat adliya ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida adliya organlariga Prezident Farmoni bilan qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Ular qatorida uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash belgilandi.

Shu maqsadda Toshkent viloyati adliya boshqarmasining xodimlari Ohangaron tumanidagi “Ungut” mahallasida huquqiy muammolarni uyma-uy yurib oʻrganish uchun bordi.

502 ta xonadonda istiqomat qiluvchi aholining kundalik huquqiy muammolari uyma-uy yurgan holda oʻrganildi. Xususan, bunda asosiy eʼtibor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da roʻyxatda turuvchi fuqarolarning muammolariga qaratildi.

Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari borligi aniqlandi va ularning yechimi boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda. Uyma-uy yurib huquqiy muammolarni oʻrganish davom etadi.

Shuningdek, bugun #Biz_keldik aksiyasi doirasi Bekobod tumanidagi “Bogʻishamol” va Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Guliston” mahallalarida aholining muammolari oʻrganildi.

Maʼlumot uchun, kecha boshqarma xodimlari tomonidan Zangiota tumanining “Obod turmush” mahallasida 315 ta xonadonda istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik huquqiy muammolari uyma-uy yurgan holda oʻrganildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov BAA Milliy kutubxonasi va arxivi bosh direktori Abdulloh Majid Al Ali bilan uchrashdi.

Tomonlar arxiv ishi sohasida istiqbolli rejalar, jumladan, ikki davlat tarixiga oid arxiv hujjatlarni aniqlash, ular asosida mavzuli nashrlar tayyorlash, qoʻshma tadbirlar oʻtkazish hamda arxiv ishi sohasida kadrlar malakasini oshirish va oʻzaro tajriba almashish yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Uchrashuvda BAA tomonidan barpo etilishi rejalashtirilgan Oʻzbekiston Milliy arxivi yangi binosini qurish loyihasi muhokama etildi. Jumladan, tomonlar tez kunlarda qurilish loyihasi boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish hamda qurilish ishlarini boshlash uchun amirliklar delegatsiyasini Oʻzbekistonda qabul qilishga kelishib oldi.

Shuningdek, BAA Milliy kutubxonasi va arxivi tarixi, boshqaruv tizimi, texnologik ish faoliyati, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va saqlash sharoitlari haqida maʼlumot berildi. Uchrashuv soʻngida BAA Milliy kutubxonasi va arxivi boʻylab ekskursiya uyushtirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Xonadonlarda huquqiy muammolar oʻrganilmoqda

Andijon viloyati adliya boshqarmasi vakillari Xonobod shahar adliya boʻlimi xodimlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi farmoni ijrosi yuzasidan Xonobod shahridagi “Yuksalish” va “Anhor” MFYda uyma-uy yurish orqali 700 dan ortiq xonadonlarga kirib borildi.

“Yuksalish” MFY da 525 xonadonlarda 730 ta oila istiqomat qiladi. “Anhor” MFYda esa 2 mingdan ortiq aholining 293 nafari tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi. Mahallalarda aholi muammolari oʻrganilishi jarayonida aholining uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk, nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi muammolari aniqlandi.

Oʻrganish davomida murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar koʻrib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

BAA va Oʻzbekiston fuqarolarining tijorat va fuqarolik ishlari boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam olish imkoniyatlari yanada kengayadi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Qarshi tumanida sayyor qabul oʻtkazildi


Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Qarshi tumanidagi “Ravot” mahallasida fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyev tomonidan fuqarolarning tugʻilganlik guvohnomasini qayta tiklash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sogʻliqni saqlash, bandlik, sud hujjatlari ijrosi kabi masalalar yuzasidan 10 ta murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 3 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 9 ta murojaatlar koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. Bundan tashqari, tadbir davomida 3 nafar fuqarolarga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomasi hamda 1 nafar fuqaroning nikoh guvohnomasi qayd etildi.

@adliyangiliklari