Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
32 files
5.07K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Mahallalarda davlat xizmatlaridan foydalanishni yanada osonlashtirish masalalari oʻrganilmoqda

Adliya vazirligining BAAga ishchi tashrifi davomida SEDCO kompaniyasining rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: SEDCO kompaniyasi (1983-yilda tashkil qilingan) davlat tashkilotlari, xususiy sektor va banklar uchun innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, navbatlarni boshqarish, mijozlarning fikrini tahlil qilish va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish vositalari hamda dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi.

Uchrashuvda kompaniya vakillari tomonidan davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkonini beruvchi interaktiv infokiosklar va ularni boshqaruvchi dasturiy taʼminot imkoniyatlari taqdimot qilindi. Mazkur infokiosklar orqali aholi davlat xizmati markazlariga bormasdan, navbat kutmasdan tegishli davlat xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Infokiosklarni tuman (shahar) markazlaridan olis hududlarda va mahallalarda bosqichma-bosqich oʻrnatish orqali talab eng yuqori boʻlgan 100 turdagi davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: kioskalar orqali xizmatlardan foydalanish uchun fuqarodan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Bunda, shaxsni aniqlash usuli Face ID orqali amalga oshiriladi. Xizmatlardan foydalanish uchun identifikatsiyadan (Face ID) oʻtiladi va xizmat tanlanadi, toʻlov amalga oshirilgach tegishli hujjat chop etib olinishi mumkin. Toʻlovlar onlayn (mobil ilovalar yoki plastik karta raqamini kiritish orqali) amalga oshirilishi mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va BAAning Hukumat ishlari vazirligi oʻrtasida istiqbolli hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi

Adliya vaziri A.Toshqulov va BAA davlat vaziri, Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Maryam bint Axmed Al Xammadi oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tomonlar islohotlarni amalga oshirishda sifatli qonunchilik bazasini yaratish, qonunlar toʻgʻri ishlashi va koʻzlangan maqsadlarga erishishi uchun zarur mexanizmlar, tartibga solish vositalari hamda sohadagi yangi tashabbuslar boʻyicha fikr almashishdi.

Al Xammadi xonim strategik rejalashtirish, davlat organlari samaradorligini oshirish hamda ularni natijaga asoslangan baholash mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha 20 yillik tajribasi bilan yaqindan oʻrtoqlashdi.

Shuningdek, qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash boʻyicha KPI tizimi , qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash jarayonlariga sunʼiy intellektni joriy etish boʻyicha loyihalar bilan tanishtirdi.

A.Toshqulov Adliya vazirligining norma ijodkorligi, davlat organlarining funksiyalar reyestrini yuritish, ortiqcha, ishlamaydigan, bir-birini takrorlovchi funksiyalarni bekor qilish boʻyicha Hukumatga takliflar kiritishi bilan bogʻliq faoliyati haqida soʻzlab berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar BAA Hukumat ishlari vazirligining yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlardagi faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish uchun ekspert koʻmagini taqdim etish va mutaxassislarning ishchi tashriflarini amalga oshirishga kelishib olishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

⚡️Ayni vaqtda Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “Yuridik klinika” koʻrsatuvi boshlandi.

Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: 2024/2025-oʻquv yili uchun joriy etilayotgan yangiliklar.


Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼullari javob beradi.

Jonli efir vaqtida oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://youtu.be/rCMtUeDm7b4

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Notcoin”, “Hamster Kombat”. O‘zbekistonda kriptovalyuta olish va sotish qay darajada qonuniy?

Kriptovalyutaga oid milliy qonunchilik qanday? Kriptovalyuta olish  va sotish qay darajada qonuniy? Buning uchun qanday javobgarlik belgilangan? Aynan qanday harakatlar uchun kishilar javobgarlikka tortilmoqda? Hudud24.uz quyida shu xususida so‘z yuritadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Namanganda aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib oʻrganilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Urgut tumanida sayyor qabul


Urgut tumanidagi "Kenagas" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Sattorov fuqarolarni qabul qildi.

Qabulda davolanish, kommunal soha, kadastr, bandlik munosabatlari, uy-joy, tadbirkorlik, fuqarolik holati dalolatnomalari va boshqa huquqiy muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. 16 nafar fuqaroning subsidiya boʻyicha murojaati tinglanib, arizalari DXM xodimlari tomonidan shu yerning oʻzida qabul qilindi. 14 nafar fuqaroning mehnat, kadastr, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish kabi murojaatlari ish yurituvga qabul qilinib, 11 nafar fuqaroning murojaatlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Toshkent viloyati adliya boshqarmasining xodimlari Chirchiq shahridagi “Birlik” mahallasiga huquqiy muammolarni oʻrganish uchun bordi. 437 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholining kundalik huquqiy muammolari uyma-uy yurgan holda oʻrganildi.

Asosiy eʼtibor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da roʻyxatda turuvchi fuqarolarning muammolariga qaratildi. Oʻrganishda aholining subsidiya, ijtimoiy toʻlov, kadastr, bank, bandlik, davlat xizmatlarini koʻrsatilishi bilan bogʻliq huquqiy muammolari borligi aniqlandi va ularning yechimi boʻyicha tegishli choralar belgilandi.

Uyma-uy yurib huquqiy muammolarni oʻrganish davom ettirilayotgan boʻlib, bugun #Biz_keldik aksiya doirasi Ohangaron tumanidagi “Ungut” va Zangiota tumanidagi “Obod turmush” mahallalarida aholi muammolari oʻrganilishi rejalashtirilgan.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Oltinkoʻl tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida 100 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 12 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari