Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.26K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kun_hikmati
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Choʻlponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tugʻilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

✍️
Muhammad Yusuf

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

O‘ZBEK


O‘zbekka o‘xshatish topmoq muammo,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi  o‘zbek.
Qiyosi yo‘q uning mehri bir daryo,
Dunyoda bolam deb yashaydi o‘zbek.
                             Muhammad Yusuf

Kuylagi yirtilsa yamab avaylab,
Yangi kiyim olib kiymas ataylab.
Bozordan eng shohi libosni tanlab,
Ol, kiygil, bolam, deb yashaydi o‘zbek.

Tunlari og‘riqdan qiynalganda ham,
G‘iybatlardan qalbi tirnalganda ham,
Hatto biror dardga chalinganda ham,
Allohga shukur deb yashaydi o‘zbek.

Qo‘lidan tushmaydi aslo ketmoni,
Dalada rizq terib o‘tar har oni,
Mo‘l hosil bersa gar bug‘doyi, doni,
Eng baxtli insondek quvnaydi o‘zbek.

Egnidan qo‘ymaydi eski choponin,
Sanab bo‘lmas qilgan mehnatin sonin,
Har doim sog‘ bo‘lsa shu issiq joni,
Kunni kunga ulab yashaydi o‘zbek.

Quyoshdan ertaroq turar ertalab,
Bolasin bag‘riga bosar erkalab,
Faqat mehrtalab, faqat kuytalab,
Allohga iltijo qiladi o‘zbek.

Orzu qilsa, qilar faqat Makkani,
Tavof qilsam deydi ulug‘ Ka’bani,
Tilidan qo‘ymaydi aslo tavbani,
“Qur’on”lar, “Hadis”lar yodlaydi o‘zbek.

Yov kelsa yurtiga, jon fido qilar,
Vatanni sevmoqni imtihon bilar,
O‘lsa ham birgina shu yurtda o‘lar,
Vatanim, yurtim deb yashaydi o‘zbek.

Dasturxoni to‘kis tursa to‘y qilib,
Farzandi baxtidan ko‘zlari kulib,
Yashasin doimo shodlikka to‘lib,
Har doim bolam deb yashaydi o‘zbek.

O‘xshashin topdingmi satrlar terib,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek.
Bir olam o‘zgacha ilhomlar berib,
Ol, yozgin, bolam deb yashaydi o‘zbek.

Esonova Zemfira
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

Ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Cho'liyev E'zozbek tomonidan tayyorlangan videorolik.

O'zbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusufning "Do'ppi"she'ri.
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

NAZIRA(
Muhammad Yusufning "Baxtli bo'lamiz"she'riga)

Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.

Baxt tonggi ufurgan o'sha kechada,
Izlab topganimsan mening yagonam.
Loladek qizargan bul yanoqlarga,
Umrim suratlarin chizdim hoyna hoy.

Buloqlar aytishdi mayin kulishing,
Davo bo'lgan emish xasta chinorga.
Ko'rsam suyunaman o'sha chinordek,
Nasib qilarmikan bu ko'zlar menga.

Faqat sen yig'lama,charaqlab kulgin,
Quvonching borliqqa baxt hadya qilsin.
Gar sog'inch vidosi ezsada meni,
Qalbimning bahori sen bilan qolsin.

Sezyapman,olisdan kulyapti shafaq,
Bu taqdir bo'lmasa ko'risharmidik?
Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar.
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

IYMON QO‘SHIG‘I



"Umrning har kuni bayrammas, to'ymas,
O'char oqshomi bor oldinda chiroq.
Ko'ylagingga qarab jannatga qo'ymas,
Ajrim bo'lar bir kun savob-u gunoh.
Cho'yan doshqozonga shayton o't qalar,
Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

         Muhammad Yusuf

Dunyoda yashading, ayshingni surding,
Barcha lazzatlarni totib ham ko‘rding.
Nogoh sur chalindi - hayoting bitdi,
So‘ngra Mahshar tomon ko‘zyosh-la yurding.
Endi na ko‘zyosh-u armon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Misqoldek bir soya izlaysan bugun,
Savobdan soyabon istaysan bugun.
Onang o‘tirardi kutgancha seni,
Bir torgina ayvon istaysan bugun.
Lek na soyabon-u ayvon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Uyingda osilgan yap-yangi Qur'on,
Joynamoz turibdi: sajda ko‘rmagan.
Jilovni topshirding nafsinga butkul,
Yelkangda o‘tirar bahaybat shayton.
Endi na dunyo-yu zamon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Gadoni tepding-u yalinding boyga,
O‘ynamoq ham bo‘lding o‘lim-la poyga.
Bugun na mol-dunyo, tillolaring bor,
Kelib qolding boylik o‘lchanmas joyga.
Endi na iltijo, afg‘on qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
#Yosh_tarjimon_tògaragi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Najimova Nozima va Eshmurodova Sevinch O'zbekiston Xalq shoiri  Muhammad Yusufning "Iqror" she'rini o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi

IQROR

O, ota makonim,
Onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston, jonim toʻshay soyangga.
Senday mehribon yoʻq,
Seningdek koʻrkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir goʻsha suv boʻlsa, bir goʻsha qirlar,
Qancha yurtni koʻrdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Togʻlaring ortimdan ergashib yurar.

Koʻrdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men —
Parijning eng goʻzal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga koʻnayin,
Na til bilayin,
Koʻzdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sogʻinsam nima qilayin,
Chala qolar boʻldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulugʻim oʻzing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tugʻilgan qoʻzing,
Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan oʻtgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman taʼzim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

CONFESSION

Oh, my father’s birthplace,
My lovely motherland.
Let me lay my soul on your shade,
Uzbekistan, you’re the kindest,
You’re so great.
For Rome – your clover-field -
I cannot trade.

There is water, there is a corner of hills,
How many countries have I seen, how many destinies.
I lean on it wherever I go, keeping my head up,
Your mountains follow me.


I met the most adorable white hands.
It seems I am trusting or self-lover
-Since for me the best Paris restaurants
Before your tandoor are out of favor.

I’m stubborn, I can’t speak a foreign language,
I don’t sleep and comfort leaves my mind
-What to do in three days if I miss you?
Will remain unfinished all ride.

I perceive that you are my most sublime,
I accept this soil the closest stop.
A lamb that’s born in Bakhmal in springtime
To me is better than the Arabian antelope.

Each day I spend with you is a big fete,
Without you I’m scared, I’m full of worry.
I welcome those who know you and respect.
For those who don’t know you I feel sorry.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilshod Mamatov tomonidan O'zbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.

📚D.Mamatov videorolikda shoir
Muhammad Yusufning "Iftixor"she'rini ifodali tarzda oʻqigan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sarvar Saʼdullayev, 7-sinf oʻquvchilari - Shahrizoda Obloqulova hamda Mushtariy Xolmamatovalar tomonidan O'zbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.

📚Oʻquvchilarimiz videorolikda shoir
Muhammad Yusufning "Oʻzbegim"she'rini ifodali tarzda oʻqishgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi Zarnigor Avlaqulova tomonidan O'zbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.

📚Oʻquvchimiz videorolikda shoir
Muhammad Yusufning "Inshaalloh" she'rini ifodali tarzda oʻqishgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kitobxon_haftaligi
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
🔰Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 781-sonli qaroriga asosan, "Kitobsevar millat" shiori ostida joriy yil 22-26-aprel kunlari respublikamiz boʻylab "Kitobxonlik haftaligi" oʻtkazilmoqda.


📚Ushbu haftalik doirasida viloyat axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkir-oʻquvchilari ham ishtirok etishdi. Muhammad Yusuf she'rlaridan iborat badiiy kompozitsiya hamda shoir she'rlari bilan aytilgan qo'shiqlarni ijro etdilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sarvar Saʼdullayev, 7-sinf oʻquvchilari - Shahrizoda Obloqulova hamda Mushtariy Xolmamatovalar tomonidan O'zbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.

📚Oʻquvchilarimiz videorolikda shoir
Muhammad Yusufning "Oʻzbegim"she'rini ifodali tarzda oʻqishgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🔰 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bogʻida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʼishlab, "Yurakka ko‘milar asl shoirlar..." maʻnaviy-maʻrifiy tadbir tashkil etildi. Unda maktabning tarbiyachilari, sinf rahbarlari, ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari hamda oʻquvchilar ishtirok etishdi.

📚Tadbirda "Ijodiy" toʻgarak aʼzolari Muhammad Yusuf sheʻrlaridan badiiy kompozitsiya namoyish etishgan boʻlsa, "Musiqa" toʻgaragi aʼzolari shoir sheʻrlari bilan aytiladigan qoʻshiqlarni ijro etildi, shuningdek, "Tasviriy sanʼat" toʻgaragi aʼzolari tomonidan ham shoir asarlariga bagʻishlab tasviriy sanʼat namunalari yaratildi va ularning koʻrgazmasi tashkil etildi.

✔️ Bu tadbir taniqli shoir Muhammad Yusuf ijodi va shaxsiga boʻlgan ehtiromni aks ettirgani hamda oʻquvchilarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga hissa qoʻshgani bilan iliq taassurot qoldirdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

📚Chinakam shoirning qalbida sohir qush doimo sayrab turadi, degan gapni ko'p bora eshitgandik. O'sha qush aynan Muhammadjon yuragiga oshyon qurganiga men astoydil ishonganman. Uning ko'zlari ham, chehrasi ham hamisha latif bir xonish qilganday edi.

✍️Abdulla Oripov, O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

📅 Bugun – 26 aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusufning dastlabki she’rlari «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning she’r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlangan.

📚 Ilk she’rlar kitobi — «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko‘p ekan», «Yolg‘onchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995) va «Osmonimga olib ketaman» (1998), “Ulug‘imsan, Vatanim” (2004), “Saylanma” (2007), “Xalq bo‘l elim” (2009) she’riy kitoblari nashr etilgan. 1989 yilda «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun u respublika Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan.|

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram