Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Adabiyot_haftaligi
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

🔰Viloyat hokimligining taniqli yozuvchi, publitsist Hakim Sattoriy
tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dastur-rejasiga asosan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Adabiyot mezonlari" nomli ijodiy davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda taniqli yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, ijodkor-yoshlar ishtirok etishdi.

⚡️ Tadbirni ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova olib bordi.

📚 Davra suhbatini Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Lola Saodatova kirish so'zi bilan ochib berib, viloyat hokimi Murotjon Azimovning tabrigini o'qib eshittirdi.

📌 Shuningdek, tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev, Qarshi davlat universiteti professori Boynazar Yo'ldoshev so'zga chiqib, Hakim Sattoriy ijodiy faoliyati, yozgan asarlari haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.

🔖 Ijod maktabining ijodkor-o'quvchilari she'riy chiqish va adabiy kompozitsiyani namoyish etishdi.

🕹 Davra suhbati davomida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni sohibi, kecha qahramoni Hakim Sattoriy so'zga chiqdi.

🎙- Avvalo, bugun ulug' shoir nomi bilan ataluvchi ijod maktabiga tashrif buyurgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi u. - Bu mening Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga birinchi bor kelishim. Bu ta'lim maskanining iste'dodli o'quvchilari bilan ulug' shoir tavalludi arafasida ko'rishib turganimdan juda mamnunman. Bu orada ustoz Abdulla aka Oripov haqida kitob yozdim. Nomi - "Yerda yulduz ko'rdim". Ustozning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi. Bu kitobdan ijod maktabi kutubxonasi uchun ham albatta olib kelganman. Shu o'rinda tadbirni tashkillashtirgan maktab rahbariyatiga, yoshlarga ta'lim berayotgan o'qituvchilarga va adabiyotimizning ertasi - ijodkor-o'quvchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

✔️ Tadbir so'nggida ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova so'zga chiqib, Hakim Sattoriyning ijodiy faoliyatiga to'xtalib, unga ijod maktabi o'quvchilarining she'riy to'plamlari, bayozlaridan iborat kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.

💥O'z navbatida, Hakim Sattoriy ham maktab kutubxonasi uchun bir qator kitoblarni hadya qildi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

"O‘zbekiston, vatanim manim"

Ushbu videolavha 2021-yil tasvirga olingan.
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi
#Òzbekiston_Vatanim_manim

🔰Bugun ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar avvalida buyuk shoir poyiga gulchambar qo'yilib, ehtirom ko'rsatildi.

❇️ Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov va ijod maktabi direktori v.v.b Yoqutoy Djamalova boshchiligida maktab jamoasi ishtirok etdi.

✔️Ijod maktabi o'quvchilari Abdulla Oripov ijodidan namunalar o'qishdi.

📚Ta'kidlash joizki, adabiyot haftaligi davomida viloyatimizning turli hududlaridan, oliy ta'lim muassasalari, tashkilotlardan o'quvchi-yoshlar kelib, shoir hayoti va faoliyati yoritilgan muzey bilan yaqindan tanishish bilan birga ijod maktabidagi shart-sharoitlar bilan tanishmoqdalar.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

Yana bahor keldi. Yana olamda
Ajib bir goʻzallik, ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulugʻ damda,
Ulugʻ yelkadoshim, muzaffar hayot!

Abdulla Oripov

🌺Bahorning ilk kunlaridanoq butun tabiat goʻzallikka, gullar iforiga burkana boshladi. Qish faslida uyquga ketgan daraxtlar asta-sekin kurtak ochib, oʻzini olamga koʻz-koʻz qilib quvonchimizga yanada quvonch qoʻshmoqda. Qir-adirlarga zumrad gilam toʻshalib, turli-tuman gullar va maysalarning rangiga burkandi. Bularni koʻrgan odamning, albatta, koʻzi quvnaydi. Bahor - uyg'onish fasli. Uyg'onish faslining ilk kunlari yasharish, yangilanish - Navro'zga ulanib ketadi.

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har yili 21-mart sanasi yuqori kayfiyat va o'zgacha shukuhda nishonlanadi. Nega deganda, aynan shu kuni O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud kuni hamda Navro'z shodiyonalari tantananali tarzda nishonlanadi.

📚Ijod maktabining faollar zalida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlab "O'zbekiston - Vatanim manim!" mavzusida adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi.

❇️Tadbirda O'zbekiston Qahramoni, faxriy ustoz Muhabbat Sharapova, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Usmon Nusurov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi bosh mutaxassisi Latif Qambarov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev va uyushmaning faol a'zolari, ijodkor yoshlar, ota-onalar, ta'lim sohasida uzoq va samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar, Milliy Tiklanish DP faollari, mahalla faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

🎨Tadbir avvalida mehmonlar ijod maktabining asosiy foyesida Abdulla Oripov asarlari ko'rgazmalari, ijodiy ishlar tanlovi g'oliblari haqidagi videoroliklar namoyishi hamda Qarshi ixtisoslashtirilgan san'at maktabining dutorchilar ansambli tomonidan tayyorlab kelingan o'ziga xos bayramona dasturdan bahramand bo'lishdi.

🎭
Abdulla Oripovning "Onajon", "Istiqlol manzumasi", "Ayol" she'rlariga ishlangan teatrlashtirilgan kompozitsiya ijod maktabi o'quvchilari tomonidan namoyish etildi, shoir tarjimalari ifodali tarzda o'qildi.

🎼Tadbir dasturidagi har bir namoyish oldidan buyuk shoirning o'zi o'qigan she'rlari, adabiy suhbatlaridan parchalar havola etib borilgani mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

🎙- Avvalo, shuni aytishim kerakki, O'zbekiston Qahramoni, Madhiyamiz muallifi va Qashqadaryo farzandi Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etayotganimdan behad xursandman, - deydi O'zbekiston Qahramoni, faxriy pedagog Muhabbat Sharapova. - Abdulla aka buyuk shoir edi. U o'z nomini tirikligidayoq tarix zarvaraqlariga muhrlagan kam sonli insonlardan biri. O'zbek xalqi, Qashqadaryo eli shunday buyuk shoirlarni sira unutmaydi.

Shuningdek, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi tomonidan shonli sanaga bag'ishlab "Adabiyotimiz iftixori" ijodiy ishlar tanlovi g'oliblariga statuetka, estalik sovg'alari va diplom topshirildi.

✔️Quvonarlisi, ushbu tanlovda ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Farid Shomurodov 2-o'rinni egalladi.

Adabiy-badiiy tadbir mehmonlar va barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga baģishlab "Òzbekiston-Vatanim manim!"mavzusidagi adabiy-badiiy tadbirdan tayyorlangan videorolik.
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

ABDULLA ORIPOVNING "AYOL" SHE'RIGA NAZIRA

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan chekkanda yohu.
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
O'n to'qqiz yoshida beva qoldi u.

Baxtning bir tomchisin etolmasdan his
Ma'sum,qaro ko'zlari yo'lga ravona
Yolg'iz bu boshiga tushgan dardlarni
So'yladi beshikka tunlar pinhona

Mehrsiz yo'llarda kezib u sarson
Endi,tushlarida yorin ko'radi
Sabru matonatga o'rab bu boshni
Jimgina taqdirga ko'nib qo'yadi.

Ey,fitnasi bitmas yolg'onchi hayot
Oxiri bormi ayt qaro yo'llaring
Shuncha qiynaganing yetmasmi axir
U ham mushfiq bir zot,sog'ingay mehr

Yillar ham o'tmoqda kutmay bir fursat
Maxzun bu kunlarin o'tkazdi ayol
Agar bo'lsa senda jindekkina his
Farzandin baxtiga aylagil omon.

Nahotki ishq bo'lsa buncha berahm
Nahot ayol vafosi shunchalar go'zal
Sengadir qalbdagi cheksiz hurmatim
Qahramon yorining sodiq bevasi

Sizchi,ey sadoqat shevasi unut
Nolishlar bag'rida qolganlar ayting
Barmoqlarin tillo zarga to'ldirib
Chiroyning ortidan quvganlar ayting

Shum taqdir to'zg'itgan qaro sochlarin
Shu o'tli nigohin rost so'zi deya
Aytingchi ne bilan o'lchangay vafo
Agar siz bo'lganda,kutarmidingiz?

Yuzlari shafaqdan husn olganlar
Ko'rkiga jayron ham hayrona ayol
Gar yoningda suyanch tog'ing bo'lmasa
Nega ham yarardi o'tkinchi chiroy

Sen Alloh yaratgan ijodsan ayol,
Go'zallikning tamal toshi ham senda
Sen kimgadir yor, kimgadir ona
Asli, boring uchun azizsan ayol.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Umrzoqova Gulsevar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

21-mart - Òzbekiston Qahramoni, Òzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun.

Tuģilsang baxt bilan kamol òshadir,
Tark etsang olamni zavol òshadir.
Oxir choģ tuproģing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa iqbol òshadir.

Abdulla Oripov.
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

Shovulladi tun bòyi shamol,
Qaldiroqlar kòchdi larzakor.
Shivirlading yonimga xushhol,
"Yana keldi, dòstginam , bahor.

Shovulladi tun bòyi shamol,
Qorliklarda òchdi izimiz.
Shivirlading yonimda xushxol,
Mangu birmiz , dòstim, ikkimiz.
Abdulla Oripov.