#Adabiyot_haftaligi
🔰Bu yil O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludiga 82 yil to'ladi. Shu munosabat bilan ulug' shoir tavalludi arafasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi shoir nomi bilan ataluvchi muzeyga ko'plab adabiyot muxlislari, yosh ijodkorlar, Abdulla Oripov ijodiga befarq bo'lmagan ko'plab she'riyat ixlosmandlari tashrif buyurishmoqda.
📚Xususan, Qamashi tumanidagi 17-maktabning o'qituvchisi Gulshoda To'xtayeva o'quvchilari bilan, Koson tumanidagi 54-maktabning o'qituvchisi Madina Salaydinova o'quvchilari bilan, Qarshi shahridagi 42-maktabning o'qituvchisi Ozoda To'rayeva o'quvchilari bilan va Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiya instituti o'qituvchisi Anvar Meyliyev Abdulla Oripov muzeyida bo'lib, shoirning ijodiy faoliyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, muzeyga harbiy qismlardan ham harbiylar tashrif buyurishmoqda.
📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

🥰4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktabida_turk_tili
#Adabiyot_haftaligi
🇹🇷Avval xabar berganimizdek, mazkur o'quv yilidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yilgandi. Turkiyalik o‘qituvchi Bağci Cüneyt ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda.
✅O‘zbek va turk tillari turkiy tillarga mansub bo‘lib, o‘zaro umumiy ildizga ega. Tillarda katta farqlar deyarli uchramaydi. Turk tili o‘zbek tiliga juda o‘xshash, uni tushunish uchun tarjimonga ham ehtiyoj yo‘q, aslida. Bu ham, o‘z navbatida, o‘quvchining mazkur tilni o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi.
📚Maktabning 9-sinf o'quvchilari Abdulla Oripovning "O'zbekiston - Vatanim manim" sheʼrini turk tiliga tarjima qilib, uni ifodali tarzda o'qishdi.
✔️Turk tili o'qituvchisi Bağci Cüneyt buyuk shoir Abdulla Oripov ijodi, ijod maktabidagi taassurotlari, maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

👍4🥰1😍1
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
KO‘NGIL KO‘ZLARINI OCHUVCHI SHE’R
Sharq – bashariyat tamaddunining beshigi, ilm-fan va madaniyat o‘chog‘i, tafakkur va taraqqiy ma’vosi, iymon va irfon maskanidir. Lekin, taassuflar bo‘lsinki, ma’rifat o‘rnini xurofot egallagani bois keyingi to‘rt-besh asrda uloq G‘arbda ketdi. Sharq tanazzulga ketgani sayin G‘arb taraqqiyot cho‘qqilari sari yuksala bordi. Bu hol Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi jadid bobolarimizni nechog‘liq iztirobga solgan bo‘lsa, zamonamizning ulug‘ shoiru adiblari qalbini ham shu qadar o‘rtagan. “Sharq qismati” she’ri millatning buyuk shoiri Abdulla Oripov qalbidagi cho‘ng dardning, chuqur hasratning ifodasi o‘laroq ijod etilgan. She’rda iymon va e’tiqod (“Sharqlikman, emasman yo‘lidan ozgan”), yuksak estetik tafakkur (“San’atga o‘rayman aytar so‘zimni”), taraqqiyot uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lsa ham, tanazzul iztirobini tortishga mahkum etilganimiz (“Yo‘limni muttasil to‘sdi xurofot”, “Boshqalar yaratdi, men esa tun-kun, Unga maftunlikdan aylamadim or”), yer osti va yer usti boyliklaridan zarur darajada foydalana bilmaslik (“Boylik qazib oldim yerning ostidan, Tugab qolishini o‘ylamay aslo”), fikru zikri faqat to‘y-hasham bo‘lib, o‘zligini unutish (“To‘y qilib, ayrilgan bor bisotidan, Noshud boyvachchaning o‘ziman go‘yo”) – xullas Sharq dardi, Vatan va millat qismati o‘tli satrlar orqali talqin qilingan. Taraqqiyotga erishmoq uchun Sharqning shuhrat-shonini ta’min etgan buyuk daholar yo‘lini tutmoq, ulug‘ avliyo bobolarning ezgu duolariga tayanmoq zarurligi haqidagi xulosa barcha zamonlar uchun ahamiyatlidir.
Ushbu she’rni shoirning o‘zi o‘qigani, ayniqsa, qimmatlidir. Chunki Abdulla Oripov she’rni nechog‘lik yuksak fasohat va balog‘at namunasi sifatida ijod etsa, shunchalik yuksak mahorat bilan o‘qir edi. Ana shu tarixiy lahzalarni videotasvir orqali she’riyat muhiblariga yetkazgan “Favvorafilm” kinostudiyasi rahbari, qadrdon og‘amiz Keldiyor Xo‘jayorovga hamda kinostudiya ijodkorlariga minnatdorlik bildiramiz. Tinglovchilarning ko‘ngil ko‘zlarini ochadigan, adabiyot muhiblari tafakkuriga chaqmoqdek ta’sir etadigan she’rning ustoz Abdulla Oripov o'qigan videosini siz azizlarning e’tiboringizga havola etishdan mamnunmiz.
Nurboy Jabborov

🔥3
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
🔰Har yilgi an'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan "Adabiyot haftaligi" o'tkaziladi. Albatta, bu galgi haftalik o'ziga xos yangiliklarni o'z ichiga oladi.
⏩ Xususan "Adabiyot haftaligi"da:
➖1-haftada Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid yaratilgan ijodiy asarlar, publitsistik maqolalar;
➖2-haftalikda shoir asarlarining jahon adabiyotiga qo'shgan hissasi, ya'ni ijodiy asarlarining turli tillarga tarjima qilingani;
➖3-haftalikda shoirning milliy adabiyotimizdagi ahamiyati.
➖4-haftalikda she'rlari, dostonlari tahlili.
⚡️Mazkur "Adabiyot haftaligi" nafaqat ijod maktabi o'quvchilari uchun balki Abdulla Oripov ijodiga qiziquvchi barcha uchun foydali adabiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, "Mahorat dars"lariga boy bo'ladi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

🔥4👍3
#Nazmiy_tarjima
#Adabiyot_haftaligi
Muallim
Abdulla Oripov she’ri
Shoirga dedilar: – Siz – baxtli inson,
El-yurt ardoqlaydi, hamma taniydi.
Shoir javob berdi: – Menda bir armon,
Muallim desalar meni, qaniydi.
Translated by Norqulova Marjona
They told the poet: "You are so happy"
You are known and valued by everyone,
And the poet replied them kindly:
"I wish i were called a teacher by someone ".
Abdulla Oripov ijod maktabining bitiruvchisi Norqulova Marjona

👍4🔥3😍2
#Nazm
#Adabiyot_haftaligi
ABDULLA ORIPOV
QASHQADARYODAN...
Deydilar,chaqnagan qaysi yurt erur,
Buyuk Sohibqiron sochgan ziyodan.
Javob berdilarki, hech so'nmas bu nur,
Taralgan eng avval Qashqadaryodan.
Dedilar, qaysi el bedor doimo,
Zavq olar mehnatdan, suluv dunyodan.
Javob berdilarki, shoir, ulamo,
San'atkorlar chiqqan Qashqadaryodan.
Dedilar, jahonga buyuk yurtboshi ,
Parvoz aylagandi qaysi ma'vodan.
Javob berdilarki,
Hurlik quyoshi qalqqandi dastavval Qashqadaryodan,
Dastavval, dastavval
Qashqadaryodan!

❤8👍3😍1
#Adabiyot_haftaligi
Sandiqdan chiqqan qaldirgʻochlar
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori Yangi Oʻzbekistonimiz adabiy-ijtimoiy hayotidagi tarixiy voqea boʻldi. Ushbu qarorda “Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuygʻusini, olijanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayotiy va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos oʻrni va ahamiyati” alohida taʼkidlangani bejiz emas.
Hayotbaxsh hujjat sharofati bilan ulugʻ ustozlarimizning shu paytga qadar ochilmay yotgan sandiqlaridagi qoʻlyozmalar yuzaga chiqdi.
Oq-qora qoʻlyozmalar, qoralamalar. Shom va tong misol, Abdulhamid Choʻlponning kecha va kunduzi yangligʻ, tun va kunga monand qora-oq, oq va qora qoʻlyozmalar, qoralamalar. Shoirlik umrining tong va shomlari, qalb va ruh kechinmalarining kecha va kunduzlari, tun va kunlari. Oq-qora ranglarda, qora-oq ranglardagi sogʻinchlar, iztiroblar, orzu va niyatlar, diydor va ayriliqlar. Kamol deysizmi, zavol deysizmi, xobu xayol va yo hajru visol deysizmi – barcha tashbeh va iqtibosingizga mos va muvofiq kelaveradi. Alisher Navoiy bobomizning bedor qalbi bilan izohlaganda, “Mening firoqimu oning visoli tun bila tong”, Gʻafur Gʻulom tili bilan aytganda, “Mening zavolimu oning kamoli tun bila tong”, misrasi oʻsha mustabid tuzumlarning avzoyi bilan bagʻoyat uyqash va oʻxshash...
Biz bugun Yangi Uygʻonish zamoni, Yangi Oʻzbekistonda yashayapmiz.
Adiblar xiyobonidagi ustoz Abdulla Oripovning muhtasham haykali poyida oʻtkazilgan katta adabiy-maʼrifiy anjumanda taniqli ijodkorlardan biri barchani qutlugʻ ayyom bilan tabriklar ekan, juda oʻrinli va chiroyli lutf qildi: “Bahor ayyomi, sheʼriyatimiz Navroʻzi bugun emas, aslida Prezidentimiz qarori bilan bundan uch-toʻrt oy avval allaqachonlar boshlanib boʻlgan edi...”
Shu latif iqtibosdan aytish mumkinki, ustozimiz sandigʻidagi qoʻlyozmalar ham vijir-vijir qaldirgʻochlar misoli nazmimiz osmonida ozod, erkin parvoz eta boshladilar.
Ustoz Abdulla Oripov:
Men ham yashayapman oʻz zamonimda,
Davrimdan qayga ham tushardim yiroq, –
deb yozarkan, ikki misragina sheʼrda oʻsha ogʻir davrlarga ishora qilganini yurak-yurakdan his etamiz.
Bahor ham oʻz-oʻzidan kirib kelmaydi, albatta. Qaldirgʻochlar bekorga yurt osmoni toʻldirib uchmaydi. Sinov va imtihonlarga, quvonchu sogʻinchlarga toʻliq qishimiz ham, bahorimiz ham oʻzimizniki, tashvishimiz-yumushimiz ham shu el, shu Vatan bilan, elning tinchi va saodati bilan birga va baqamti. Ustozning oʻzlari, “Sening visolingdan quvonmay nega, Bahor, sogʻintirding axir koʻp uzoq”, deganlariday, tabiatning ham, yeru koinotning ham oʻz qonun-qoidalari va oʻlchamlari bordirki, shu qonuniyatga binoan barchasi oʻz vaqti-soati bilan joy-joyiga tushmogʻi muqarrar. “Qarshi qoʻshigʻi”da shunday satrlarni oʻqiymiz:
Lekin uning bahori, o, sen choʻllar bahori,
Sogʻintirgan onamning diydori senday shirin.
Erta kun qovjirashdan boʻlsa ham dilda zori,
Lola labi xandonu tubda dogʻi yashirin.
Abdulla akaning ijodiy-adabiy merosi.
Ustoz Abdulla Oripovning betakror adabiy merosi...
“Meros” deyishga ham til bormaydi – qaysi tomondan kelmang “adabiy” jumlasi “abadiy”ga evrilib boraveradi.
Navoiy hazratlari haqida faxr bilan gapirar ekan, Abdulla aka moʻjazgina bir toʻrtlikda butun mangulikni singdira olgan edi:
Abadiyat bilan qay soʻz egizak,
Balki yaxshi orzu, yaxshi niyatdir?
Mangulik anglanar Navoiy desak,
Navoiyning oʻzi Abadiyatdir.
Ozod domlaning iborasi bilan aytadigan boʻlsak, satrlar tirik, ular nafas olyapti, koʻklam chogʻi gupurib-ufurib gullayotgan nayson nihollari yangligʻ boʻy taratyapti, ifor sochyapti. Asl sheʼriyatning aslligi ham hayotiyligi va hayotbaxshligida emasmi.

🔥4👍1
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
🔰Har yilgi an'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan "Adabiyot haftaligi" o'tkaziladi. Albatta, bu galgi haftalik o'ziga xos yangiliklarni o'z ichiga oladi.
⏩ Xususan "Adabiyot haftaligi"da:
➖1-haftada Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid yaratilgan ijodiy asarlar, publitsistik maqolalar;
➖2-haftalikda shoir asarlarining jahon adabiyotiga qo'shgan hissasi, ya'ni ijodiy asarlarining turli tillarga tarjima qilingani;
➖3-haftalikda shoirning milliy adabiyotimizdagi ahamiyati.
➖4-haftalikda she'rlari, dostonlari tahlili.
⚡️Mazkur "Adabiyot haftaligi" nafaqat ijod maktabi o'quvchilari uchun balki Abdulla Oripov ijodiga qiziquvchi barcha uchun foydali adabiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, "Mahorat dars"lariga boy bo'ladi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Adabiyot_haftaligi
🔰Har yilgi an'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan "Adabiyot haftaligi" o'tkaziladi. Albatta, bu galgi haftalik o'ziga xos yangiliklarni o'z ichiga oladi.
⏩ Xususan "Adabiyot haftaligi"da:
➖1-haftada Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid yaratilgan ijodiy asarlar, publitsistik maqolalar;
➖2-haftalikda shoir asarlarining jahon adabiyotiga qo'shgan hissasi, ya'ni ijodiy asarlarining turli tillarga tarjima qilingani;
➖3-haftalikda shoirning milliy adabiyotimizdagi ahamiyati.
➖4-haftalikda she'rlari, dostonlari tahlili.
⚡️Mazkur "Adabiyot haftaligi" nafaqat ijod maktabi o'quvchilari uchun balki Abdulla Oripov ijodiga qiziquvchi barcha uchun foydali adabiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, "Mahorat dars"lariga boy bo'ladi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
❤2🔥1
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
Abdulla Oripov
ONA SAYYORA
Qarshimda yer sharin surati turar
Salmogʻi Quvaning anoricha bor.
Tim qora osmonda porlab koʻrinar,
Shu jajji sayyora koʻrkam, ulugʻvor.
Unga boqamanu ushlayman yoqa,
Nahot shu koʻrganim rost boʻlsa, nahot?
Nahotki yerimiz shu kichik soqqa ?
Nahotki biz shunga jo boʻlsak, hayhot!..
Ummonlar koʻrinar qatra yosh misol,
Chigit uvogʻicha kelmas togʻlar ham.
Qitʼalar, dengizlar aftoda bir hol,
Bari bir nuqtaga boʻlib olmish jam.
Nabilar, rasullar, dohiylar unda,
Qabrlar, qasrlar turgandir qator.
Balki xuv koʻringan moviy toʻlqinda
Suv ichgan goʻdakning naasi ham bor.
Quloqqa chalinar otlar dupuri,
Sor burgut oʻzini oʻljaga urar.
Sharqda choʻpon yoqqan gulxanning nuri
Shimol sayhiga koʻrinib turar.
Ana, Himoloyning bagʻrida bir qiz,
Yelkada koʻzasi - borar buloqqa.
Sohilda uchrashdi ikki qalb yolgʻiz,
Shivir-shivirlari kelar quloqqa.
O, ona sayyora, kurrai qutlugʻ,
Samodan suvrating ilk bora koʻrdim,
Havoyi bir xayol sehri emas, yoʻq,
Farzand mehri bilan men boqib turdim.
Kun kecha emasmi, xislating sanab,
Sheʼr yozib yurardim senga parvona.
Bu kun suvratingga soʻzsiz bosdim lab,
Shu senmi, yolgʻizim, shu senmi, ona...
Falakda bir oʻzing turibsan hayron,
Nahot sen boʻlmasang bunchalar tanho,
Sinnangga yopishgan farzanding - inson
Beva bagʻridagi yetimday goʻyo...
Qayga ketmoqdasan bunchalar shoshib?
Orom istaysanmi koʻkda ovora?
Balki farzandingni koʻksingga bosib
Yigʻlab ketmoqdasan, ona sayyora...
Farzandlaring bordir sonsiz-sanoqsiz.
Vo ajab, qadringni gohida bilmas.
Ular-ku qoshingda changday salmoqsiz,
Lekin bagʻringga ham siqqisi kelmas.
Osmon torlik qilgan gala chumchuqdek
Makon talashadi goho betartib.
Sen-chi, mehvaringda aylanasan tek,
Yaxshi-yu yomonni yelkangda ortib.
Sening yuragingda laxta-laxta qon,
Siynang nimalardan boʻlmagan pora.
Qaygʻu-hasratlaring barchasi ayon,
O, buncha dardkashsan, ona sayyora.
Sen hozir suratsan koʻzim oʻngida,
Eshita bilmassan soʻzimni balkim.
Bir zumlik bezovta oʻylar soʻngida
Yana ruxsoringga tikilaman jim.
Bir yonda lojuvard Bahri Muhit bor,
Bir yonda zaʼfaron Sahroi Kabir.
Bir yonda oq sochli togʻlar purviqor
Sening toleingga oʻqiydi takbir.
Ellar toʻzgʻib yotar gul yaprogʻidek,
Bir yon shoh-u gado, bir yon doʻst, gʻanim.
Bir yonda xayoliy Eram bogʻidek
Buyuk va betimsol mening Vatanim.
U mening koʻzimda hilolday mahvash,
Oftob kelar faqat uning qoshiga.
O, ona sayyora , bagʻringni poklash
Mening vatanimning tushgan boshiga.
Uning quchogʻida gʻamdan yoʻq nishon,
U yerda tentimas iblis xayoli.
U yerda doʻstlikni ulugʻlab inson,
Takallum qiladi qumri misoli.
Yillar oʻtar, balki oʻtar koʻp zamon,
Yer yuzi chulgʻanar baxtga, chamanga.
Agar dardlaringga boʻlolsa darmon,
Ruhim fido boʻlsin shunday vatanga.
Men ham bir oʻgʻlingman, ona sayyora,
Bagʻring men uchun ham xoki pok boʻlsin.
Toleing toabad boʻlmasin qora,
Manglaying oq boʻlsin, yarqiroq boʻlsin.
1969

👍5😍1
#Adabiyot_haftaligi
#Toʻgarak_faoliyati
Извини, мой стих
Прости меня, прости, стих мой
Я устал, вянул пройдя годы.
Бывают моменты, когда я не твой
Не мог защитить тебя, увы!
Когда воды мало -- выкопал колодец,
Успеха добился -- стал молодец.
Люди утопили меня и там
В тот колодец, который копал сам.
Kechir, she'rim
Kechir she'rim, kechirgin meni
Yillar o‘tib, charchadim, toldim.
Shundau paytlar bo‘ladiki, seni
Muhofaza qilolmay qoldim.
Quduq qazdim, suv tanqis damlar,
Erishdim ham balki yutuqqa
Cho‘ktirdilar lekin odamlar
O‘zim qazgan o‘sha quduqqa.
✍️Ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Jahongirova Gulsanam tarjimasi

❤4👏1
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
IJOD MAKTABI O'QUVCHILARI ABDULLA ORIPOV TUG'ILIB O'SGAN YURT BO'YLAB SAYOHAT QILISHDI
🔰 Neko'z - Koson tumanidagi shoir tugʻilib o'sgan qishloq, kindik qoni toʻkilgan makon. “Nekoʻz” moʻjazgina qishloq boʻlib, shoirning bolalik damlari kechgan, unga ilhom baxsh etgan soʻlim maʼvo bagʻridagi joy.
📚Bugun "Adabiyot haftaligi" doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning Qarshi shahrida istiqomat qilgan uy va tahsil olgan Koson tumanidagi Neko'z qishlog'iga sayohat uyushtirishdi.
✔️Ularga ijod maktabining muzey xodimi Feruza O'roqova, tarbiyachilar - Ma'mura Samadova, Bahodir Berdiyev, Tursunova Lobarlar hamrohlik qilishdi.
❇️ Dastavval o'quvchilar Qarshi shahridagi Abdulla Oripov yashagan uyda bo'lishdi, so'ng tahsil olgan 44-maktab va u yerda Abdulla Oripov hayoti hamda ijodidan so'zlovchi muzeyda bo'lishdi.
⏩ O'quvchilar ushbu sayohatdan olam-olam taassurot olishdi. Bu sayohat shoir ijodini yanada o'rganishga chorlaydigan jarayon bo'ldi.
✅ Bir haqiqat mavjud - isteʼdod sohibini dastavval, qishlogʻi mashhur qilsa, u xalqqa manzur boʻlgandan keyin, qishlogʻining dovrug'ini yoyadi. Biz Nekoʻz, Abdulla Oripov o'qigan maktabni izlab borganimizda Abdulla Oripovni qishlogʻi qayerda deb soʻrasak, yetti yoshdan yetmish yoshgacha darhol koʻrsatishdi. Bu chinakam baxt emasmi? Nekoʻz hayratimiz sababigina emas, balki u yerda Abdulla Oripovning ruhi kezib yurgandek, bir-biridan ajib she'rlarini so'zlab yurgandek tuyuladi.

|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram

👍3❤2
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
Abdulla ORIPOV
Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,
Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.
Xayolim osmonday yorishdi yana,
Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.
Shoshqin daryolarning zangordir labi,
Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.
Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,
Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.
Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,
Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.
Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,
Qaytmagani kabi mening yoshligim.
Bugun bosh ustingda yashnagan yaproq
Shovullab toʻkilar erta poyingga.
Bu uchqur yoʻlovchi solmaydi quloq
Sening iltimosing, sening raʼyingga.
Xazonli avgustning biror oqshomi
Uni koʻrarsanmi tushingda takror?!
Mayliga, oʻzgadir kuzning ilhomi,
Bugun-chi koʻz tashla: atrofda bahor!
Qani, qoʻlginangni bergil jimgina,
Shu maʼsum yoʻlchiga qoʻyaylik ixlos.
Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir, xolos...
1965

“HURRIYAT” gazetasining 2021-yil 4-avgust 32-sonidan:
AKMAL SAIDOV.
AKADEMIK.
“QIZGʻALDOQ BARGIDEK UCHAR DILDAN GʻAM...”
yoki Abdulla Oripov ijodining falsafiy talqini
1321-yil, 1441-yil, 1941-yil va 2021-yil. Bu sanalar nimani anglatadi? Ularning bir-biriga qanday bogʻliqligi bor?
1321-yilda – jahon adabiyoti namoyandasi, buyuk shoir va olim, siyosatchi hamda faylasuf, Italiya adabiy tilining asoschisi Dante Aligyeri “Ilohiy komediya” dostonini yozib tugatgan.
1441-yilda – ulugʻ shoir va mutafakkir ajdodimiz, oʻzbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan.
1941-yilda – Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov tugʻilgan.
2021-yilda – “Ilohiy komediya” dostonining 700-yilligi, Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi va Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda...
Modomiki, Abdulla aka, bir tomondan, Navoiy hazratlaridan soʻng oʻzbek sheʼriyatidagi eng mashhur va margʻub shoir sifatida eʼtirof etilgani, ikkinchi tomondan, sevimli shoirimiz “Ilohiy komediya” dostonining tarjimoni ekani nazarda tutilar ekan, ushbu sanalar oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik yanada oydinlashadi.
Sodda qilib aytganda, joriy yilda Alisher Navoiy bobomizning 580-yilligi bilan “Ilohiy komediya” dostonining 700-yilligi bayramlari chorrahasida Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanayotgani shunchaki tasodifdan koʻra, ilohiy qonuniyatga koʻproq oʻxshaydi, nazarimizda.
Taniqli adabiyotshunos olimlar Ilhom Gʻaniyev va Nodira Afoqovaning 2021-yilda “Muharrir” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Abdulla Orif falsafasi” kitobini mutolaa qilish asnosida, bu fikr bejiz emasligiga yana bir bor amin boʻldik. Binobarin, Ustoz shoirimiz ruhi poklariga bagʻishlangan ushbu adabiy-ilmiy asarda mualliflar oʻzlarining qariyb oʻttiz yillik tadqiqotlari natijalarini jamlabdilar.
Bu yil Abdulla Oripovning qutlugʻ toʻyi bahona boʻlib, turli nashriyotlar tomonidan shoir asarlaridan namunalar, uning hayoti va ijodiga doir bir qancha yangi kitoblar chop etildi. Oʻz navbatida, I.Gʻaniyev va N.Afoqovaning ushbu kitobi shoir ijodini ichdan nurlantirib, elga manzur qilib turgan qirralar, badiiy soʻz qudrati, milliy his-tuygʻular va umumbashariy gʻoyalar, jaydari falsafalar, serqatlam maʼnolar, metaforik obrazlar inson taqdiri, davr, ilohiy taʼlimotlar bilan uygʻunlikda tahlil va talqin etilgani bilan alohida ajralib turadi.
Avvalo, mualliflarning oʻzlari tahlil va talqin etgan har bitta muhim voqea-hodisaga bergan taʼriflari qisqaligi, aniqligi va nihoyatda taʼsirchan mazmunga egaligi bilan eʼtiborimizni tortdi. Mualliflar qayd etishlaricha, “ijod – bu kashfiyot, yaratish zavqi, oʻz-oʻzini anglash, namoyish qila bilish, oʻz haqiqatiga oʻzgalarni ishontirish va ergashtirish, butun bir muhitni oʻzgartirishga intilish qudrati, ilohiy ilm va zehn, olam va odamni ichdan chuqur bilish sanʼati hamda masʼuliyati. Abdulla Oripovning oʻz taʼbiri bilan aytganda, ehtiyoj farzandi”.

👍1
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan haftalik doirasida “Yuniy lingvist” rus tili fan to'garagining navbatdagi mashg'uloti Abdulla Oripovning jahon adabiyotiga qoʻshgan hissasi, uning ijod namunalarini rus tilidagi tarjimalari mavzusiga bag'ishlandi.
📚To'garak rahbari Gulandom Xonkeldiyeva tomonidan o'quvchilar tarjimon-shoirlar - A.Naumov va A.Faynberg tomonidan rus tiliga tarjima qilingan Abdulla Oripov she'rlari bilan tanishtirildi.
➖Oʻquvchilarning ham tarjima yo'nalishidagi ishlari tahlil etildi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Adabiyot_haftaligi
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan haftalik doirasida “Yuniy lingvist” rus tili fan to'garagining navbatdagi mashg'uloti Abdulla Oripovning jahon adabiyotiga qoʻshgan hissasi, uning ijod namunalarini rus tilidagi tarjimalari mavzusiga bag'ishlandi.
📚To'garak rahbari Gulandom Xonkeldiyeva tomonidan o'quvchilar tarjimon-shoirlar - A.Naumov va A.Faynberg tomonidan rus tiliga tarjima qilingan Abdulla Oripov she'rlari bilan tanishtirildi.
➖Oʻquvchilarning ham tarjima yo'nalishidagi ishlari tahlil etildi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔥3❤1
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
“HURRIYAT” gazetasining 2021-yil 4-avgust 32-sonidan:
AKMAL SAIDOV.
AKADEMIK.
“QIZGʻALDOQ BARGIDEK UCHAR DILDAN GʻAM...”
yoki Abdulla Oripov ijodining falsafiy talqini
DAVOMI...
Shu maʼnoda, mualliflar Abdulla Oripov ijodining turfa yoʻnalishlari — sheʼriyat, tarjima, adabiy tanqid, publitsistika, jamoatchilik faoliyatiga teran nazar solgan holda, shoirning dunyoviy va ilohiy fanlardan ham, insoniyat tarixidan ham, jahonning koʻplab xalqlari adabiyotidan ham chuqur boxabarligini koʻra bilganlari har tomonlama asoslidir. I.Gʻaniyev va N.Afoqovaning Abdulla Oripov ijodiga bagʻishlangan yangi kitobiga xos bir qator juda muhim va betakror xususiyatlar bu fikrimizni tasdiqlaydi.
Birinchidan – kitobda Abdulla Orif falsafasi, mualliflar iborasi bilan aytganda, “Orifona falsafa” ishonchli negizlarda yorqin ochib berilgan. Zero, “shoirning har bir sheʼrida poetik umumlashma — sharqona donishmandlik, hikmatnavislik, pandnoma, jaydari falsafa mavjud”.
Alisher Navoiy hazratlari Insonga taʼrif berar ekan, “Haq sirri zotida pinhon” deb qayd etgani bejiz emas. Oʻz navbatida, Abdulla Oripov Insonning mohiyatini muxtasar shunday ifodalagan:
Koinot gultoji insondir azal,
Undadir eng oliy tafakkur, amal.
Hatto u tubanlik ichra ham tanho,
Yo falak, ijoding buncha mukammal.
Mualliflar taʼbiri bilan aytganda, Abdulla Oripov ijodida inson obrazining tadrijini tekshirish shoirning nafaqat badiiy-falsafiy qarashlari, balki qalbida kechgan ijodiy evrilishlar kardiogrammasini aniqlashtirish imkonini beradi. Eng muhimi, Abdulla Oripov sheʼrlarining maxzanida soʻz sehri va qudratiga cheksiz ishonch oʻz mujassamini topgan.
Shoir nazdida samimiy, chin va adolatli soʻz dunyoni oʻzgartirishga, kulfatlarga qalqon boʻlish va madaniy olamni birlashtirishga qodir. Abdulla akaning sheʼriy misralarida bezovta qalb iztirobi, isyon va oʻtli nafasi, toʻlib turgan millat dardi, kelajakning goh achchiq sogʻinchi zuhur etib turganini koʻramiz. Binobarin, mavlono Jaloliddin Rumiy lutf etganlaridek, “soʻzda ruh bor”.
Ikkinchidan — kitobda Abdulla Oripov ijodida ustuvor ahamiyat kasb etgan borliq va uning Yaratuvchisi, tabiat va inson munosabatlari, umrning mazmuni, olamning siri, zamon va makon, Vaqt, aql va idrokning dunyo va odamning mohiyatini anglash jarayonidagi oʻrni, har bir voqelikning sabab va oqibati kabi muammolar qiziqarli, mantiqiy tugal va ilmiy asoslangan tarzda tahlil etilgan. Tahlil xulosasi shuki, shoir sheʼrlarida tafakkur va hukm-mulohaza oʻrtasida oʻzaro munosabat, uzviy bogʻlanish bor.
Uchinchidan — kitob mualliflari daho ijodkorning xalqqa boʻlgan munosabati, yaʼni xalqparvarligi va millatsevarligini oʻziga xos sohir bir mahorat bilan talqin etgan. Ularning fikricha, “Abdulla Oripovning bitganlari shunchaki baytlar yoki baytlar majmui emas. U oʻz asarlarida izchil ravishda xalqning qudratli timsolini yarata oldi. Bu timsolda Fitrat iztiroblarining zardobi, Choʻlpon ishonchining tadriji, Oybekning jimjit oʻkinchlari, Gʻafur Gʻulom iftixorining gulduroslari, Mirtemirning mayin lirizmi, Shayxzoda tafakkurining dahosi mubolagʻasiz mujassamlashgandir”.
Abdulla Oripovning muhabbat, hijron, ona, bahor haqidagi sheʼrlaridan tortib, oʻz davrida ruhiy tutqunlik — erksizlikka qarshi milliy birlik, kurashga chorlagan isyonkorlik ruhidagi sheʼrlarigacha, yaʼni xalqimiz koʻpini yod biladigan ana shu nodir nazm javohirlarini I.Gʻaniyev va N.Afoqova “xalqnoma” degan ibora bilan ifodalar ekan, ushbu sheʼrlarda juda muhim, takror-takror tilga olingan alohida bir mavzu ham borligiga eʼtibor qaratgan.

⚡1👍1
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
ABDULLA ORIPOV
MEN SHOIRMAN, ISTASANGIZ SHU…
Men shoirman, istasangiz shu,
Oʻzimniki erur shu sozim.
Birovlardan olmadim tuygʻu,
Oʻzgaga ham bermam ovozim.
Men kuylayman goh dilda kadar,
Goh sevinib sheʼr toʻqiyman men.
Tinglamasa oʻzgalar agar,
Oʻz-oʻzimga sheʼr oʻqiyman men.
Men kuylayman ushbu olamda
Inson boʻlib tugʻilganimni.
Men kuylayman baʼzan alamda
Yigʻlab-yigʻlab boʻgʻilganimni.
Men kuylayman bu olam aro
Magʻrur turgan xalqimni faqat.
Men kuylayman oʻtmishning qaro
Zulmatida yoʻqligin shafqat.
Kerak boʻlsa, amr etsa yurak,
Keltirurman umrimga imon.
Mening uchun na taʼzim kerak,
Na holvaytar kabi shuhrat-shon.
Shaydo boʻlib yurganda birdan
Xayolimga tashlamang kamand.
Mijgʻov va past, gʻiybat gaplardan
Jajji sheʼrim qoʻyurman baland.
Xayol kabi keng erur olam,
Mayda gapni koʻtarmagay sheʼr.
Kerak boʻlsa mening uchun ham
Javob berar bobom Alisher.

👏4👍2
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
📚 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Adabiyot haftaligi" doirasida sinflar va to'garaklarda ham o'qituvchilar tashabbusi bilan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov ijodi yuzasidan bir qator tanlovlar o'tkazilmoqda.
✅ Xususan, rus tili fani o'qituvchisi Gulandom Xonkeldiyeva tomonidan 8-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Лучший чтец" tanlovi o'tkazildi. Unga ko'ra, o'quvchilar Abdulla Oripovning rus tiliga tarjima qilingan asarlarini ifodali o'qish, tarjima qilish mahorati bo'yicha o'zaro bellashishdi.
🏆 Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

👍4🔥1
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
#Ijodiy_tògarak_faoliyati
ABDULLA ORIPOVNING "AYOL" SHE'RIGA NAZIRA
Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan chekkanda yohu.
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
O'n to'qqiz yoshida beva qoldi u.
Baxtning bir tomchisin etolmasdan his
Ma'sum,qaro ko'zlari yo'lga ravona
Yolg'iz bu boshiga tushgan dardlarni
So'yladi beshikka tunlar pinhona
Mehrsiz yo'llarda kezib u sarson
Endi,tushlarida yorin ko'radi
Sabru matonatga o'rab bu boshni
Jimgina taqdirga ko'nib qo'yadi.
Ey,fitnasi bitmas yolg'onchi hayot
Oxiri bormi ayt qaro yo'llaring
Shuncha qiynaganing yetmasmi axir
U ham mushfiq bir zot,sog'ingay mehr
Yillar ham o'tmoqda kutmay bir fursat
Maxzun bu kunlarin o'tkazdi ayol
Agar bo'lsa senda jindekkina his
Farzandin baxtiga aylagil omon.
Nahotki ishq bo'lsa buncha berahm
Nahot ayol vafosi shunchalar go'zal
Sengadir qalbdagi cheksiz hurmatim
Qahramon yorining sodiq bevasi
Sizchi,ey sadoqat shevasi unut
Nolishlar bag'rida qolganlar ayting
Barmoqlarin tillo zarga to'ldirib
Chiroyning ortidan quvganlar ayting
Shum taqdir to'zg'itgan qaro sochlarin
Shu o'tli nigohin rost so'zi deya
Aytingchi ne bilan o'lchangay vafo
Agar siz bo'lganda,kutarmidingiz?
Yuzlari shafaqdan husn olganlar
Ko'rkiga jayron ham hayrona ayol
Gar yoningda suyanch tog'ing bo'lmasa
Nega ham yarardi o'tkinchi chiroy
Sen Alloh yaratgan ijodsan ayol,
Go'zallikning tamal toshi ham senda
Sen kimgadir yor, kimgadir ona
Asli, boring uchun azizsan ayol.
✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Umrzoqova Gulsevar

🔥3⚡1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adabiyot_haftaligi
✅Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 84 yilligi munosbati bilan "Adabiyot haftaligi" o'tkazilmoqda.
✅ Ijod maktabida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yilgandi. Turkiyalik o‘qituvchi Bağci Cüneyt ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda.
📚Haftalik doirasida 11-sinf o'quvchilari Abdulla Oripovning "O'zbekiston - Vatanim manim" sheʼrini turk tiliga tarjima qilib, uni ifodali tarzda o'qishdi.
✔️Turk tili o'qituvchisi Bağci Cüneyt buyuk shoir Abdulla Oripov ijodi, ijod maktabidagi taassurotlari, maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qadriyatlaring_boqiy_bòlsin_Navròz
#Adabiyot_haftaligi
💐Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida qadimiy va hamisha navqiron Navro'z bayrami , "Sumalak sayli" hamda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 84 yilligiga bag'ishlab "Adabiyot haftaligi " madaniy tadbirlar o'tkazilmoqda.
💐 Bayram tadbirlari ertaga davom etadi.
Unda o'quvchilarning Abdulla Oripov maydonidagi teatrlashtirilgan badiiy chiqishlari, "Sohibqiron " dramasidan sahna ko'rinishlari, qo'g'irchoq teatr namoyishi, mushoira, xalq milliy o'yinlari, folklor jamoalari chiqishlari, raqs va qo'shiqlaridan iborat musiqiy dasturlar o'rin olgan.

👍7🎉3❤2🔥2