Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.53K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Ideal" jamoasi 19 ball to'plab, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. "Teorema" jamoasi 16 ball bilan 2-o'rinni egallagan bo'lsa, jami 13 ball to‘plagan "Power of ledi" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#zakovat
#ijod_maktablari

Oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Agentligimiz tizimidagi barcha ijod maktablarida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karvon_qoʻngʻirogʻi

FIKRSIZLIKDAGI ZERIKISH

Shodmonqul bir maqolasida shunday yozibdi: “Yolgʻiz kishining, umuman, bugungi kun odamining eng katta fojeasi zerikishdir. Zerikayotgan odamdan koʻra xavfli mavjudot yoʻq.
Yoshlikdagi zerikish xavfli, keksalikdagisi alamli boʻladi...”

Bu fikr menga rahmatli Abdulla Orifning bir gurungini eslatdi. Chamasi, oʻtgan asrning 90-yillari edi. Abdulla aka Italiyaga borib keldi. Safar taassurotlarini eshitay deb uyiga ziyoratga bordim. Abdulla aka gurungida “Rimga nega kelding, Tunislik bola?” degan sheʼrini oʻqib berib, sheʼrning yaralishi haqida soʻzladi. Voqea shunday edi: Tunis davlatidan sargardon oʻsmir bola ish izlab Rimga kelib qoladi. Bir kechasi rimlik boyvachchalarning olifta bolalari ovora yurgan shu musofir bolani koʻchada tutib oladilar va ustiga benzin quyib yoqib yuboradilar. Tunislik bola shu joyning oʻzida kuyib oʻladi.

Abdulla aka hodisaning oxirini xavotir va qaygʻu bilan aytgani hamon esimda: “Bilasanmi, keyin nima boʻlgan, – dedi-da u bir muddat oʻyga toldi, koʻzlarida mung qalqdi, – ”Keyin tergov paytida olifta bezorilardan “Nega bunday qildilaring?” deb soʻrashganida, ular “Zerikib ketdik. Zerikkanimizdan shunday qildik. Tomosha uchun”, - deb javob berishgan.
Yana xulosa oʻzingizdan...

✍️ Eshqobil SHUKUR

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ishga_taklif

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi
:

🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Абдулла Орипов умр йўлдошини қандай учратган?
Шоир ва унинг рафиқаси...

@abdullaorifijodi
#Tarjimonlik_tόgaragi_faoliyatidan

📚Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Abdulla Aralov rahbarligida "Yosh tarjimonlar" to'garagi a'zolari jahon va o'zbek adabiyoti ijodkorlarining asarlarini tarjima qilish bilan birga, o'zlarining ijod namunalarini ham xojiriy tillarga mohirlik bilan o'girishmoqda.

⚡️ E'tiborlisi, "Yosh tarjimonlar" to‘garagi bugun o‘quvchilar bilan gavjum. O‘quvchilar nasriy, she'riy va publitsistik maqolalarni tarjima qilish bilan birga, endilikda ijodkorlarning matnli tarjimalarini audio variantda va ikkita tilda taqdim etishmoqda.

⤵️Quyida maktabning 9-sinf o'quvchilari Mohitabom Husenova, Hulkar To'rayeva va Gulsevar To'rayevalarning matn va audio tarjimalari bilan tanishishingiz mumkin.

❇️A Farmer And His Son

There lived an old farmer in a village. He had 3 sons who were always quarreling with each
other. The former advises them not to quarrel, but all in vain. In the end, when the former
realizes that his end is near, he expresses his desire to teach them a lesson.

He called his servant and ordered him to bring a bundle of dry sticks. When he brought the
bale, he asked his sons to break it one by one. All tried their best but failed. The first one
opened the bundle and told them to break the wood one by one.

Everyone broke the stick easily. The former then advised them that no one would harm them
if they united. This example made a good impression on him. After that day they never
quarreled among themselves.

Moral Of The Story: Union is strength. Unbreakable power in unity.

❇️ Dehqon va o’g’il

Qadim zamonda bir qishloqda bir dehqon yashar edi. Uning doim bir-biri bilan tortishadigan 3 nafar o’g’li bor edi. Ularga ko’p bora bu ish yaxshi emasligini uqtirishgan, biroq bu gaplarga ular quloq solishmagandi. Nihoyat, o’limi yaqinlashayotganini sezgan ota, o’g’illariga saboq berishni xohladi.

U yordamchisiga bir quchoq o’tin olib kelishni aytdi. O’tinlar kelganda ota o’g’illaridan birin-ketin o’tinlarni sindirishlarini so’radi. Ularning barcha urinishlari zoye ketdi. So’ngra o’tinlarni olishib, ularni birma-bir sindirishga harakat qilishdi.

Har bir o’g’il o’tinni osonlik bilan sindirdi. Ota o’g’illariga: ”Agar sizlar bir bo’lsangiz, sizlarga hech kim zarar yetkaza olmaydi”, deya uqtirdi. Otaning bu ishi ularga unutilmas saboq bo’ldi. Shu kundan boshlab ular inoq bo’lishdi.

Qissadan hissa shuki, kuch - birlikda! Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
Farmer and His son
Audio
Dehqon va O'g'il
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

👉 Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ijodiy_uchrashuv

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri va davlat Madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovning turmush o'rtog'i Xanifa aya Mustafayeva ishtirokida
ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

🏛Dastavval Xanifa aya Mustafayeva Abdulla Oripov muzeyida bo'lib, muzey eksponatlari bilan yana bir bor tanishdi.

- Har gal Qashqadaryoga kelganimda Abdulla Oripov nomi bilan ataluvchi ushbu ijod maktabiga, maktabdagi muzeyga oshiqaman, - deydi Xanifa aya. - Abdulla Oripovning bo'lajak izdoshlari - maktab o'quvchilari bilan qizg'in suhbat qurishga intilaman. Negaki ushbu maktab va uning faoliyati hayotimning bir bo'lagiga aylangan.

📚Faollar zalida o'tgan uchrashuvda o'qituvchilar, to'garak rahbarlari va o'quvchilar qatnashishdi. Uchrashuvni maktab direktori Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berdi.

Xanifa aya Mustafayeva Abdulla Oripov hayoti va ijodi, uning she'riyati mohiyati haqida so'zladi, shoirning she'rlarini o'qib, tahlil qilib berdi. Yangi qabul qilingan o'quvchilarga esa o'quv yilida omad tilab, ularga ishonch bildirishini aytib o'tdi.

🔶O'z navbatida, "Musiqa" va "Ijodiy" to'garak a'zolari ham o'z mahoratinin namoyish etishdi

🔹 Uchrashuv qiziqarli va samimiy ruhda o'tdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram