#Karvon_qoʻngʻirogʻi
FIKRSIZLIKDAGI ZERIKISH
Shodmonqul bir maqolasida shunday yozibdi: “Yolgʻiz kishining, umuman, bugungi kun odamining eng katta fojeasi zerikishdir. Zerikayotgan odamdan koʻra xavfli mavjudot yoʻq.
Yoshlikdagi zerikish xavfli, keksalikdagisi alamli boʻladi...”
Bu fikr menga rahmatli Abdulla Orifning bir gurungini eslatdi. Chamasi, oʻtgan asrning 90-yillari edi. Abdulla aka Italiyaga borib keldi. Safar taassurotlarini eshitay deb uyiga ziyoratga bordim. Abdulla aka gurungida “Rimga nega kelding, Tunislik bola?” degan sheʼrini oʻqib berib, sheʼrning yaralishi haqida soʻzladi. Voqea shunday edi: Tunis davlatidan sargardon oʻsmir bola ish izlab Rimga kelib qoladi. Bir kechasi rimlik boyvachchalarning olifta bolalari ovora yurgan shu musofir bolani koʻchada tutib oladilar va ustiga benzin quyib yoqib yuboradilar. Tunislik bola shu joyning oʻzida kuyib oʻladi.
Abdulla aka hodisaning oxirini xavotir va qaygʻu bilan aytgani hamon esimda: “Bilasanmi, keyin nima boʻlgan, – dedi-da u bir muddat oʻyga toldi, koʻzlarida mung qalqdi, – ”Keyin tergov paytida olifta bezorilardan “Nega bunday qildilaring?” deb soʻrashganida, ular “Zerikib ketdik. Zerikkanimizdan shunday qildik. Tomosha uchun”, - deb javob berishgan.
Yana xulosa oʻzingizdan...
✍️ Eshqobil SHUKUR
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

🤩3❤1