Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.58K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili o'tkaziladi. Bugun yangi o'quv yilidagi ilk saflanish bo'lib o'tdi.

📚Unda maktab rahbariyati, sinf rahbarlari, fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Maktab rahbariyati dunyo va mamlakatimizning siyosiy va ijtimoiy hayotidagi so'ngi yangiliklar bilan o'quvchilarni tanishtirdi. Shuningdek, maktabning ichki tartib-qoidalari, o'quvchiga qo'yiladigan vazifa va majburiyatlar, yotoqxonadagi tartib-intizom haqida tushunchalar berildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Ideal" jamoasi 19 ball to'plab, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. "Teorema" jamoasi 16 ball bilan 2-o'rinni egallagan bo'lsa, jami 13 ball to‘plagan "Power of ledi" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#zakovat
#ijod_maktablari

Oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Agentligimiz tizimidagi barcha ijod maktablarida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karvon_qoʻngʻirogʻi

FIKRSIZLIKDAGI ZERIKISH

Shodmonqul bir maqolasida shunday yozibdi: “Yolgʻiz kishining, umuman, bugungi kun odamining eng katta fojeasi zerikishdir. Zerikayotgan odamdan koʻra xavfli mavjudot yoʻq.
Yoshlikdagi zerikish xavfli, keksalikdagisi alamli boʻladi...”

Bu fikr menga rahmatli Abdulla Orifning bir gurungini eslatdi. Chamasi, oʻtgan asrning 90-yillari edi. Abdulla aka Italiyaga borib keldi. Safar taassurotlarini eshitay deb uyiga ziyoratga bordim. Abdulla aka gurungida “Rimga nega kelding, Tunislik bola?” degan sheʼrini oʻqib berib, sheʼrning yaralishi haqida soʻzladi. Voqea shunday edi: Tunis davlatidan sargardon oʻsmir bola ish izlab Rimga kelib qoladi. Bir kechasi rimlik boyvachchalarning olifta bolalari ovora yurgan shu musofir bolani koʻchada tutib oladilar va ustiga benzin quyib yoqib yuboradilar. Tunislik bola shu joyning oʻzida kuyib oʻladi.

Abdulla aka hodisaning oxirini xavotir va qaygʻu bilan aytgani hamon esimda: “Bilasanmi, keyin nima boʻlgan, – dedi-da u bir muddat oʻyga toldi, koʻzlarida mung qalqdi, – ”Keyin tergov paytida olifta bezorilardan “Nega bunday qildilaring?” deb soʻrashganida, ular “Zerikib ketdik. Zerikkanimizdan shunday qildik. Tomosha uchun”, - deb javob berishgan.
Yana xulosa oʻzingizdan...

✍️ Eshqobil SHUKUR

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ishga_taklif

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi
:

🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Абдулла Орипов умр йўлдошини қандай учратган?
Шоир ва унинг рафиқаси...

@abdullaorifijodi
#Tarjimonlik_tόgaragi_faoliyatidan

📚Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Abdulla Aralov rahbarligida "Yosh tarjimonlar" to'garagi a'zolari jahon va o'zbek adabiyoti ijodkorlarining asarlarini tarjima qilish bilan birga, o'zlarining ijod namunalarini ham xojiriy tillarga mohirlik bilan o'girishmoqda.

⚡️ E'tiborlisi, "Yosh tarjimonlar" to‘garagi bugun o‘quvchilar bilan gavjum. O‘quvchilar nasriy, she'riy va publitsistik maqolalarni tarjima qilish bilan birga, endilikda ijodkorlarning matnli tarjimalarini audio variantda va ikkita tilda taqdim etishmoqda.

⤵️Quyida maktabning 9-sinf o'quvchilari Mohitabom Husenova, Hulkar To'rayeva va Gulsevar To'rayevalarning matn va audio tarjimalari bilan tanishishingiz mumkin.

❇️A Farmer And His Son

There lived an old farmer in a village. He had 3 sons who were always quarreling with each
other. The former advises them not to quarrel, but all in vain. In the end, when the former
realizes that his end is near, he expresses his desire to teach them a lesson.

He called his servant and ordered him to bring a bundle of dry sticks. When he brought the
bale, he asked his sons to break it one by one. All tried their best but failed. The first one
opened the bundle and told them to break the wood one by one.

Everyone broke the stick easily. The former then advised them that no one would harm them
if they united. This example made a good impression on him. After that day they never
quarreled among themselves.

Moral Of The Story: Union is strength. Unbreakable power in unity.

❇️ Dehqon va o’g’il

Qadim zamonda bir qishloqda bir dehqon yashar edi. Uning doim bir-biri bilan tortishadigan 3 nafar o’g’li bor edi. Ularga ko’p bora bu ish yaxshi emasligini uqtirishgan, biroq bu gaplarga ular quloq solishmagandi. Nihoyat, o’limi yaqinlashayotganini sezgan ota, o’g’illariga saboq berishni xohladi.

U yordamchisiga bir quchoq o’tin olib kelishni aytdi. O’tinlar kelganda ota o’g’illaridan birin-ketin o’tinlarni sindirishlarini so’radi. Ularning barcha urinishlari zoye ketdi. So’ngra o’tinlarni olishib, ularni birma-bir sindirishga harakat qilishdi.

Har bir o’g’il o’tinni osonlik bilan sindirdi. Ota o’g’illariga: ”Agar sizlar bir bo’lsangiz, sizlarga hech kim zarar yetkaza olmaydi”, deya uqtirdi. Otaning bu ishi ularga unutilmas saboq bo’ldi. Shu kundan boshlab ular inoq bo’lishdi.

Qissadan hissa shuki, kuch - birlikda! Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram